Mirsaidov Ibroximbek Tolib o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘quvchilarining axborot bilan ishlash kompetensiyasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.05 – Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Ped6812.
Ilmiy rahbar: Ergashev Bobirjon Boxodirovich - pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Kasbiy ta’limni rivojlantirish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Kasbiy ta’limni rivojlantirish instituti huzuridagi fan doktori ilmiy darajasini beruvchi DSc.05/29.12.2023.Ped.48.01.
Rasmiy opponentlar: Himmataliev Do‘stnazar Omonovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Mamatov Dilmurod Normuratovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi, amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘quvchilarining axborot bilan ishlash kompetensiyasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘quvchilarida axborot bilan ishlash kompetensiyasini rivojlantirishning kasbiy pedagogik shart-sharoitlari (tashkiliy-pedagogik, metodik va ergonomik), kompetensiya komponentlari (motivatsion, kognitiv, faoliyatli va refleksiv)ni rivojlantirishga yo‘naltirilgan integrativ raqamli-didaktik ta’minotni yaratish asosida takomillashtirilgan;
kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘quvchilarining axborot bilan ishlash kompetensiyasini rivojlantirish modeli tashkiliy-motivasion, analitik-faoliyatli va refleksiv-amaliy bosqichlar mazmunini raqamli didaktik ta’minot hamda sun’iy intellekt vositalari funksionalligiga ko‘ra qayta loyihalash asosida takomillashtirilgan;
kasbiy ta’limning kompyuter injiniring yo‘nalishlarida o‘quvchilarning axborot bilan ishlash kompetensiyasini rivojlantirish metodikasi sun’iy intellekt (SI) texnologiyasi (xususan, ChatGPT, Consensus va Gamma kabi modellardan foydalanish ) hamda Intellas (muammoli vaziyat, axborotni qidirish, tahlil, sintez va refleksiya bosqichlariga asoslangan ), MSF (Miqdor-Sifat-Fikr tahlili), kabi mualliflik interaktiv ta’lim metodlaridan samarali foydalanish asosida takomillashtirilgan;
kasbiy ta’lim o‘quvchilarining axborot bilan ishlash kompetensiyasini baholash metodikasi ularning axborotni izlash, tahlil qilish va raqamli vositalarda qayta ishlash ko‘nikmalarini aniqlovchi (motivatsion, kognitiv-faoliyatli va refleksiv) mezonlar hamda reproduktiv, produktiv va kreativ darajalarni belgilovchi raqamlashtirilgan indikatorlar asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘quvchilarining axborot bilan ishlash kompetensiyasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘quvchilarida axborot bilan ishlash kompetensiyasini rivojlantirishning kasbiy pedagogik shart-sharoitlari motivatsion, kognitiv, faoliyatli, refleksiv kompetentlik komponentlarini aniqlashtirish, ixtisoslik va tanlov fanlarini mazmunan integratsiyalash hamda raqamli-didaktik ta’minotini ishlab chiqish asosida takomillashtirishga doir takliflar asosida “Intellas” va “MFS” nomli ta’lim metodlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi “Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazi”ning 2025 yil 26 avgustdagi 02/01-01-330-sonli ma’lumotnomasi). Natijada mazkur ta’minlangan pedagogik shart-sharoitlar kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘quvchilarining axborot bilan ishlash kompetensiyasini rivojlantirishga xizmat qilgan;
kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘quvchilarining axborot bilan ishlash kompetensiyasini rivojlantirish modelini maqsadli, mazmunli, jarayonli, baholash va natija komponentlarning hamda ilmiylik, motivasion, ko‘rgazmaviylik, tizimlilik izchillik, individual yondashuv, o‘zaro hamkorlik, mustahkamlash tamoyillarining uzviyligini ta’minlash asosida ishlab chiqishga doir takliflar “Professional ta’lim o‘quvchilarining axborot bilan ishlash kompetensiyasini rivojlantirish metodikasi dasturiy ta’minoti”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi “Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazi”ning 2025 yil 26 avgustdagi 02/01-01-330-sonli ma’lumotnomasi). Natijada mazkur ishlab chiqilgan metodik model kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘quvchilarining axborot bilan ishlash kompetensiyasini rivojlantirishga xizmat qilgan;
kasbiy ta’limning kompyuter injiniring yo‘nalishlarida o‘quvchilarning axborot bilan ishlash kompetensiyasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish, kasbiy ta’lim tashkilotlarida o‘quvchisining axborot bilan ishlash kompetensiyasini rivojlanganligining reproduktiv, produktiv, kreativ darajalarini baholashning motivatsion, kognitiv, faoliyatli, refleksiv mezonlari dasturiy-mobilli apparatini pedagogik apparatga mazmunan muvofiqlashtirish hamda baholashning raqamlashtirilgan indikator ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish asosida takomillashtirishga doir takliflar “Intellektual texnologiyalardan foydalanishning fundamental asoslari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi “Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazi”ning 2025 yil 26 avgustdagi 02/01-01-330-sonli ma’lumotnomasi). Natijada takomillashtirilgan metodika va baholash mezonlari kasbiy ta’lim sifati va samaradorligini oshishiga xizmat qilgan.