Axmedova Shaxnoza Utkirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Gazlarni nordon komponentlardan tozalashda samarali absorbent kompozisiyasini ishlab chiqish», 02.00.08 – Neft va gaz kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/T4571.
Ilmiy rahbar: Axmedova Ozoda Baxronovna, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Buxoro davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat texnika universiteti, DSc.03/28.02.2022.T.101.01. 
Rasmiy opponentlar: Saydaxmedov Shamshiddinxo‘ja Muxtorovich, texnika fanlari doktori, professor; Igamkulova Nargisa Abduvalievna, kimyo fanlari nomzodi,  dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: tabiiy gazlarni nordon komponentlardan tozalanish darajasini oshirish uchun absorbent kompozisiyasini ishlab chiqish va samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
konsentratsiyasi 32 % DEA, 2 % geksamin, 0,025 % karbogidrazid bo‘lgan absorbent kompozisiyasining nordon gazlar bilan to‘yinish darajasi 0,495 mol/moldan 0,518 mol/mol gacha oshirilishi aniqlangan;
samaradorligi yuqori deb tangangan DEAli 4-namunali absorbent kompozisiyasi yordamida tozalangan uglevodorod gazlari gaz xromatografiya spektrida karbonat angidrid miqdorini 0,0057 % (mol) gacha, vodorod sulfid miqdorini 0,0028 g/m3 (28 ppm) gacha kamaytirishi ilmiy isbotlangan; 
absorbentga qo‘shilgan aktivator ta’sirida to‘yingan va desorbsiyalangan DEA namunalarining konsentratsiyaga ta’siri tahlil etilib, eng kam yo‘qotilish 32 % li DEA namunasi ekanligi (31,98 %) asoslangan;
texnologik jarayonda ekspanzer qurilmasidan ajralayotgan gazlar aralashmasi umumiy xomashyo gazining 0,044 % ga tengligi va uni xomashyoga qo‘shish moddiy balansni 400000 kg/soatdan  400176 kg/soatga oshirishi  aniqlangan;
DEA asosli geksamin  va karbogidrazid qo‘shilgan kompozision absorbent tayyorlanib, ular yordamida tabiiy gazlarni nordon komponentlardan tozalashning takomillashtirilgan texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Gazlarni nordon komponentlardan absorbsion tozalashda samarali absorbent kompozisiyasini ishlab chiqish ilmiy tadqiqot ishi bo‘yicha olingan natijalar asosida: 
yangi tarkibli absorbent kompozisiyasini olish usuli «Neftgaztadqiqot» AJda joriy etilgan («Uzbekneftegaz» AJ «Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi» MChJning 2025 yil 27 martdagi 030/1239-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, laboratoriya sharoitida absorbent va nordon gazlar o‘zaro ta’sirlashganda hosil bo‘ladigan  termik barqaror tuzlar miqdori kamayishiga, absorbent tarkibiga qo‘shilgan aktivator hisobiga karbonat angidridning yutilish tezligi va yutilish miqdori ortishi imkonini bergan;
gazlarni nordon komponentlardan absorbsion tozalashda samarali absorbent kompozisiyasini olish texnologiyasi «Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi» MChJda joriy etilgan («Uzbekneftegaz» AJ «Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi» MChJning 2025 yil 27 martdagi 030/1239-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, DEA li namunada metan 92,483 % gacha, etan 4,297 % gacha, propan 1,1151 % gacha, n-butan va izo- butan aralashmasi 0,501 % gacha, n-pentan, izo-pentan va neo-pentan aralashmasi 0,137 % gacha, geksandan yuqori bo‘lgan uglevodorodlar 0,493 % gacha bo‘lish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish