Jumaeva Shoista Boltaevnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Turli maqsadlarda foydalaniladigan ochiq suv havzalaridagi gidrobiologik o‘zgarishlarning ekologik jihatlari», 03.00.10 – Ekologiya (biologiya).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/V1357.
Ilmiy rahbar: Nuraliev Nekkadam Abdullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.02/30.04.2021.B.79.01.
Rasmiy opponentlar: Ajiev Alisher Baxtibaevich, biologiya fanlari doktori, dotsent; Atanazarov Kuralbay Maulenovich, biologiya fanlari  nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: ichimlik va rekreatsiya maqsadlarida foydalanib kelayotgan ochiq suv havzalaridagi mikrobiologik hamda gidrobiologik o‘zgarishlarning ekologik jihatlarini aniqlash va baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ochiq suv havzalaridagi umumiy koliform bakteriyalar, umumiy mikrob soni (mikrobiologik ko‘rsatkichlar), fitoplankton, zooplankton, zoobentos (gidrobiologik ko‘rsatkichlar) aniqlanishi orasida o‘rtacha kuchdagi va kuchli, to‘g‘ri, musbat korrelyasion bog‘liqliklar (ρ=0,6–0,8) borligi aniqlangan, shu bog‘liqliklar kuchi turli maqsadlarda foydalanilayotgan suv havzalarida farq qilgan, suv havzalari suvining bio-ekologik xavfsizligini baholashda ularning ahamiyati asoslab berilgan;
ilk bor Enterococcus spp. va Staphylococcus spp. nafaqat rekreatsiya, balki ichimlik suvi sifatida ham foydalaniladigan ochiq suv havzalari suvining mikrob bilan ifloslanish darajasini belgilaydigan bio-ekologik xavfsizlik mezoni, sanitar-ko‘rsatkich mikroorganizmlar sifatida tavsiya etilgan, ularning unishi mikrob bilan ifloslanish omili ekanligi isbotlangan;
ilk bor To‘dako‘l suv ombori suvidagi fitoplankton miqdori 1 l suv namunasiga 3 210 000, Amu-Buxoro mashina kanalda 970 000, Quyimozor suv omborida 910 000 huj/l ni tashkil etgani aniqlangan, fitoplankton miqdori ochiq suv havzalari suvining bio-ekologik jihatdan xavfsizligini ko‘rsatuvchi indikator sifatida asoslangan;
ochiq suv manbalari bo‘yicha ekologik xavfsizlikni ta’minlash maqsadida, turli maqsadlarda foydalaniladigan ochiq suv havzalari suvi ifloslanganlik darajasini aniqlash uchun bio-ekologik xavfsizlik markyorlari sifatida Enterococcus spp., Staphylococcus spp. unishi va fitoplankton miqdori ko‘rsatkichlarining ahamiyati asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Turli maqsadlarda foydalaniladigan ochiq suv havzalaridagi gidrobiologik o‘zgarishlarning ekologik jihatlari bo‘yicha olingan natijalar asosida:
ochiq suv havzalarining turli fasllarda ekologik holatini aniqlash, suv sifatini gidrobiologik tahlil qilish va ekologik vaziyatni yaxshilash bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2025-yil 9-apreldagi 03-03/1-03/3-3361-son ma’lumotnomasi). Natijada, turli maqsadlarda foydalaniladigan ochiq suv havzalarini gidrobiologik, ekologik monitoring qilish kompleks dasturini amalga oshirish bo‘yicha faoliyatni rivojlantirish imkonini bergan;
suv havzalarini monitoring qilish va ularning ekologik holatini baholash, gidrobiologik va mikrobiologik o‘zgarishlarining ekologik jihatlarini tahlil qilish bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining 2025-yil 26-martdagi 03-21/2686-son ma’lumotnomasi). Natijada ochiq suv havzalarini saqlash va tiklash, ekologik, mikrobiologik holatini baholashni ishlab chiqish maqsadida suv havzalarini yaxshilash bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish