Matkarimova Nilufar Maxsudovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbeklarning beshik va sunnat to‘yi marosimlari: an’anaviylik va zamonaviylik (Xorazm vohasi materiallari asosida)”, 07.00.07. – Etnografiya, etnologiya va antropologiya 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Tar2074.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Matkarimova Nazokat Maksudovna, tarix fanidan falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Xorazm Ma’mun akademiyasi.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, ilmiy kengash raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti. DSc.03/06.04.2024.Tar.20.05 
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi, unvoni:
Davlatova Saodat Tilovberdievna, tarix fanlari doktori (DSc)., professor.
Fayzullaeva Mavlyuda Xamzaevna, tarix fanlari doktori, (DSc)
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.    
Yetakchi tashkilot: O‘zR FA QQB Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti Etnografiya bo‘limi.
II. Tadqiqotning maqsadi: Xorazm vohasi o‘zbeklarining beshik va sunnat to‘yi marosimlaridagi an’anaviylik va zamonaviylik xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: Tarixiy-etnografik manbalar va dala tadqiqotlari asosida Xorazm vohasi o‘zbeklarining beshik va sunnat to‘yi marosimlarini kompleks tadqiq etish asosida mahalliy udum va an’analarning (beshik tayyorlash, ona va bolani chilladan chiqarish, bolaning sochini olish, odim cho‘rak qilish, tax yasash, choyxalta tikish va boshqa amallar) vohaga xos lokal xususiyatlari, ularning boshqa hududlar marosimlaridan farqli jihatlari mavjudligi ochib berilgan;
beshik va sunnat to‘yi marosimlari (go‘z oydin, besh oqshom, bolani beshikka solish, ko‘rpa bichar, non yopar, gashir do‘g‘rashma, gengash, sunnat atish) ning transformatsiyaga uchraganligi, yana beshik va sunnat to‘yidagi ayrim marosimlar (erik oshi, darpandi palov, qo‘noq olish, supra qoqdi, tanga sozi) esa boshqa hududlarda o‘tkaziladigan marosimlar bilan sinkretlashish jarayonida o‘zining asl mazmun-mohiyatini o‘zgartirgani hamda beshik va sunnat to‘ylarida o‘tkazilgan xalq o‘yinlari (go‘rash, arqon tortish, qo‘chqor va xo‘roz urishtirishma)ning hozirda deyarli o‘tkazilmayotgani aniqlangan;
beshik va sunnat to‘yi bilan bog‘liq bir qator marosimlarni (beshikni alas qilish, chillali uyda 40 kungacha chiroq yoqib qo‘yish, isvant tutatish, go‘zminjiq taqish, beshikning va sunnat qilingan bola to‘shagining bosh tarafi ostiga non, tuz, pichoq kabi himoya vositalarini qo‘yish, bolaning kindigini yashirib qo‘yish, bolaning eshini mevali daraxt ostiga ko‘mish va h.k) tahlil qilish jarayonida bu marosimlarga islom dini ta’siri sezilmasligi hamda vohaga xos arxaik inonch-e’tiqod va rasm-rusumlarning hozirgacha saqlanib kelayotganligi isbotlangan;  
Xorazm vohasi beshik va sunnat to‘ylarida ishlatiladigan narsa-buyumlar (chaman, beshik, sumak); kiyim-kechaklar (jubba, kurta, andikcha, og‘li ishton); taom va eguliklar (atala, bulomiq, yumurta qo‘rdoq, unoshi, xo‘roz qand, olmo qant) bilan bog‘liq atamalar tahlili asosida ularning faqat Xorazm vohasiga xos lokal xususiyatga ega ekanligi aniqlangan; 
hozirgi kibertexnologiyalar va kibersportning shiddat bilan rivojlanib borishi jarayonida ajdodlarimizdan saqlanib qolgan hamda beshik va sunnat to‘y marosimlari bilan bog‘liq bolaning ilk rivojlanish davridagi erkalatish-sog‘lomlashtirish tarzidagi (dodov-dodov, chopoq-chopoq, chilim-chitdi, chapak-chapak, cho‘mbil-cho‘mbil); bolani aqliy, jismoniy va psixologik rivojlantiruvchi  (gizlanmajak, quvoloshma, o'rtog‘o girishma, xola-xola, chillik, poqqildovuq, langi, bektosh va h.k.) xalq o‘yinlarining juda katta ahamiyat kasb etishi va ularni yana tiklash zarurati asoslab berilgan.
Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamyati: Tadqiqotning ilmiy ahamiyati Xorazm vohasida mahalliy ahamiyatga ega bo‘lgan, biroq keng jamoatchilikka noma’lum bo‘lgan ko‘plab marosim va rasm-rusumlarning aniqlanganligi bilan izohlanadi. Qolaversa, mazkur tadqiqot Markaziy Osiyo, jumladan, O‘zbekiston xalqlari an’ana va urf-odatlari tarixi, beshik va sunnat to‘yi marosimlari bilan bog‘liq xalqona madaniyatning etnohududiy xususiyatlarini o‘rganishda hamda Xorazm tarixini tarixiy-etnografik materiallar asosida tadqiq qilishda ham muhim ahamiyatga ega.
Tadqiqotning amaliy natijalari quyidagilardan iborat: Dissertatsiyada keltirilgan ma’lumotlardan mahallalarning “Xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda ma’naviy-ahloqiy qadriyatlarni mustahkamlash bo‘yicha mutaxassislari” uchun sotsiologik anketa so‘rovnoma olishda foydalanildi;
Xorazm vohasi beshik va sunnat to‘yi marosimlari, ularning turlari va u bilan bog‘liq jarayonlar bilan qiziquvchi xorijiy va mahalliy sayyohlar, gid ekskursovodlar va keng jamoatchilik uchun fotosuratlar jamlanmasi hamda uning o‘zbek va chet tillardagi (rus va ingliz) izohidan iborat albom tayyorlandi.
IV. Tadqiqot natijalarning joriy qilinishi: O‘zbeklarning beshik va sunnat to‘yi marosimlari: an’anaviylik va zamonaviylik (Xorazm vohasi materiallari asosida)” mavzusi bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida: 
Ushbu doktorlik (PhD) dissertatsiyasining beshik va sunnat to‘yi bilan bog‘liq marosimlar va an’analar yoritilgan boblari va paragraflaridagi ilmiy yangiliklari, xulosa, taklif va tavsiyalaridan Xalqaro “Oltin meros” hayriya jamoat fondi ustavi va shu asosda qabul qilingan dasturlarni amalga oshirish doirasida foydalanilmoqda (“Oltin meros” xalqaro hayriya jamoat fondining 2025-yil 
4-apreldagi № 01-23-sonli ma’lumotnomasi). Dissertatsiya mavzusiga oid mahalliy udum va an’analarning lokal xususiyatlari, beshik to‘yi hamda sunnat to‘yi marosimlarining tarixiy-genetik asoslari va mazmun-mohiyati asoslanib, tarixiy va yozma manbalar asosida farzand uchun qilinadigan amallarning ma’naviy-tarbiyaviy ahamiyati, bolalarning sog‘lom va barkamol bo‘lib voyaga etishidagi o‘rni ko‘rsatib berilgan;
dissertatsiyaning ilmiy natijalaridan Xorazm Ma’mun akademiyasida bajarilgan “I-FA-2019-25 Xorazm shaharlarining tarixi, madaniy meroslari, obidalari va san’at asarlarining tadqiqotlari asosida SMART texnologiyalarini yaratish” hamda “PZ-2020103078 – “Dorul hikmat val maorif” zamonaviy virtual muzeyini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihalarini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining mintaqaviy bo‘limi – Xorazm Ma’mun Akademiyasining 2025-yil 30-iyundagi №186/2-25-sonli ma’lumotnomasi). Natijada dissertatsiyaning ilmiy xulosalari asosida mazkur grantlar doirasida Xiva xonligi davriga oid tarixiy ma’lumotlar mazmunan boyigan, yozma manbalar ma’lumotlari tahlili asosida o‘zbek xalqi marosim folkloriga oid ma’lumotlar, ularning o‘ziga xos xususiyatlari, xalq etnografiyasiga oid tarixiy faktlar mazmunan boyigan;
tadqiqotchining dissertatsiya ma’lumotlari asosida tayyorlagan “O‘zbeklarning beshik va sunnat to‘yi marosimlari: an’anaviylik va zamonaviylik” deb nomlangan chiqishi O‘zbekiston teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston 24” axborot-informatsion dasturi va Xorazm teleradiokanalining “Assalom Xorazm” teledasturi, “Najot bilimda” radio eshittirish dasturi orqali aholiga, keng jamoatchilik vakillariga, olimlarga, talabalarga, o‘quvchi yoshlarga targ‘ib etildi (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi Xorazm viloyati teleradiokanali davlat muassasasining 2025-yil 4-iyundagi №395-sonli ma’lumotnomasi). Muallifning beshik va sunnat to‘yi marosimlari, bu marosimlardagi an’anaviylik va zamonaviylik haqidagi chiqishi umuminsoniy va milliy qadriyatlarimizga bo‘lgan e’tibor, shuningdek beshik va sunnat to‘yi marosimi va bu marosimlar bilan bog‘liq urf-odatlarni chuqur o‘rganish, unut bo‘layotgan marosim va qadriyatlarni qayta tiklash va asrab-avaylash, targib etishda muhim ahamiyatga ega;
dissertantning beshik va sunnat to‘yi marosimlari, urf-odatlari, ularning an’anaviy va zamonaviy ko‘rinishlari haqidagi tadqiqot natijalaridan Qoraqalpog‘iston milliy teleradiokompaniyasi “Qoraqalpog‘iston” telekanalida efirga uzatilgan “Assalam Qaraqalpaqstan”, “U’lkemiz boylap” ko‘rsatuvlarini tayyorlashda foydalanildi hamda dissertant tomonidan “Kush bilimde” radio eshittirishlar dasturida mavzu yuzasidan atroflicha ma’lumot berildi (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Qaraqalpaqstan teleradiokompaniyasining 
2024-yilning 23-dekabrdagi № 05-22/561-sonli ma’lumotnomasi). Dissertatsiya ma’lumotlari Qoraqalpog‘iston milliy teleradiokanallarida namoyish etiladigan ma’naviy-ma’rifiy ko‘rsatuvlarni tayyorlashda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi hamda qoraqalpoq va o‘zbek xalqining umuminsoniy va milliy qadriyatlarimizga bo‘lgan e’tiborini o‘rganish, unut bo‘layotgan marosim va qadriyatlarni qayta tiklash, asrab-avaylash va targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etadi. 
Beshik va sunnat to‘yi marosimlarining turlari, o‘tkazilish tartibi va o‘ziga xos lokal xususiyatlari, ularning doimo mahalla va qarindoshlarning ishtirokida, mahalla oqsoqollari boshchiligida nishonlanishi va bu tadbirlarda har bir jamoa a’zosining o‘ziga yarasha vazifalari borligi haqidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi ko‘rgazma saroyida 2023-yil 17-23-aprel kunlari bo‘lib o‘tgan “Xalqaro an’anaviy tasviriy va amaliy san’at festivali!” doirasida tashkillashtirilgan amaliy san’at asarlaridan iborat ko‘rgazmasida ekskursiya matnlarini yaratishda foydalanildi (O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2023-yilning 21-iyundagi №124-sonli ma’lumotnoma). Ushbu ma’lumotlar o‘zbek va qoraqalpoq xalqlarida birdek ahamiyatli bo‘lgan beshik va sunnat to‘yi marosimlarining millatlar va xalqlar o‘rtasidagi o‘zaro do‘stlik va hamjihatlik tushunchalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish