Ismoilova Sabida Isroilovnaning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «To‘qimachilik sanoatining texnologik jarayonlarida hosil bo‘ladigan dinamik kuchlarni hisobga olib tekstil iplarining mustahkamlik nazariyasini rivojlantirish», 01.02.04 – Deformatsiyalanuvchan qattiq jism mexanikasi,  05.06.01 – To‘qimachilik va engil sanoat ishlab chiqarishlari materialshunosligi (texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/T46.

Ilmiy maslahatchi: Sultanov Karim Sultanovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mexanika va inshootlar seysmik mustaxkamligi instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti va Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, DSc.28.02.2018.T/FM.61.01 asosida bir martalik IK.

Rasmiy opponentlar: Alimova Xalimaxon Alimovna, texnika fanlari doktori, professor; Mardonov Botir Mardonovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Abdusattarov Abdusamat, texnika fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: «Paxtasanoat ilmiy markazi» AJ.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: to‘qimachilik sanoati texnologik jarayonlarida hosil bo‘ladigan dinamik kuchlarni hisobga olib, paxta iplarining mustahkamlik nazariyasini rivojlantirish va uning mustahkamligini aniqlash, baholash va bashorat qilish usullarini ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

paxta ipi mustahkamligini ifodolovchi qonuniyatlarni aniqlash usuli uning mexanik hususiyatlarini inobatga olgan holda chiziqli zichligi har xil bo‘lgan paxta iplarining uzilish davridagi mustahkamligi ipni uzilguncha chuzilish natijalari asosida ishlab chiqilgan;

paxta ipining fizik-nochiziq elastik-yopishqoq-plastik matematik modeli Eyring modeli asosida takomillashtirilgan;

paxta ipining cho‘zilishidagi nochiziq deformatsiyalanish qonuniyati, uning o‘zgartirilgan mexanik hususiyatlarini inobatga olgan xolda ishlab chiqilgan;

to‘qimachilik sanoati texnologik jarayonlarida yuzaga keladigan dinamik kuchlar ta’siridan paxta ipining mustahkamligini aniqlash usullari nochiziq-deformatsion nazariyasi asosida ishlab chiqilgan;

paxta ipining mustahkamligini aniqlash va baholashning deformatsion usuli uning cho‘zilishdagi deformatsiyalanish tezligi, mexanik hususiyatlari, ichki ishqalanish koeffisienti va chiziqli zichligini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan;

paxta ipi elastik-yopishqoq-plastik modeli to‘qimachilik sanoati texnologik jarayonlarida paydo bo‘ladigan har xil yarimsiklli va boshqa dinamik kuchlar ta’sirini inobatga olgan holda takomillashtirilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

To‘qimachilik sanoati texnologik jarayonlarida hosil bo‘ladigan dinamik kuchlarni xisobga olib tekstil iplarining mustahkamlik nazariyasini rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

paxta ipi mustahkamligini ifodolovchi qonuniyatlari usuli chiziqli zichligi har xil bo‘lgan paxta iplarining uzilish payitidagi mustahkamligi ipni uzilguncha chuzilish natijalari T=15,4-160,0 teksgacha bo‘lgan paxta iplarining mustahkamligini aniqlash, baholash va bashorat qilishning boshqa usullardan farqli ravishda, ipning cho‘zilish tezligini hisobga oluvchi, deformatsion usulli “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tasaruffidagi «TEXNO TEX» MChJ, «SHAMS» HKlarida joriy etilgan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2018 yil 6 noyabrdagi DM-12-5896-son ma’lumotnomasi). Natijada iplarning mustahkamlikka hisoblash ishlar hajmini 2 marotabaga kamaytirish va loyiha-hisob ishlarining samaradorligini  25%ga oshirish imkoni yaratilgan;

paxta ipining mustahkamligini aniqlash va baxolashning deformatsion usuli hamda to‘qimachilik sanoati texnologik jarayonlarida yuzaga keladigan dinamik kuchlar ta’siridan mustahkamligini aniqlash usuli “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tasaruffidagi «SHOVOT TEXTIL» QK MChJ korxonasiga paxta ipining og‘irlik bo‘yicha notekisligini (CVm) baholashda uchun joriy etilgan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2018 yil 6 noyabrdagi DM-12-5896-son ma’lumotnomasi). Natijada chiziqli zichligi  T=20 teks bo‘lgan kard paxta ipining har bir kilogrammidan 20%ga oshirish imkoni yaratilgan;

to‘qimachilik sanoati texnologik jarayonlarida yuzaga keladigan dinamik kuchlar ta’siridan paxta ipini mustahkamligini aniqlash usullari “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi  tasaruffidagi «Iroda Gazmol Buznes» MChJ XKda chiziqli zichligi tanda bo‘yicha T=29,4 teks va arqoq bo‘yicha T=20 teks (bo‘z Art.R23) bo‘lgan paxta iplaridan to‘qima ishlab chiqish uchun joriy etilgan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2018 yil 6 noyabrdagi DM-12-5896-son ma’lumotnomasi). Natijada iplarning uzilishini tanda bo‘yicha 23%ga, arqoq bo‘yicha 45%ga kamaytirish va to‘qimaning sifatini 22%ga oshirish imkoni yaratilgan;

paxta ipining cho‘zilishida uning deformatsiyalanish tezligi, mexanik hususiyatlari, ichki ishqalanish koeffisienti hamda chiziqli zichligini hisobga olgan holda mustahkamligini aniqlash va baholash  deformatsion usullari “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tasaruffidagi «Jamstyle» MChJ korxonasida paxta ipining chiziqli zichligi T=60 va 70teksli paxta ipidan tayyorlangan zichligi 105 g/m2 bo‘lgan to‘qimani MBJ6 dastgohda tayyorlash uchun joriy etilgan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2018 yil 6 noyabrdagi DM-12-5896-son ma’lumotnomasi). Natijada chiziqli zichligi T=60 va 70teksli paxta ipining uzilishini 26%ga kamaytirish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish