Akpolatov Baxitbay Dauletbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Agrar tarmoq barqarorligini ta’minlashda kichik biznesning istiqbolli yo‘nalishlari (Qoraqalpog‘iston Respublikasi misolida)”, 08.00.04 – “Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti” va 08.00.15 – “Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Iqt4014.
Ilmiy rahbar: Sauxanov Janibek Kazievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.01.2020.I.20.06.
Rasmiy opponentlar: Askarov Nazimjon Niyozovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ataev Jasur Erkinovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: Qoraqalpog‘iston Respublikasida agrar tarmog‘i barqarorligini ta’minlashda hududdagi kichik biznes faoliyatining istiqbolli yo‘nalishlari bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
agrar sohada kichik biznes sub’ektlari faoliyatini tashkil etishda asosiy qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining mavsumiylik darajasiga ko‘ra “mavsumiylik tebranishlari juda yuqori” (≥75%), “yuqori darajadagi mavsumiylik (50%–75%), “o‘rtacha mavsumiylik” (25%–50%), “past darajadagi mavsumiylik” (<25%) guruhlariga ko‘ra yondashish orqali barqarorligini ta’minlash asoslangan;
agrar tarmoqdagi kichik biznes sub’ektlari faoliyatiga raqamli agrotexnologiyalarni joriy etish orqali texnologik afzalliklar bilan bir qatorda hosildorlikni o‘rtacha 15–20% ga oshirish hamda suv sarfini 25–40% ga kamaytirish imkonini beruvchi iqtisodiy, ekologik va ijtimoiy jihatlar asoslangan;
kichik biznes yordamida agrar tarmoqdagi qisqa qiymat zanjirlari orqali bevosita iste’molchiga etkazish tizimini rivojlantirish asosida narxlar barqarorligini ta’minlash, oraliq vositachilar sonini kamaytirish va kichik biznes foydasini oshirish, kichik fermerlar daromadini 25–30 foizgacha ko‘paytirish taklifi asoslangan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida qishloq xo‘jaligi tarmog‘ida faoliyat yuritayotgan kichik biznes sub’ektlari miqdor va sifat ko‘rsatkichlarining ko‘p variantli ekonometrik modellari asosida 2030 yilga qadar prognoz qiymatlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida agrar tarmog‘i barqarorligini ta’minlashda hududdagi kichik biznes faoliyatining istiqbolli yo‘nalishlari bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar asosida:
agrar sohada kichik biznes sub’ektlari faoliyatini tashkil etishda asosiy qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining mavsumiylik darajasiga ko‘ra “mavsumiylik tebranishlari juda yuqori” (≥75%), “yuqori darajadagi mavsumiylik (50%–75%), “o‘rtacha mavsumiylik” (25%–50%), “past darajadagi mavsumiylik” (<25%) guruhlariga ko‘ra yondashish orqali barqarorligini ta’minlash taklifi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi amaliyotida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 15 sentyabrdagi 02/013-3439-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida agrar tarmoqda kichik biznesni rivojlantirish orqali qishloq joylarda ish o‘rinlarini ko‘paytirish, aholining daromad manbalari diversifikatsiyalash, qishloq infratuzilmasini rivojlantirish, bu orqali strategik ijtimoiy-iqtisodiy maqsadlarga erishish orqali tarmoqda tadbirkorlikni rivojlanishining tashkiliy-huquqiy asoslarini shakllantirish bo‘yicha bosqichlari asoslab berilgan;
agrar tarmoqdagi kichik biznes sub’ektlari faoliyatiga raqamli agrotexnologiyalarni joriy etish orqali texnologik afzalliklar bilan bir qatorda hosildorlikni o‘rtacha 15–20% ga oshirish hamda suv sarfini 25–40% ga kamaytirish imkonini beruvchi iqtisodiy, ekologik va ijtimoiy jihatlar bo‘yicha taklifi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi amaliyotida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 15 sentyabrdagi 02/013-3439-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bozorida ishtirok etuvchi asosiy sub’ektlar va ular o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlarning tavsifi, harakat traektoriyasi va qaror qabul qilish mexanizmlari bozordagi holatni shakllantiruvchi va rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillarning iqtisodiy, tashkiliy-boshqaruv, ijtimoiy-demografik, texnologik va ekologik, institutsional va huquqiy ko‘rinishlarini aniqlab berish orqali kichik biznesni yanada rivojlanish imkoniyatlaridan foydalanish imkoniyatlari qabul qilingan;
kichik biznes yordamida agrar tarmoqdagi qisqa qiymat zanjirlari orqali bevosita iste’molchiga etkazish tizimini rivojlantirish asosida narxlar barqarorligini ta’minlash, oraliq vositachilar sonini kamaytirish va kichik biznes foydasini oshirish, kichik fermerlar daromadini 25–30 foizgacha ko‘paytirish taklifi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi amaliyotida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 15 sentyabrdagi 02/013-3439-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida respublikada yashovchanlik koeffisienti 68,1% ga etishi va so‘nggi 15 yilda 45,3 punktga oshgani, faollik koeffisienti esa 95,2% ga etishi orqali 6,3 punktga oshgani, bu ikki ko‘rsatkich o‘rtasida juft korrelyasiya koeffisientlari 0,68 ga tengligi tadqiqot natijasi sifatida qabul qilingan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida qishloq xo‘jaligi tarmog‘ida faoliyat yuritayotgan kichik biznes sub’ektlari miqdor va sifat ko‘rsatkichlarining ko‘p variantli ekonometrik modellari asosida 2030 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz qiymatlari bo‘yicha taklif Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi amaliyotida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 15 sentyabrdagi 02/013-3439-son ma’lumotnomasi). Prognoz natijalariga ko‘ra keyingi olti yilda qishloq xo‘jaligida yaratilgan mahsulot hajmi 1,17 barobarga, bandlar soni 1,05 barobarga oshishi ta’minlanadi. Shuningdek, sohada asosiy kapitalga kiritilgan investisiyalar hajmi esa 1,60 barobarga oshishi kuzatiladi. Qishloq xo‘jaligida etishtirilgan mahsulotni keyingi besh yilda 17 foizga oshishi uchun uning o‘rtacha o‘sish darajasi 3,2 foizni tashkil qilishi talab qilinadi. Bu qiymatlar asosida ushbu ko‘rsatkichlarning istiqboldagi prognoz qiymatlarini shakllantirishga muayyan darajada xizmat qilgan.