Zaripbaev Usnatdin Orakbay ulining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qoraqalpog‘iston ASSR prokuraturasi tarixi (1936-1991 yy.)», 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tar1091
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Ermetov Avaz Abdullaevich, tarix fanlari doktori, Professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, ilmiy kengash raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti DSc.03/06.04.2024.Tar.20.05
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi, unvoni:
Djumashev Askar Mambetovich, tarix fanlari doktori (DSc), Professor
Abdullaev Anvar Atamuratovich, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), Dotsent
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
Etakshi tashkilot: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti
II. Tadqiqotning maqsadi: 1936-1991 yillarda Qoraqalpog‘iston prokuraturasining faoliyatini tadqiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: Qoraqalpog‘iston prokuraturasi tizimida mahalliy kadrlarni tayyorlash 1930-yillarda boshlanib, Qoraqalpog‘iston ASSRning O‘zbekiston SSR tarkibiga kirishi natijasida prokuratura organlari mustaqil bo‘lib, uning tashkiliy tuzilmasi shakllantirilganligi va kadrlar bilan ta’minlash ishi yo‘lga qo‘yilganligi ko‘rsatilgan;
Qatag‘on yillari Qoraqalpog‘iston prokuraturasi xodimlarining ham sudga tortilganligi va qamoqga olingani, ularning bir qismi otib tashlangani, bir qismi turli muddatlarga qamalgani oqibatida partiya organlarining adliya va prokuratura organlari ustidan to‘liq nazorat o‘rnatganligi isbotlangan;
Urushdan keyingi davrda respublika prokuraturasi qonunlar ijrosi va davlat manfaatlarini himoya qilish masalalari bilan shug‘ullangani, bunda qatag‘on qilingan shaxslarni oqlash va muayyan demokratik tamoyillarni hayotga tatbiq etishning boshlanishi ularning faoliyatida muhim ahamiyat kasb etgani asoslangan;
1980-yillarda Qoraqalpog‘iston prokuraturasining qonuniylik holati tendensiyalari va asosiy belgilarining tavsifi hamda ro‘li aniqlanib, bu davlat, reja va mehnat intizomini buzish, sifatsiz mahsulotlar ishlab chiqarish, qo‘shib yozish, poraxo‘rlik va mansab vakolatini suiiste’mol qilish kabi holatlarga qarshi kurashda namoyon bo‘lgani ochib berilgan.
Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati: Dissertatsiya natijalarining ilmiy ahamiyati prokuratura organlarining qonuniylik va huquq-tartibotni himoya qilish masalasiga oid nazariy yondashuvlarni takomillashtirish hamda Qoraqalpog‘iston prokuraturasi tarixini yanada chuqurroq o‘rganishga xizmat qilishi bilan belgilanadi. Ilmiy xulosalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuratura organlari tarixi muzeyi fondlarining ekspozisiyalarini boyitish, yoshlarda tarixiy tafakkurni shakllantirish va huquqiy fuqarolik jamiyati qadriyatlarini anglab etishga xizmat qiladi.
Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati shundan iboratki, ular Qoraqalpog‘istonning yangi tarixi bo‘yicha tadqiqotlarni boyitishga xizmat qiladi hamda tegishli mavzulardagi darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar va elektron nashrlar, ma’ruzalarni takomillashtirishga yordam beradi. Bundan tashqari, ushbu natijalar respublikaning oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida kadrlar tayyorlash uchun yangi maxsus kurslarni ishlab chiqishda asos bo‘lib xizmat qiladi.
Tadqiqotning amaliy natijalari quyidagilardan iborat: Tarixiy va tarixshunoslik materiallari va yangi ilmiy ma’lumotlarni tizimlashtirish usuli asosida o‘rganilayotgan davrdagi Qoraqalpog‘iston prokuraturasining tarixiga oid arxiv va faktografik materiallari ilk bora tahlil qilindi va umumlashtirildi;
Dissertatsiya fanlararo tadqiqot usullaridan foydalangan holda O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston prokuraturasi haqidagi bilimlarni tarqatishga qaratilgan tarixiy jarayonlarni va kadrlar bilan ta’minlanishining o‘rganilishi mazkur jarayonga oid qarashlarni takomillashtirilishiga xizmat qilgan.
IV. Tadqiqot natijalarning joriy qilinishi: Qoraqalpog‘iston ASSR prokuraturasi tarixini tizimli o‘rganish asosida ishlab chiqilgan ilmiy xulosalar, natijalar va amaliy tavsiyalar quyidagi tarzda joriy etildi:
“O‘zbekiston” teleradiokanali davlat muassasasi tarkibidagi “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Manbalar so‘zlaganda” ko‘rsatuvida tadqiqotchi tomonidan 1936-1991 yillar davomida Qoraqalpog‘iston prokuraturasi organlarining tashkil topishi va dastlabki faoliyati, Qoraqalpog‘iston ASSR prokuraturasining respublikada amalga oshirilgan ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlardagi ahamiyati va o‘rni xaqidagi fikr-mulohozalaridan foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasining 2024-yil 20-dekabridagi 02-28-1321-sonli ma’lumotnomasi). Xususan, sovet davrida qatag‘on siyosati qurboni bo‘lgan prokuratura organlari xodimlarining taqdiri, ularning xizmat faoliyati va tarixiy adolatni tiklash borasida olib borgan ishlari haqidagi ma’lumotlar teletomoshabinlarga uzatilish jarayonida foydalanilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining 2023-yil 11-sentyabdagi 40-F-sonli farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurorining 2023-yil 23-sentyabdagi 36-F-sonli farmoyishi asosida tuzilgan ishchi guruh a’zosi bo‘lgan Qoraqalpoq davlat universitetining tadqiqotchisi Zaripbaev Usnatdin Orakbaevichning “Qoraqalpog‘iston ASSR prokuraturasi tarixi (1936-1991 yy)” mavzusidagi dissertatsiyasining ilmiy natijalari va tarixiy ma’lumotlaridan Bosh prokuraturaning II jildlik “Tarixiy xotira beqiyos” kitobi loyihasini tayorlashda dissertatsiya ma’lumotlaridan foydalanilganligini ma’lum qiladi (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2025-yil 20-martdagi №6/26.20.-133/25-sonli ma’lumotnomasi). Xususan, ushbu dissertatsiyadagi
Qoraqalpog‘iston ASSR prokuraturasida xizmat qilgan va 1930-1940-yillarda qatag‘on qilingan xodimlarning hayoti va faoliyati haqidagi ma’lumotlar, arxiv va boshqa manbalardan to‘plangan xujjatlar muhim ahamiyat kasb etdi.
Dissertatsiya ishining natijalaridan, undagi ilmiy-nazariy qarashlardan O‘zR FA Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2021-2023 yillari bajarilgan “Qoraqalpog‘istonda siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy-madaniy jarayonlarning tarixiy retrospektivasi (1946-1991 yillar)” mavzusidagi amaliy loyihasini amalga oshirishda foydalanildi (O‘zR FA QQB QQGFITI-ning 2025-yil 11-iyundagi 324/1-sonli ma’lumotnomasi). Dissertatsiya natijalarining ilmiy loyihada qo‘llanishi Qoraqalpog‘istonda davlat organlari tarixi bo‘yicha tizimli va kompleks tadqiqot o‘tkazish imkonini bergan.
Dissertatsiya natijalaridan, ilmiy-nazariy xulosalar va fikr-mulohazalaridan Qoraqalpog‘iston teleradiokanalidan efirga uzatilgan “Ádillik aynasi”, “Intervyu plyus” ko‘rsatuvlari ssenariylarini tayorlashda muhim ahamiyat kasb etgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokanali” davlat muassasining 2025-yil 18-iyunidagi 05-22-356-sonli ma’lumotnomasi).