Kobilova Nasiba Xurramovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qayta ishlash sanoati samaradorligini oshirish asosida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash”, 08.00.03-“Sanoat iqtisodiyoti”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Iqt3973
Ilmiy rahbar: Maxmudov Nosir Maxmudovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti:
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.07.2022.I.16.05
Rasmiy opponentlar: Nazarova Fotima Xakimovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ismoilov Azizbek Ruzimaxammatovich iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). 
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qayta ishlash sanoati samaradorligini oshirish asosida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oziq-ovqat mahsulotlari sanoatining “ishlab chiqarishning o‘sish” va “qo‘shimcha o‘sish” omillaridan optimal foydalanish orqali samaradorligini oshirish asosida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash nazariy jihatdan asoslangan;
oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning qayta ishlash sanoati samaradorligini oshirish xususiyatlari va omillari integratsiyasini ichiga oluvchi kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish mexanizmi ishlab chiqilgan;
subektiv, boshqaruv, obektiv omillar va natijaviy jarayonlar integratsiyasini ifodalovchi oziq-ovqat mahsulotlari sanoati klasterlarini innovatsion rivojlantirish asosida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash modeli ishlab chiqilgan;
oziq-ovqat mahsulotlari sanoati samaradorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar bo‘yicha o‘rta muddatli 2025-2030 yillarga mo‘ljallangan prognoz ssenariylari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qayta ishlash sanoati samaradorligini oshirish asosida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
  oziq-ovqat mahsulotlari sanoatining “ishlab chiqarishning o‘sish” va “qo‘shimcha o‘sish” omillaridan optimal foydalanish orqali samaradorligini oshirish asosida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazining 2025-yil 
14-fevraldagi 57/10-309-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotda joriy etilishi natijasida oziq-ovqat mahsulotlari sanoati yanada rivojlantirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish foydalanilgan va omilli tahlil natijalari aniqlilik darajasining 2,7 foizga oshishiga olib kelgan;
oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning qayta ishlash sanoati samaradorligini oshirish xususiyatlari va omillari integratsiyasini ichiga oluvchi kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish mexanizmi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazining 2025-yil 14-fevraldagi 57/10-309-sonli ma’lumotnomasi) Mazkur taklifning amaliyotda joriy etilishi natijasida oziq-ovqat mahsulotlari sanoati korxonalari faoliyati samaradorligini 1,3 foizga oshishiga erishilgan;
subektiv, boshqaruv, obektiv omillar va natijaviy jarayonlar integratsiyasini ifodalovchi oziq-ovqat mahsulotlari sanoati klasterlarini innovatsion rivojlantirish asosida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash modeli O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazining 
2025-yil 14-fevraldagi 57/10-309-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotda joriy etilishi natijasida qayta ishlash sanoati samaradorligini oshirish va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishda omillar ta’sirini hisobga olish hamda funksional vazifalarni samarali tashkillashtirish amaliyotining takomillashuviga erishilgan;
oziq-ovqat mahsulotlari sanoati samaradorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar bo‘yicha  o‘rta muddatli (2025-2030 yil) prognoz ssenariylari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazining 2025-yil 14-fevraldagi 57/10-309-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotda joriy etilishi natijasida oziq-ovqat mahsulotlari sanoati samaradorligini oshirish asosida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha istiqbolli parametrlarni ishlab chiqilishida foydalanilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish