Nurmurodova Gulshan Eshmurod qizi
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi): “Molekulyar komplekslarda galoidovodorodlar tebranish polosalarining tahlili”, 01.04.05 – Optika (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/FM1245
Ilmiy rahbar: Murodov G‘ulomxon, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sankt-Peterburg davlat universiteti va Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.FM.02.04
Rasmiy opponentlar: Sabirov Leonard Muxammedjanovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Eshchanov Baxodir Xudaybergenovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Vodorod ftorid va vodorod xlorid molekulalarining fosgen, aseton va asetaldegid molekulalari bilan hosil qilgan komplekslarining IQ yutilish spektrlarida ν(HF) va ν(HCl) polosalarining shakllanish mexanizmini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
birinchi marta tajriba va hisoblashlarda HCl va HF molekulalarining fosgen, asetaldegid va aseton molekulalari bilan hosil qilgan molekulyar komplekslari tebranish polosalarining spektral va elekto-optik parametrlari aniqlangan;
ilk bor vodorod bog‘lanishli komplekslarda galoidovodorodlarga tegishli νAH tebranish polosasining past chastota tomon siljishi kuzatilgan va yarim kengligi bog‘lanish energiyasiga bog‘liqligi aniqlangan;
birinchi marta inert erituvchilarda hosil bo‘lgan RC=O···HCl komplekslarning bog‘lanish energiyalari ortishi bilan νHCl polosasining o‘zgarish sabablari isbotlangan;
kuchsiz vodorod bog‘lanishli komplekslarda HCl polosasining yarim kengligi kamayishi kompleksning inersiya momentiga bog‘liq ekanligi ko‘rsatilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Galoidovodorodlar ishtirokidagi molekulyar komplekslarning tebranish spektrlarida namoyon bo‘lishi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
molekulyar bog‘lanishli komplekslarda vodorod bog‘lanish atrofida protonning holatiga lokal maydonning ta’sirini baholash bo‘yicha aniqlash natijalari 2023.04/0140-raqamli “Yarani davolash uchun qo‘llaniladigan dorilarning nanostrukturasini modifikatsiyalash” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan. (Kiev Milliy universitetining 2025-yil 9-sentyabrdagi ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi H-bog‘lanishli molekulyar komplekslarning o‘zaro ta’sir energiyalarini, angarmonik spektral parametrlarini hisoblash va natijalarni ikki hamda uch o‘lchamli grafiklar ko‘rinishida viziualizatsiya qilish imkonini bergan;
tajriba va nazariy hisoblashlarga asoslangan atomlar orasidagi vodorod bog‘lanish tufayli hosil bo‘lgan komplekslarning elektro-optik va energetik parametrlarini aniqlash natijalari REP05032022-235-raqamli “Grafen moddasida hosil qilingan sun'iy relativistik atomlarda o‘ta tezkor jarayonlar va vakuum effektlari” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Chirchiq davlat pedagogika universitetining 2025-yil 28-avgustdagi ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi, gaz va erituvchilarda o‘rganilgan galoidovodorodlar hamda ularning komplekslarida molekulalararo o‘zaro ta’sirlarni tushuntirish imkonini bergan;
fosgen va aseton molekulalarining vodorod xlorid molekulasi bilan komplekslarining strukturaviy va tebranish xususiyatlariga inert erituvchilarning ta’sirini o‘rganish bo‘yicha aniqlash natijalari Rossiya ilmiy jamg‘armasining (RJF) 23-13-00095-sonli fundamental loyihasida foydalanilgan (Rossiya Federatsiyasi Sankt-Peterburg davlat universitetining 2025-yil 23-sentyabrdagi ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi, fosgen va aseton molekulalari hamda ularning komplekslarida molekulalararo o‘zaro ta’sirlarni tushuntirish imkonini bergan;