Savriev Jasur Faxriddinovichning 
fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘rta Zarafshon vohasi madaniy meros ob’ektlarini tadqiq qilish, ta’mirlash va saqlashning tarixiy tajribasi (XX - XXI asr boshlari)”,  07.00.01 – O‘zbekiston tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2. DSc /Tar311.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
To‘raev Halim Hojievich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy Davlat Universiteti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, ilmiy kengash raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti. DSc.03/06.04.2024.Tar.20.05
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi, unvoni:
Abdullaev O‘tkir Ismailovich, tarix fanlari doktori (DSc), professor.
Raupov Xolmamat Rashidovich, tarix fanlari doktori (DSc), professor.
Rashidov Oybek Rasulovich, tarix fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
Etakshi tashkilot: Qarshi Davlat Universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi: XX - XXI asr boshlarida. O‘rta Zarafshon vohasi madaniy meros obektlarini tadqiq qilish, ta’mirlash va saqlashning tarixiy tajribasini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: -O‘rta Zarafshon vohasi me’moriy yodgorliklarining tasnifi, geografik joylashuvi, shuningdek, hududlarda joylashgan ta’mirga muhtoj bo‘lib qolgan ayrim yodgorliklarning ta’mirlanish strukturasi hamda originalligi, metodologik asoslari aniqlanib, ularning konservatsiya va restavratsiya qilinishining tashkiliy va amaliy mexanizmlari ko‘rsatilgan;
Arxeologik yodgorliklarning o‘rganilganligi haqida tegishli rasmiy hujjat yoki dalolatnomalar rasmiylashtirilganda, ta’mirlash-tiklash borasida amalga oshirilgan ishlar aksariyat hollarda boshqa maqsadlarda foydalanish uchun moslashtirilgan bo‘lib, natijada ko‘plab me’morchilik obidalar loyihalarining o‘zgartirilishi, ularning o‘z mazmun-mohiyatidan begonalashtirilishi va tarixiy qadr-qimmatini pasaytirish, hatto ayrim yodgorliklarning tarixiy xususiyatini butunlay yo‘qotishga olib kelganligi aniqlangan;
Qadimiy qo‘rg‘onlarda olib borilgan arxeologik tadqiqot natijalari (Kampir devor, Lavangartepa, Shahrivayron, Oqsochtepa, Burquttepa va h.k), ro‘yxatga olish ishlari, uning muammo va natijalarini qayd etishda mahalliy va xorij tajribasining ilmiy metodologik asoslari ilk bor Navoiy viloyatida joylashgan madaniy meros obektlari misolida ochib berilgan;
O‘rta Zarafshon vohasida joylashgan qoyatosh suratlarini muhofaza qilish va sayyohlik obektiga aylantirishning muammo va yechimlari, ta’mirlash va tiklash ishlarida moddiy jihatdan ta’minlash, shuningdek, turizmni daromad keltiruvchi muhim tarmoqqa aylantirish borasida qilingan xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy konferensiyalarning o‘rni va roli  ko‘rsatib berilgan;
O‘rta Zarafshon vohasida joylashgan madaniy meros obektlarini ta’mirlash va tiklashda, shaharlarning bosh rejalari ishlab chiqilishida davlat muassasalari bilan birga xalqaro hamkor tashkilotlar ishtiroki va tashabbuslari, tarixiy dalillar va og‘zaki so‘rovlar asosida o‘rganilib, davlat tomonidan muhofazalash, ilk bor xalq me’morchiligi qadriyatlarining pasportlashtirilgani, noyob turar joy obektlari bo‘yicha batafsil tarxlar tuzilganligi, tipik va antiqa turar joylarning davlat himoyasiga olinishi uchun tavsiyanomalar ishlab chiqila boshlanganligi manbalar asosida yoritilgan;
IV. Tadqiqot natijalarning joriy qilinishi:  O‘rta Zarafshon vohasi me’moriy yodgorliklarini o‘rganish ta’mirlash va qayta tiklash tarixini tadqiq etish davomida olingan ilmiy natijalar asosida:
-O‘rta Zarafshon vohasi me’moriy yodgorliklarini o‘rganish, saqlash va ta’mirlashning tarixiga oid hamda konservatsiya va restavratsiya qilinishidagi muammolar va ularning natijalari, Karmana shahrida joylashgan me’moriy obidalarning umumiy tasnifi yuzasidan berilgan ma’lumotlardan “O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi”ning “O‘zbekiston Teleradiokanali Davlat Muassasasi” telekanalida efirga uzatilgan “Mo‘jizalar makoni”, “Ko‘ngil obodligi” ko‘rsatuvlarining ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (“O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi” “O‘zbekiston Teleradiokanali Davlat Muassasasi” ning 2023-yilning 8-iyundagi 02-13-925-son ma’lumotnomasi”). Natijada, viloyatda tarixiy-madaniy munosabatlarni keng targ‘ib etuvchi maxsus kovorking markazi tashkil etilgan, bepul wi-fi ishga tushirilib, tashqi investor va sayyohlarga ijtimoiy tarmoqlar orqali madaniy meros obektlari, tarixiy, ijtimoiy-madaniy imkoniyatlari va turizm salohiyatlari to‘g‘risida muntazam materiallar berib borilishi yo‘lga qo‘yilgan. Mazkur loyihalar asosida xorijiy sayyohlar va investorlar uchun “Karmana arxeologiyasi” nomli maxsus qo‘llanma nashrga tayyorlangan;
Qadimiy qo‘rg‘onlarda olib borilgan arxeologik tadqiqot natijalari (Kampir devor, Lavangartepa, Shahrivayron, Oqsochtepa, Burquttepa va h.k.), ro‘yxatga olish ishlari va natijalari bo‘yicha olingan ilmiy yangiliklar hamda amaliy takliflardan “O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston Teleradiokanali Davlat Muassasasi” telekanalida efirga uzatilgan “Ko‘hna manzillar” ko‘rsatuvi ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi”ning, “O‘zbekiston Teleradiokanali Davlat Muassasasi” ning 2023-yilning 27-sentyabrdagi 02-31-1770-son ma’lumotnomasi”). Natijada, tarixni xolisona o‘rganish, tarixiy shaxslarga to‘g‘ri baho berish, buyuk shaxslar faoliyatiga yangicha yondashish imkoniyati, ma’naviy boyliklarimiz bo‘lgan madaniy meros obektlarini asrab avaylash orqali yosh avlodni vatanparvarlik, milliy-ma’naviy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashda muhim metodologik manba bo‘lib xizmat qilgan;
O‘rta Zarafshon vohasi madaniy meros obektlarini mustaqillik yillaridagi ta’mirlanishi va bu sohadagi muammo va kamchiliklar, jamoatchilik va davlat byudjetining bu boradagi ulushi to‘g‘risidagi real asosli manbalar “O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi” “Dunyo bo‘ylab telekanali Davlat Muassasasi” ning “Dunyo bo‘ylab” telekanali orqali efirga uzatilgan “Sokrovishha Uzbekistana” ko‘rsatuvini tayyorlashda manba sifatida keng foydalanildi (“O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi”, “Dunyo bo‘ylab telekanali Davlat Muassasasi” ning 2024 yil 7 noyabrdagi 03-14-217-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekistonda xalqaro turizmning rivojlanishiga hamda qadimgi shaharsozlik an’analarini saqlagan holda zamonaviy me’morchilikni modernizatsiyalash strategiyasi bo‘yicha ilmiy bilimlarni rivojlantirish imkonini beradi;
Madaniy meros obektlarini ta’mirlashda xalqaro hamkorlikning o‘rni, natijalari haqidagi ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi” ning tadqiqot yo‘nalishi doirasida mo‘ljallangan ish rejasining bajarilishida foydalanilgan. Xususan, Navoiy viloyati, Karmana, Navbahor, Nurota, Qiziltepa tumanlaridagi madaniy meros obektlarini ta’mirlash va saqlashda xalqaro hamkorlikni jadal rivojlantirish borasidagi tavsiyalar ishlab chiqishda metodologik manba sifatida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining 2025 yil 14 martdagi 04-10/1006 sonli, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, Atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi, Navoiy viloyati Turizm boshqarmasining 2025 yil 17 iyundagi 02-03/513 sonli ma’lumotnomalari). Natijada, Navoiy viloyatining seysmik zonada joylashganligi alohida qayd etilib, hududlarda joylashgan yodgorliklarni saqlab qolish, ularning asl qiyofasini tiklashda kompleks fanlar natijalariga tayanib ish olib borish kerakligi ko‘rsatib o‘tilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish