Mirzaev Bahovuddin Abdurazzoqovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Vaush koni dolomitlarini boyitish va qayta ishlash asosida magniy oksidi olish texnologiyasini ishlab chiqish», 04.00.14 – Foydali qazilmalarni boyitish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/T4158.
Ilmiy rahbar: Xujakulov Nurmurod Botirovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Navoiy bo‘limi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti, DSc.17/04.06.2021.T.06.01.
Rasmiy opponentlar: Muxiddinov Baxodir Faxriddinovich, texnika fanlari doktori, professor; Badalov Feruz Amirovich, texnika fanlari falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Vaush koni dolomitlarini boyitish va qayta ishlash asosida magniy oksidi olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Vaush koni dolomitini flotatsiya usulida boyitishda ilk marotaba alkilbenzolsulfokislota (ABSK) reagentidan foydalanildi, natijada dolomitning boyitmaga ajralishi 96,03% ga, boyitmadagi dolomit miqdori 93,8% ga oshishi aniqlangan;
boyitilgan dolomitini termik ishlov berishda dekarbonizatsiya jarayonini faollashtirish maqsadida NaClning optimal miqdori aniqlangan;
boyitilgan dolomitni dekarbonizatsiyalash natijasida kaustik dolomit olishning optimal harorati aniqlangan;
ilk bor Vaush koni dolomitini boyitish va qayta ishlash orqali turli sanoat tarmoqlari uchun magniy oksidi va magniyli mahsulotlar hamda kalsiy karbonati olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Vaush koni dolomitlarini boyitish va qayta ishlash asosida magniy oksidi olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Vaush koni dolomitlarini flotatsiyali boyitish usuli “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati Markaziy ilmiy tadqiqot laboratoriyasida joriy qilingan (“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining 2025 yil 29 oktyabrdagi 02-07/02/11137-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, dastlabki mahsulot tarkibidagi dolomitning boyitmaga ajralishini 96,03% ga va dolomitning boyitmadagi miqdorini 93.8% ga oshirish imkonini bergan;
dolomit boyitmasini NaCl qo‘shib dekarbonizatsiyalanish jarayoni “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati Markaziy ilmiy tadqiqot laboratoriyasida joriy etilgan (“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining 2025 yil 29 oktyabrdagi 02-07/02/11137-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, dekarbonizatsiyalash jarayonidan keyingi tanlab eritishda 92.7% li magniy oksidi olish imkonini bergan.