Mamasaliev Ulug‘bek Maxammatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “N-suksinil xitozan Bombyx mori va uning metallokomplekslarining sintezi, tuzilishi hamda insektisidlik xossalari”, 02.00.06 – Yuqori molekulyar birikmalar (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/K773.
Ilmiy rahbar: Vohidova Noira Rahimovna, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti, DSc.02/30.12.2019.K/FM/T.36.01.
Rasmiy oppanentlar: Muxamediev Muxtorjon Ganievich, kimyo fanlari doktori, professor; Yo’ldoshov Sherzod Abdullaevich, kimyo fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Taqiqot maqsadi. Bombyx mori xitozani asosida xitozan suksinat, N-suksinilxitozan va uning Co2+ ionlari bilan polimermetallokomplekslarini olish, ularning strukturasi, fizik-kimyoviy va insektisidlik xossalarini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ilk bor DMSO va suvli eritmalarda sintez sharoitlarini boshqarib, Bombyx mori xitozanining suksinat angidridi va qahrabo kislotasi bilan o‘zaro kimyoviy ta’sirlashuvini o‘rganish asosida tegishlicha suvda eruvchan N-SXZ va XZS olish metodikalari ishlab chiqilgan;
sintez sharoitlari (xitozanning molekulyar massasi va deatsetillanish darajasi, eritma konsentratsiyasi, pH qiymati, erituvchining kimyoviy tabiati, sintez vaqti, komponentlar mol nisbatlari va b.) ning xitozan hosilalari kimyoviy tarkibi (xitozan suksinat va N-suksinilxitozan) va fizik-kimyoviy xossalari orasidagi bog‘liqlik o‘rnatilgan;
ilk bor Bombyx mori N-suksinilxitozan/Co2+ polimermetallokompleksi qishloq xo‘jaligi o‘simliklarida uchraydigan zararkunanda hasharotlarning rivojlanishini ingibirlovchi sifatida qo‘llanilib, yuqori biologik samaradorlikka ega bo‘lishi ko‘rsatilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Xitozan suksinat, N-suksinilxitozan va N-suksinilxitozan/kobalt(II) ning sintezi va ular asosida biologik faol preparat olishning o‘ziga xos xususiyatlariga ko‘ra, quyidagilar aniqlangan:
XZS eritmalari g‘o‘za o‘simligining “Sulton” navidagi shira, ko‘sak qurti, o‘rgimchakkana kabi zararkunanda hasharotlarga qarshi kurashishda 80% biologik samaradorlik namoyon etgan. XZS eritmalarining insektisidlik xossalari “O‘zR O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi, O‘simliklar karantini va himoyasi institutida” (2025 yil 7 aprel 07/02-11-59-son ma’lumotnomasi) hamda “O‘zR QXV Bilim va innovatsiyalar milliy markazida” o‘rganilgan va amaliyotga joriy etish bo‘yicha ma’lumotnoma olingan (2025 yil 2 iyun 05/06-02-557-son ma’lumotnomasi).
N‑suksinilxitozanning olinishi va ularning fizik-kimyoviy xossalarini o‘rganish hamda biologik faol xossalari asosida nashr qilingan “Synthesis and study of the structure of N‑succinyl chitosan Bombyx mori and their biological applications” //Polymer Bulletin (https://doi.org/10.1007/s00289-023-04680-1) mavzusidagi maqola ma’lumotlar tahlilidan Scopus,bazasiga kiruvchi yuqori IF ega 4 ta jurnallarda foydalanilgan va iqtibos keltirilgan (International Journal of Biological Macromolecules - 2024, 131808, Scopus, IF=7,7; Carbohydrate Research, - 2024, 109192, Scopus, IF=8,4; Polymer Bulletin, - 2024, 16875-16902, Scopus, IF=3,2; Advances in Polymer Technology, - 2025, 4913728, Scopus, IF=2,0).
N-suksinilxitozan namunalaridan Xitoy Fanlar akademiyasi Dalyan Kimyoviy-fizika institutida bajarilayotgan PIFI Project 2024PVB loyihasi doirasida nanostrukturali N-suksinilxitozan va uning Cu nanozarrachalarini tutgan nanobirikmalari sintez qilishda foydalanilgan va ularning Astragalus membranaceus o‘simligida biostimulyatorlik ta’siri o‘rganilib, yuqori biologik samaradorlikka erishilgan va (2025 yil 22 sentyabr 116023-son) ma’lumotnoma olingan.