Adinaeva Dilnoza Qurbonali qizi
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy darajalar beriladigan fan tarmog‘i): “Ayrim nodir metall ionlarini donador ionitlar yordamida sorbsiyalashning fizik-kimyoviy jihatlari”, 02.00.04 – Fizik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/K925.
Ilmiy rahbar: Akbarov Hamdam Ikromovich, kimyo fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida bajargan.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc03/30.12.2019.K.01.03.
Rasmiy opponentlar: Bekchanov Davron Jumazarovich, kimyo fanlari doktori, professor; Sidikov Abdujalol, kimyo fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: O‘zR FA Umumiy va noorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi ayrim nodir metall ionlarini donador ionitlar yordamida sorbsiyalashning fizik-kimyoviy jihatlarini tadqiq qilishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
akrilonitrilning divinilbenzol (AN-DVB) bilan sopolimerini mono-, di- va trietanolamin (MEA, DEA, TEA) bilan kimyoviy modifikatsiyalash orqali maqsadli ravishda kiritilgan amidinogidroksietil funksional guruhlarga ega bo‘lgan, ion almashinuvi va metall ionlarining koordinatsion bog‘lanishini kombinatsiyalangan mexanizmini ta’minlaydigan donador anionitlar sintez qilingan.  
modifikatsiyalangan sorbentlarda La³⁺ va WO₄²⁻ ionlar sorbsiyasining kinetik, muvozanat va termodinamik qonuniyatlari aniqlangan, jumladan: MEA va TEA sorbentlari uchun muvozanat 2000-3000 daqiqa davomida 1,0 N va 400C sharoitda maksimal sorbsiya sig‘im 191,6-209,7 mg/g ga tengligi psevdo ikkinchi tartibli modellar orqali tavsiflangan.
WO₄²⁻ uchun Sips modeliga muvofiq kooperativ sorbsiya (n < 1) ∆H° +108,84 kJ/mol va dS° +163,4 J/(mol K) ga etadigan o‘ziga xos energiya rejimlari hisoblangan.
modifikatsiya darajasi, mikrog‘ovaklik, sirt morfologiyasi va sorbsiya samaradorligi o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlik IQ, Raman, XRD, BET, SEM va TGA/DSK usullaridan foydalangan holda struktura va sorbsion faollikni korrelyasion tahlil qilish yondashuvi ishlab chiqilgan.
bitta makromolekulyar matrisa doirasida aminli modifikatorlarning uch turi tizimli taqqoslanib, ularning sorbsion faolligi va sorbsiya energiyasi bo‘yicha bosqichlari aniqlangan. Bunda TEA > DEA > MEA qatorida sorbsiya sig‘im va selektivlikni shakllantirishda multikoordinatsion va gidrofil omillarning ta’siri xulosa qilingan.
AN-DVB-TEA asosidagi sorbent yuqori haroratda La3+ ioni uchun maksimal sorbsion sig‘imi 500 mg/g ga teng ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ion almashinish va kompleks hosil qiluvchi xususiyatlarga ega bo‘lgan yangi donador anionitlarni sintez qilish bo‘yicha ilmiy natijalarga asoslanib: 
yangi donador anionit AN-DVB-TEA “Shurtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi” “2026-2027-yillarda amalga oshirish uchun istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (Sho'rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi 2025 yil 2 oktyabrdagi VP 25-sonli ma’lumotnomasi, ED-3449). Joriy qilish natijasida oqova suvi tarkibida Cu2+, Pb2+, Cr3+ - ionlari konsentratsiyasi dastlabki 10.0, 15.0 va 5.0 mg/l dan mos ravishda 0.3, 0.5 va 0.4 mg/l gacha kamayganligi aniqlangan. 
donador sorbentni qo‘llash orqali o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra suvli eritmalardan Cd²⁺ va Pb²⁺– ionlari sorbsiyalash qobilyati aniqlandi. Donador sorbentga asoslangan oqova suvlarni tozalash qurilmasi yaratildi. Yaratilgan donador sorbent asosidagi qurilma “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” (2025 yil 8 oktyabrdagi № 02-07/02/10452) ishlash zavodidan chiqayotgan oqava suvlarni Cd²⁺ va Pb²⁺– ionlaridan tozalash uchun joriy qilingan. Natijada oqova suvi tarkibida Cd²⁺ va Pb²⁺– ionlari konsentratsiyasi dastlabki 10,0 va 15,0 mg/l dan mos ravishda 0,003 va 0,01 mg/l gacha kamayganligi aniqlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish