Bekchanov Shukurla Kurbanbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i):
“So‘zlarning zichlik funksiyasi va ehtimolligi bo‘yicha muhim jumlalarni aniqlash jarayonlarini matematik modellashtirish (o‘zbek va qoraqalpoq tillari misolida)”, 05.01.07-Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui hamda 05.01.04 – Hisoblash mashinalari, majmualari va kompyuter tarmoqlarining matematik va dasturiy ta’minoti ixtisosliklarining tutashligi boʻyicha (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/T5305.
Ilmiy rahbarlar: Aripov Mersaid Mirsidikovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor. Madatov Xabibulla Axmedovich, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Ilmiy kengash raqami: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.13/30.12.2019.T.07.01.
Rasmiy opponentlar: Djumanov Jamoljon Xudoyqulovich, texnika fanlari doktori, professor; Bakaev Ilhom Izzatovich, texnika fanlar bo‘yicha falsafa doktori, PhD
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. So‘zlarning zichlik funksiyasi va ehtimolliklari asosida muhim jumlalarni aniqlash jarayonlarini matematik modellashtirishga tayangan holda matnni xulosalashga mo‘ljallangan dasturiy majmua ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ehtimollik taqsimotlari va TF-IDF usuli asosida o‘zbek hamda qoraqalpoq tillaridagi matnlarda nomuhim so‘zlarning joylashgan o‘rnini aniqlash jarayonining matematik modeli ishlab chiqilgan;
normal taqsimot usuli asosida o‘zbek - qoraqalpoq tili matlari tarkibidagi so‘zlar ehtimolligi bo‘yicha zichlik funksiyasi tuzilgan va berilgan matnning muhim qismlarni ajratib olishning sonli echimi hamda algoritmi ishlab chiqilgan;
og‘irlik koeffisientlarini hisoblashning TF-IDF usuli asosida o‘zbek - qoraqalpoq tili matnlarda nomuhim so‘zlarni aniqlash hamda gap vazni orqali xulosalashda taqsimlangan ma’lumotlarga ishlov berish algoritmi ishlab chiqilgan;
so‘z vaznini hisoblash usuli asosida gap vazni me’yorini aniqlash modeli qurilgan va o‘zbek - qoraqalpoq tillarida matnlardan kalit so‘zlarni ajratib olish algoritmi hamda dasturiy majmuaning tarkibiy tuzilmasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ehtimollik taqsimotlari va til matnlariga TFIDF usuliga asoslangan, nomuhim so‘zlarni joylashgan o‘rnini aniqlash hamda avtomatik topish modeli Xorazm Ma’mun akademiyasining A-FA-2019-9-raqamli “Qadimiy yozma noyob qo‘lyozma va manbalarni tadbiq qilish, ularning raqamlashtirilgan bibliotekasini yaratish” amaliy loyihasida joriy qilingan. (Xorazm Ma’mun akademiyasining 2024 yil 9 yanvardagi ma’lumotnomasi) Natijada o‘zbek tili matnlarida muhim va nomuhim so‘zlarni ajratib olish, ularning manbadagi ilmiy, badiiy ahamiyatini aniqlash orqali manbalarga qisqa tavsif berishda vaqt va mehnat samaradorligiga erishilgan.
Matn tarkibidagi so‘zlarni unikal so‘zlar ehtimolligi bo‘yicha zichlik funksiyasi tuzish va til jumlalarida berilgan matnlarning muhim qismlarni ajratib olishni sonli echimi hamda algoritmi “Axborot-kutubxona resurslarini butlash, kataloglashtirish va tizimlashtirish bo‘limi”da joriy qilingan (Urganch davlat universiteti 2024 yil 17 yanvardagi ma’lumotnomasi). Natijada bibliorafik maʼlumotlarni izlashga ketgan vaqt 20% ga kamaytirildi.
Berilgan o‘zbek tili matnning nomuhim so‘zlarni kompyuter lingvistikasi, avtomatik tahlili asosida avtomatik aniqlash olib tashlash va gap vazni orqali xulosalash algoritmi Xorazm Ma’mun akademiyasining A-FA-2019-9-raqamli “Qadimiy yozma noyob qo‘lyozma va manbalarni tadbiq qilish, ularning raqamlashtirilgan bibliotekasini yaratish” amaliy loyihasida joriy qilingan. (Xorazm Ma’mun akademiyasining 2024 yil 9 yanvardagi ma’lumotnomasi) Natijada o‘zbek tili matnlarida muhim va nomuhim so‘zlarni ajratib olish, ularning manbadagi ilmiy, badiiy ahamiyatini aniqlash orqali manbalarga qisqa tavsif berishda vaqt va mehnat samaradorligiga erishilgan.
So‘z vaznini hisoblash, shu orqali gap vaznini aniqlash modeli takomillashtirilgan va o‘zbek tilida berilgan matndan kalit so‘zlarni avtomatik topish algoritmi hamda dasturiy majmui Urganch davlat universiteti Axborot-resurs markazining “Axborot-kutubxona resurslarini butlash, kataloglashtirish va tizimlashtirish bo‘limi”da joriy qilingan (Urganch davlat universiteti 2024 yil 17 yanvardagi ma’lumotnomasi).