Qurbanov Abror Abdinasir o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): 
“Bo‘lajak muhandis-elektriklarni tayyorlash jarayonida  intellektual kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02–Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/Ped3571
Ilmiy rahbar: Kulmurodov Dilshod Istamovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax politexnika instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi PhD.26/27.02.2020.T.109.01. raqamli ilmiy kengash. 
Rasmiy opponentlar: O‘rinov Uyg‘un Abdullaevich, pedagogika fanlari doktori, professor; Yarlakabov Umirzoq Mamatqulovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak muhandis-elektriklarni tayyorlash jarayonida  intelektual kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi ishlab chiqish, nazariy jihatdan asoslash va amaliyotga joriy etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
smart texnologiyalarning zamonaviy imkoniyatlarini dinamik tahlili asosida, talabalarning intellektual kompetensiyalarini rivojlantirishning motivatsion, kognitiv va metakognitiv komponentlari “kompetensiyaga asoslangan modulli yondashuv” (Competence-Based Modular Approach) asosida yangicha talqinda ishlab chiqilgan; 
talabalarni kasbiy faoliyatiga tayyorlash jarayonida talabalarning intelektual kompetensiyasilarini rivojlantirishining didaktik shart-sharoitlarini va talabalarning intelektual kompetensiyasini rivojlantiruvchi omillar, kasbiy rivojlanishda intelektual kompetensiyasini rivojlantirish darajalari asosida talabalarda intrinsic motivation, cognitive processing va metacognitive regulation jarayonlarini faollashtiruvchi konseptual model takomillashtirilgan; 
tadqiqotchilik topshiriqlarni ishlab chiqish, muammoli-ta’limiy vaziyatlar yaratish va zamonaviy pedagogik texnologiyalarni integratsiyalash orqali talabalarning intelektual kompetensiyasini rivojlantirish metodikasi “Qaror qabul qilish strategiyasi”, Engineers “ACTP” va “Critical thinking development technology” kabi zamonaviy metodlar hamda ta’limning individuallashtirish, intelektuallik va intellectual flexibility tamoyillari yordamida takomillashtirilgan;
kompleks pedagogik tajribalar va tadqiqotchilik topshiriqlarni bajarish asosida talabalarda intelektual kompetensiyasini rivojlanganlik darajalarini baholash mezonlari (adaptiv, funksional, kreativ-innovatsion), tushunchalar, dalillar orasidagi ichki aloqalar, nazariy qoidalar bilan intellektual kompetensiyaning real rivojlanish dinamikasini aniqlashga xizmat qiladigan ilmiy asoslangan baholash tizimini o‘rnatish orqali optimallashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Zamonaviy ta’lim sharoitida bo‘lajak muhandis-elektriklarni tayyorlash jarayonida intelektual kompetensiyalarini rivojlantirishning ilmiy-metodik asoslarini ishlab chiqish va ixtisoslik fanlarini o‘qitish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
smart texnologiyalarning zamonaviy imkoniyatlari asosida talabalarning intelektual kompetensiyasilarini rivojlantirishning motivatsion, kognitiv va metakognitiv komponentlari hamda talabalarning intelektual kompetensiyasini faollashtirishning didaktik shart-sharoitlaridan foydalanishga oid takliflardan texnika yo‘nalishi talabalari uchun “Elektr ta’minoti tizimida muqobil energiya manbalari” nomli o‘quv qo‘llanma ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Resbublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 17-iyuldagi 314-son buyrug‘i, №314-587 raqamli guvohnoma). Mazkur o‘quv qo‘llanma oliy ta’lim muassasalari texnika yo‘nalishlarida o‘quv jarayonini yagona yondashuv asosida tashkil etish, oliy ta’lim myassasalarida ixtisoslik fanlarni o‘qitish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
talabalarni kasbiy faoliyatiga tayyorlash jarayonida talabalarning intelektual kompetensiyasilarini rivojlantirishining didaktik shart-sharoitlarini va talabalarning intelektual kompetensiyasini rivojlantiruvchi omillar, kasbiy rivojlanishda intelektual kompetensiyasini rivojlantirish darajalari asosida talabalarda intrinsic motivation, cognitive processing va metacognitive regulation jarayonlarini faollashtiruvchi konseptual modeli va ta’limning intelektuallik va intellectual flexibility tamoyillari asosida takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar texnika oliy ta’lim tizimida intelektual faoliyatni tashkil etish jarayoniga tatbiq etilgan (Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2025-yil 2-iyundagi 02/01 – 01-189-son ma’lumotnomasi). Natijada, texnika oliy ta’lim muassasalari talabalarida intelektual kompetensiyasini rivojlantirishga xizmat qilgan.
tadqiqotchilik topshiriqlarni ishlab chiqish, tadqiqotchilik vaziyatlari yaratish orqali talabalarning intelektual kompetensiyasini rivojlantirish metodikasi “Qaror qabul qilish strategiyasi”, Engineers “ACTP” va “Critical thinking development technology” kabi zamonaviy metodlar hamda ta’limning individuallashtirish, intelektuallik va erkinlik tamoyillar yordamida takomillashtirilgan “Bo‘lajak muhandis-elektriklarni tayyorlash jarayonida intellektual kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi” nomli monografiya va “Elektr ta’minoti tizimida muqobil energiya manbaalari” fani misolida talabalarning intellektual kompetensiyalarini rivojlantirish” dasturi mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2025-yil 2-iyundagi 02/01 – 01-189-son ma’lumotnomasi). Mazkur o‘quv-metodik ta’minot talabalarini tadqiqotchilik topshiriqlarni EHMlari asosida mustaqil hal qilishi uchun uning didaktik imkoniyatlarini takomillashtirishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish