Norqulov Asliddin Mamarajabovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi): “Ketonlar va ularning turli xil eritmalarida nokovalent ta’sirlarni tebranish spektrlarida namoyon bo‘lishi”, 01.04.05 – Optika (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/FM1195
Ilmiy rahbar: Jumabaev Abduvaxid, fizika-matematika fanlari doktori professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.FM.02.04
Rasmiy opponentlar: Astanov Solix Xusenovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Quvondiqov Vahobjon Ortiqovich, fizika-matematika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Ketonlar va ularning turli xil eritmalaridagi molekulyar klasterlarning shakllanish mexanizmi va ulardagi nokovalent ta’sirlarni tebranish spektrlarida namoyon bo‘lishini tebranish spektroskopiyasi va kvant-kimyoviy hisoblashlar usullari yordamida o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tajribalarda asetofenonning etanolli eritmasida asetofenonning C=O valent tebranish polosasining past chastota tomon, xloroformli eritmasida C-H valent tebranish polosasining yuqori chastota tomon siljishi kuzatilgan hamda bu spektral o‘zgarishlar eritmadagi kuchsiz vodorod bog‘lanishlar va Van-der-Vaals ta’sirlar sababli sodir bo‘lishi tasdiqlangan;
birinchi marta tajriba va hisoblashlarda asetilasetonning C=O va C-H tebranishlari hamda monomer, dimer, trimer va erituvchi molekulalari bilan hosil qilgan molekulyar klasterlarining optimal geometriyalari, elektron zichlik taqsimoti, molekulyar elektrostatik potensial sirti va chegaraviy molekulyar orbitallari aniqlangan;
ilk bor elektron zichlikning topologik tahlillari yordamida benzofenon-aseton, benzofenon-sirka kislotasi, asetofenon-etanol va asetofenon-xloroform komplekslarida O-H…O va C-H…O tipidagi nokovalent bog‘lanishlar va Van-der-Vaal’s ta’sirlar yordamida hosil bo‘lishi isbotlangan;
tajribalarda suyuqlik tarkibida turli vodorod bog‘lanishli va bog‘lanmagan klasterlarning mavjudligi polosalarning murakkabligi bilan bog‘liq bo‘lib, suv bilan eritmasida asetilasetonni miqdori kamayishi bilan C=O tebranish polosasining qizil siljishi va C-H tebranish polosasining ko‘k siljishi kuzatilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Ketonlar va ularning eritmalaridagi nokovalent ta’sirlarning tebranish spektrlariga ta’siri bo‘yicha olingan natijalar asosida:
ketonlarning turli eritmalaridagi nokovalent ta’sirlarning tebranish spektrlarida namoyon bo‘lishini aniqlash bo‘yicha taklif etilgan usullar No. 22BF051-07 “Electron-vibrational processes in 1D and 2D-dimensional nanosystems, promising for the latest applications in solar energy, nanoelectronics” mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasida foydalanilgan (Kiev Milliy universitetining 2025 yil 12-maydagi ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi, nokovalent ta’sirlar va ularning tebranish spektrlariga ta’sirini eksperimental hamda hisoblash natijalarni solishtirish orqali aniqlash imkonini bergan;
ketonlarning strukturaviy, elektron va tebranish xususiyatlariga qutbli erituvchilarning ta’sirini o‘rganish bo‘yicha aniqlangan qonuniyatlar OT-F2-09 “Ko‘p komponentli oksid kristallarning spektral xususiyatlariga optik va ionlashtiruvchi nurlarning ta’sir mexanizmlarining fizik asoslari” mavzusidagi ilmiy lohiyada foydalanilgan (Mirzo Ulugʻbek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2025 yil 8-sentyabrdagi ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi, ketonlar va ularning erituvchi molekulalari bilan hosil qilgan molekulyar klasterlarining shakllanish mexanizmi va nokovalent ta’sirlarning C=O va C-H tebranish spektrlariga ta’sirini aniqlash imkonini bergan.