Sadirov Rustam Mamatxon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Metasomatitlarning tarkibiy xususiyatlari va minerallar tipomorfizmi (Auminza-Beltov tog‘lari)”, 04.00.08 – Mineralogiya. Kristallografiya (geologiya-mineralogiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/GM276.
Ilmiy rahbar: Amirov Elmurod Mansuriddin ug‘li, geologiya-mineralogiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “H.M.Abdullaev nomidagi Geologiya va geofizika instituti” davlat muassasasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Mineral resurslar instituti” DM huzuridagi DSc.24/30.12.2019.GM.40.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Mamarozikov Usmonjon Dovronovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori; Xolikov Azimjon Babamuratovich, geologiya-mineralogiya fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Auminza-Beltov tog‘lari metasomatitlari va ma’danlashuvning mineral tarkibi, ularning tipomorf xususiyatlarini aniqlash hamda ilmiy asoslangan qidiruv mezonlarini ajratishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Auminza-Beltov tog‘larida oltin ma’danlashuv bilan bog‘liq bo‘lgan metasomatitlarning turlari ajratilgan, mineral tarkiblari aniqlangan va ularning hosil bo‘lishida kimyoviy o‘zgarishlar xususiyati ochib berilgan;
tadqiqot maydonidagi oltin ma’danlashuvini tashkil qiluvchi mineral paragenezislar qatori ajratilgan, ularning metasomatitlar bilan o‘zaro munosabatlari aniqlangan va asosiy tipomorf minerallarining tarkibiy xususiyatlari ko‘rsatilgan;
birinchi marta keng ko‘lamda Auminza-Beltov tog‘lari oltin konlari va namoyondalaridagi ma’danli minerallar tarkibiga kiruvchi qo‘shimcha elementlar miqdori statistik tahlil qilingan va ularning korrelyasiyaviy bog‘liqligining raqamli ko‘rsatkichlari keltirilgan;
Auminza-Beltov tog‘lari metasomatitlari, mineral paragenezislari va minerallarining o‘ziga xos belgilari va tipomorf xususiyatlarini mujassam qilgan ma’dan qidiruvining mineralogik mezonlar majmuasi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Auminza-Beltov tog‘lari metasomatik hosilalari va oltin ma’danlashuvining shakllanishi va asosiy minerallari tipomorf xususiyatlarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Auminza-Beltov tog‘lari oltin ma’danlashuvini nazorat qiluvchi metasomatitlar va ularning mineral tarkibiga doir ma’lumotlar “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ amaliyotiga joriy qilingan (Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 2025 yil 8 iyul`dagi 08-2006-son ma’lumotnomasi). Natijalar hududdagi ma’dan oldi o‘zgargan maydonlarni ajratish, hamda metasomatik tog‘ jinslar tarkibini tavsiflash imkonini bergan. 
Tadqiqot maydonidagi metasomatitlarning tarkibiy xususiyatlari va oltin ma’danlashuvining mahsuldor paragenezislari bo‘yicha olingan natijalar “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ amaliyotiga joriy qilingan (Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 2025 yil 8 iyul`dagi 08-2006-son ma’lumotnomasi). Natijalar Auminza-Beltov tog‘larida geologik-qidiruv ishlari olib borilayotgan maydonlardagi oltin ma’danlarning turlarini ajratish va moddiy tarkibini batafsil tavsiflashga yordam bergan.
Auminza-Beltov tog‘lari ma’danli minerallar tipomorf xususiyatlari va ularni mujassam qilgan ma’dan qidiruvining mineralogik mezonlar majmuasi “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ amaliyotiga joriy qilingan (Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 2025 yil 8 iyul`dagi 08-2006-son ma’lumotnomasi). Natijalar geologik-qidiruv ishlarida ma’danlashuv maydonlari chegaralariga aniqlik kiritish ishlarida qo‘llanilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish