Ergashev Olim Kenjaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Korporativ boshqaruv tamoyillaridan foydalanishni takomillashtirish (tijorat banklari misolida)”, 08.00.13 – Menejment.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Iqt5304.
Ilmiy rahbari: Allayarov Shamsiddin Amanullaevich iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2020.I.16.02 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Suyunov Dilmurod Xolmurodovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Ashurov Zufar Abdulloevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida korporativ boshqaruv standartlaridan foydalanish samaradorligini ta’minlash bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “tijorat banklarida korporativ boshqaruv standartlari” tushunchasining iqtisodiy mazmuni bank faoliyatidagi barcha manfaatdor tomonlar o‘rtasida huquq va majburiyatlar muvozanatini taʼminlash maqsadida xalqaro tan olingan tamoyillar va milliy qonuniy-meʼyoriy bazalar asosida ishlab chiqilgan, hisobdorlik, shaffoflik, adolat va samaradorlikka asoslangan tizimli boshqaruv standartlari majmuasi nuqtai nazaridan takomillashtirilgan;
ichki nazoratga bo‘lgan yondashuvlarni aktivlarning riskliligi va daromadliligi o‘rtasidagi oqilona nisbatni taʼminlashga yo‘naltirish, banklarning nazorat bloki bo‘lgan ichki audit, komplaens-nazorat va risk-menejment o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik darajasini o‘stirish orqali banklarda aktivlarning daromadliligi oshirish hamda aktivlardan ko‘riladigan zararlarni qoplashga mo‘ljallangan zaxira ajratmalarining miqdorini kamaytirish taklifi asoslangan;
tijorat banklarining kapital bazasini boshqarishni takomillashtirish orqali emission daromad va taqsimlanmagan foyda hisobidan ularning kapitallashish darajasini oshirishning (0,3 ≤ KD ≤ 0,5) maqbul chegarasi asoslangan;
O‘zbekiston tijorat banklarida korporativ boshqaruv tamoyillaridan foydalanishga taʼsir ko‘rsatuvchi omillar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni ifodalovchi ekonometrik modellar asosida 2030 yilga qadar asosiy faoliyatining prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Korporativ boshqaruv tamoyillaridan foydalanish foydalanish samaradorligini ta’minlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “tijorat banklarida korporativ boshqaruv standartlari” tushunchasining iqtisodiy mazmunini bank faoliyatidagi barcha manfaatdor tomonlar o‘rtasida huquq va majburiyatlar muvozanatini taʼminlash maqsadida xalqaro tan olingan tamoyillar va milliy qonuniy-meʼyoriy bazalar asosida ishlab chiqilgan, hisobdorlik, shaffoflik, adolat va samaradorlikka asoslangan tizimli boshqaruv standartlari majmuasi nuqtai nazaridan takomillashtirishga oid nazariy-uslubiy materiallardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Menejment strategiyasi” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universitet, 27.05.2025 yil, va 44-son bayonnoma). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda xalqaro tan olingan tamoyillar va milliy qonuniy-meʼyoriy bazalar asosida ishlab chiqilgan tizimli boshqaruv standartlari majmuasi nuqtai nazaridan takomillashtirilgan “tijorat banklarida korporativ boshqaruv standartlari” tushunchasi bo‘yicha nazariy bilimlarni chuqurlashtirish imkoni yaratilgan;
ichki nazoratga bo‘lgan yondashuvlarni aktivlarning riskliligi va daromadliligi o‘rtasidagi oqilona nisbatni taʼminlashga yo‘naltirish, banklarning nazorat bloki bo‘lgan ichki audit, komplaens-nazorat va risk-menejment o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik darajasini o‘stirish orqali banklarda aktivlarning daromadliligi oshirish hamda aktivlardan ko‘riladigan zararlarni qoplashga mo‘ljallangan zaxira ajratmalarining miqdorini kamaytirish taklifi AT “Asakabank” amaliyotiga joriy etilgan (AT “Asakabank”ning 2025 yil 17 apreldagi 19-01/396-sonli maʼlumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga tatbiqi natijasida AT “Asakabank”da aktivlarning daromadliligi 2024 yilda 2023 yilga nisbatan 4,4 foizli punktga oshgani holda, aktivlardan ko‘riladigan zararlarni qoplashga mo‘ljallangan zaxira ajratmalarining miqdori 42,7 foizga kamaygan;
tijorat banklarining kapital bazasini boshqarishni takomillashtirish orqali emission daromad va taqsimlanmagan foyda hisobidan ularning kapitallashish darajasini oshirishning (0,3 ≤ KD ≤ 0,5) maqbul chegarasini asoslash taklifi AT “Asakabank” amaliyotiga joriy etilgan (AT “Asakabank”ning 2025 yil 17 apreldagi 19-01/396-sonli maʼlumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga tatbiqi natijasida AT “Asakabank”da emission daromad va taqsimlanmagan foyda summasi 2024 yilda 2023 yilga nisbatan 5,8 foizga oshgan;
O‘zbekiston tijorat banklarida korporativ boshqaruv tamoyillaridan foydalanishga taʼmir ko‘rsatuvchi omillar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni ifodalovchi ekonometrik modellar asosida 2030 yilga qadar ishlab chiqilgan asosiy faoliyatining prognoz ko‘rsatkichlari AT “Asakabank” amaliyotiga joriy etilgan (AT “Asakabank”ning 2025 yil 17 apreldagi 19-01/396-sonli maʼlumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga tatbiqi natijasida AT “Asakabank”da korporativ boshqaruv tamoyillaridan foydalanishga taʼsir ko‘rsatuvchi omillar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik asosida asosiy faoliyatning istiqbol ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi muvofiqlikni taʼminlash imkoni yaratilgan.