YuLDAShEV Akmal Akramovichning
doktorlik dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: tibbiyot fanlari nomzodi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.09.2014/B2014.5.Tib490
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Oyoq-qo‘l yirik segmentlarining qon aylanishi buzilishli murakkab jaroxatlari: xirurgik va patofiziologik tamoyilari», 14.00.27–Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Ilmiy maslahatchining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Asamov Ravshan Erkinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya markazi va Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi 16.07.2013.Tib.20.01
Rasmiy opponentlar: tibbiyot fanlari doktori, professor Akilov Xabibulla Ataullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor Asilova Saodat Ubaevna, tibbiyot fanlari doktori Xashimov Shuxrat Xurshidovich
Yetakchi tashkilot: N.V.Sklifosovskiy nomidagi Tez yordam ilmiy-tadqiqot instituti, Moskva, Rossiya Federatsiyasi
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Nashr ishlari.
Ilmiy daraja talabgori tomonidan nashr ishlariga qo‘yilgan talablar to‘liq bajarilgan, jumladan:
a) O‘zbekiston Respublikasi OAKning doktorlik dissertatsiyalari asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxatiga kiritilgan 4 ta milliy ilmiy jurnalda 12 ta ilmiy maqola, 4 ta xorijiy ilmiy jurnalda 4 ta ilmiy maqola nashr qilingan.
b) dissertatsiya mavzusi bo‘yicha 11 ta xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallarida e’lon qilingan (jumladan: 2013 Germaniya; 2004, 2012 Rossiya Federatsiyasi).
III. Tadqiqotning maqsadi: qon aylanishi buzilgan qo‘l-oyoq murakkab jarohatlarini xirurgik davolash taktikasini mukammalashtirishni klinik-eksperimental gemorragik shok, ishemiya va reperfuzion sindrom patogenezini o‘rganish negizida asoslab berish.
IV. Dissertatsiyaning ilmiy yangiligi:
travmatik kasallik va uning asoratlari og‘irligi, reanimatsion yordam samaradorligi, qo‘l-oyoq funksiyasidan maxrum bo‘lish darajasi, replantatsiyaga bo‘lgan ko‘rsatmalar va qarshi ko‘rsatmalarni optimallashtirishga asoslangan, qon aylanishi buzilgan qo‘l-oyoq va ularning murakkab jarohatlarida davolash-tashxis va jarrohlik taktikasi algoritmi ishlab chiqilgan;
o‘tkir gemorragik shok va reperfuzion sindrom rivojlanishining tajribada o‘rganilgan patogenetik xususiyatlari asosida qo‘l-oyoq murakkab jarohatlarini jarrohlik yo‘li bilan davolash bosqichlari ishlab chiqildi;
ilk bora klinik-biokimyoviy va morfologik usullar yordamida o‘tkir gemorragik shok va reperfuzion sindromda qo‘l-oyoq yirik segmenti replantatsiyasidan oldin va keyin qon ko‘rsatkichlari o‘zgarishlari, skelet muskullari, miokard va buyrak strukturasi jarohatlarining o‘ziga xos xususiyatlari aniqlangan;
ilk bora ishemiyaga uchragan qo‘l-oyoq reperfuziyasi, operatsiyadan keyingi davr va replantatsiyadan keyin suyak to‘qimasining reparativ regeneratsiyasida gemorragik va travmatik shok sharoitida suksinasol infuziyasi samaradorligi klinik-eksperimental jihatdan asoslangan;
RShTYoIM tashkil etilgandan so‘ng birinchi marta qo‘l-oyoq va ularning yirik segmentlarini xirurgik davolash natijalari umumlashtirilgan.
V. Dissertatsiyaning amaliyotga joriy etilgan ilmiy natijalari: Xirurgik davolash va medikamentoz terapiyaning optimallashtirilgan bosqichlari, shuningdek, qon aylanishi buzilgan qo‘l-oyoq va ularning yirik segmentlari murakkab jarohatlarida davolash-tashxis, prognozlash va jarrohlik taktikasi bo‘yicha ishlab chiqilgan algoritm tibbiyot amaliyotiga, jumladan, RShTYoIM va uning mintaqaviy filiallari faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 15.12.2014 yildagi 27-son xulosasi). Ilmiy natijalarning joriy qilinishi kasalxonagacha bo‘lgan bosqich, qo‘l-oyoq murakkab jarohatlar og‘irlik darajasini diagnostik baholash usullarini optimallashtirish, operatsiyadan keyingi asoratlarni 31,2%ga kamaytirish, replantatsiya qilingan qo‘l-oyoqning to‘laqonli qobiliyatini qayta tiklash, bemorlarning statsionarda yotish muddatlarini o‘rtacha 30%ga qisqartirish imkonini bergan.