Suyunov Bexzod Abdumadjitovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasihimoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Turar-joy ko‘chmas mulk obektlarini baholash xizmatlari samaradorligini oshirish usullarini takomillashtirish” 08.00.05 - Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Iqt4245
Ilmiy rahbar: iqtisodiyot fanlari doktori, professor Bektemiov Abdumalik
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, DSc.03/25.12.2024.I.18.01
Rasmiy opponentlar: iqtisodiyot fanlari doktori, professor Pardaev Mamayunus Qarshiboevich; iqtisodiyot fanlari doktori,professor Davletov Islombek Xalikovich
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: ilmiy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi
turar-joy ko‘chmas mulk obektlarini baholash xizmatlari samaradorligini oshirish usullarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-uslubiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ko‘chmas mulkni bozor bahosiga ta’sir qiluvchi tayanch omillarni tanlab olish usuli uning hayotiy davri, ekspert so‘rovini baholash Lorens Pareto usulidan foydalangan holda takomillashtirilgan;
ko‘chmas mulkning bir-birlik maydoni (1 kv.m.) uchun narx ko‘rsatkichlarini aniqlash usuli uning birlamchi va ikkilamchi bozorga ta’luqliligi, turar-joylarning eskirish darajasi, talab va taklif, narx indekslariga asosan takomillashtirilgan;
ko‘chmas mulkni baholash xizmatlari samaradorligini oshirish usullarini rivojlantirish amalga oshirilgan hamda ko‘chmas mulk bahosini aniqlashning xarajatlar yondashuvi mulkning eskirish darajasini baholash modeli asosida takomillashtirilgan;
ko‘chmas mulk bozorida mulkni baholashga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash, ularning ta’sir darajasini baholash usuli takomillashtirilgan va kelgusi davrlar uchun prognoz ko‘rsatgichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Turar-joy ko‘chmas mulk obektlarini baholash xizmatlari samaradorligini oshirish usullarini takomillashtirishning metodologik masalalari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ko‘chmas mulkning bozor qiymatini shakllantiruvchi asosiy omillar tizimlashtirilgan, shuningdek, baholash samaradorligini oshirish maqsadida ushbu omillarning binoning bozor qiymatiga ta’sirini aniqlash bo‘yicha uslubiy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Ushbu tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Baholovchi tashkilotlar assosiasiyasi tomonidan amaliy faoliyatda qo‘llash uchun joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Baholovchi tashkilotlar assosiasiyasining 2023 yil 2 noyabrdagi 39/11-2023-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy tavsiyaning amaliyotga joriy etilishi baholash hisob-kitoblarining haqqoniyligi va obektivligini 10-12% ga oshiradi;
Samarqand shahrining birlamchi va ikkilamchi ko‘chmas mulk bozorlarida 1 kv.metr turar joy maydoni uchun taklif etilayotgan narx meyorlari O‘zbekiston Respublikasi Baholovchi tashkilotlar uyushmasi tomonidan mulkni baholashda ma’lumotlar bazasini kengaytirish maqsadida qabul qilingan. (39/11-2023-sonli ma’lumotnoma. O‘zbekiston Respublikasi Baholovchi tashkilotlar uyushmasi, 2023 yil 2 noyabr);
xarajatlar usuli yordamida ko‘chmas mulk qiymatining pasayishini to‘g‘ri aniqlash imkonini beruvchi eskirish darajasini aniqlashning takomillashtirilgan modeli O‘zbekiston Respublikasi Baholovchi tashkilotlar assosiasiyasi tomonidan baholash amaliyotida qo‘llash uchun qabul qilingan (39/11-2023-son ma’lumotnoma). Mazkur tavsiyaning amaliyotda qo‘llanilishi obekt hayot siklining barcha bosqichlarida baholashning to‘g‘riligini oshiradi, baholovchi tashkilotlar faoliyatiga nisbatan shikoyatlarning kamayishiga olib keladi;
ko‘chmas mulk qiymatiga omillarning ta’sir darajasini aniqlashning takomillashtirilgan usuli va ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Baholovchi tashkilotlar assosiasiyasi va "Baholash Expert," "Diller sarmoya", "Samxolis baho" MChJ tomonidan baholash amaliyotida qo‘llash uchun qabul qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Baholovchi tashkilotlar assosiasiyasining 2023 yil 2 noyabrdagi 39/11-2023-sonli ma’lumotnomasi hamda Baholovchi tashkilotlarning №12/05.11.2023 va №7/22.09.2023 dalolatnomalari).Ushbu tavsiyalardan foydalanish baholash xizmatlarini ko‘rsatuvchi tashkilotlarga turar-joy ko‘chmas mulki qiymatini aniqlashning uslubiy asoslarini kengaytirish imkonini berdi va uy-joylarni xolisona baholash imkoniyatini yanada oshirdi. Natijada mijozlar va sotuvlar sonini yiliga 4-6 foizga o‘sishiga erishiladi.