Davronov Ma’murjon Hamroevich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Impuls-davriyli lazer nuri ta’sirida rux va titan oksidlarining mikro-va nanostrukturalarida ikkilamchi nurlanish”, 01.04.05 – Optika (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/FM1193
Ilmiy rahbar: Raxmatullaev Ilyos, fizika-matematika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Ilg‘or texnologiyalar markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.FM.02.04
Rasmiy opponentlar: Xushvaqtov X.A., fizika-matematika fanlari doktori, professor; Kasimova G.K., fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Tadqiqotning maqsadi impuls-davriyli lazer nuri ta’sirida rux va titan oksidlarining mikro- va nanostrukturalarida ikkilamchi nurlanish spektrlarining shakllanish qonuniyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
impuls-davriyli lazer nuri ta’sirida yarimo‘tkazgichlar va dielektriklarning mikro- va nanoparchalarida ikkilamchi nurlanish spektrlarini o‘rganish uchun rezonator kyuvetalar (fotonli tuzoqlari) va optik-tolali texnikaning yangi turlari asosida zaif optik signallarni qayd etishning eksperimental metodikasi ishlab chiqilgan va takomillashtirilgan;
mikroto‘lqinli sintez usulida olingan rux oksidi mikrostrukturalarining yuza morfologiyasi va tuzilishi o‘rganildi hamda ushbu namunalarda fotoluminessensiya va kombinatsion sochilish spektrlarining shakllantirish mexanizmlari aniqlandi;
    rux oksidi zarralari o‘lchamining kichrayishi bilan ultrabinafsha chizig‘ining maksimumi qisqa to‘lqin uzunlik sohasiga siljishi kuzatilgan;
    ilk bor foton tuzoqlarida rux va titan oksidlarining mikro- va nanostrukturalarida «kombinatsion opalessensiya» effektining vujudga kelish va kombinatsion sochilishning samaradorligini oshirish shartlari aniqlangan;
    foton tuzoqlaridagi titan va rux oksidlarining mikrostrukturalarida tuzoqning chiqishdagi ikkilamchi nurlanish intensivligi an’anaviy kyuvetlarga nisbatan 104÷105 tartibga oshishi qayd qilingan;
    ilk bor foton tuzoqlarida rux oksidi mikrostrukturalarida ultrabinafsha lyuminessensiya spektri uyg‘otuvchi nurlanishning intensivligiga bog‘liqligi aniqlandi: nurlanish intensivligi 103 Vt/cm2 bo‘lganda namunalarda spontan lyuminessensiyadan majburiy holatga o‘tish, ya’ni superlyuminessensiya holati kuzatilgan; 
    bir va ikki fotonli uyg‘otilgan lyuminessensiya spektrlari bir-biridan intensivligi, shakli va holati bilan farq qilishlari aniqlangan;
    strukturalarning dispersligi ikkilamchi nurlanish spektrlarining shakllanishiga ta’sir qilishi kuzatilgan: namunalar o‘lchamining kichiklashi bilan rux oksid lyuminessensiya polosasining maksimumi qisqa to‘lqin uzunligi tomon siljidi, titan dioksidi mikrokukunlarida esa kombinatsion sochilish signalining intensivligi oshishi kuzatildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Titan va rux oksidlari asosidagi mikro- va nanostrukturalarning morfologik, tarkibiy, optik xossalarini tadqiq etish natijalari asosida:
    titan oksidi asosidagi mikro- va nanostrukturalarning fotolyuminessensiya spektrlaridan hamda hosil bo‘lgan spektrlarning ob’ekt o‘lchamlariga bog‘liqligi hamda rux oksidi mikrostrukturalarini turli intensivlikli nurlanishlar bilan uyg‘otilganda hosil bo‘lgan majburiy lyuminessensiya xususiyatlari bo‘yicha natijalari №MUK-2021-47 raqamli “Moslashuvchan organik fotovoltaik energiya: yangi portativ qayta tiklanadigan energiya manbai” (2012-2022-yy.) mavzusidagi davlat ilmiy-texnika dasturidagi xalqaro fundamental loyihada titan va rux oksidlarini organik fotovoltaik elementlarda yarim shaffof elektrod sifatida qo‘llash uchun ularning fotolyuminessent xossalari orqali strukturaviy defektlarini tushuntirish imkonini bergan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2024-yil 12-dekabrdagi 2/1255-2758-son Ma’lumotnomasi);
ilmiy natijalar Qozog‘iston Respublikasi Fan akademiyasi Yadro fizikasi institutining “Sirtdan kuchaytirilgan Raman spektroskopiyasi uchun innovatsion platformalarni ishlab chiqish” fundamental loyihasini bajarishda qo‘llanilgan. Titan va rux oksidlari asosida ishlab chiqilgan mikro- va nanostrukturalar turli organik moddalar deteksiyasida kombinatsion sochilishning kuchaytirilgan spektroskopiyasi (SERS) uchun substratlar sifatida sinovdan o‘tkazildi. Tajribalar ularning signalni kuchaytirishda yuqori samaradorligini tasdiqlab, organik molekulalarning past konsentratsiyasini sezgir aniqlashni taʼminladi va ilmiy natijalardan foydalanish bo‘yoqlar va pestisidlarni aniqlash chegarasini oshirish imkonini berdi (Qozog‘iston Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi institutinining 2024-yil 5-dekabrdagi Ma’lumotnomasi-Joriy etish dalolatnomasi); 
tadqiqot natijalari “Ko‘p kanalli spektrometr yordamida zaif optik signallarni ro‘yxatdan o‘tkazish usuli” elektron dasturi ishlab chiqishga (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2024-yil 16-oktyabrdagi DGU 42928-son sertifikati) va kuchsiz optik signallarni qayd etish imkonini beruvchi impuls-davriyli rejimda ishlaydigan lazer manbalari hamda rezonatorlar (fotonli tuzoqlar) bo‘yicha ma’lumotlarni “60610400 - Dasturiy muhandislik” yo‘nalishi bo‘yicha “Fizika” o‘quv dasturiga kiritishga xizmat qilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 12-dekabrdagi 02/01-01-141-son Ma’lumotnomasi).

Yangiliklarga obuna bo‘lish