Qobilov Sirojiddin Sherqulovichning
 falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri“Tugun nuqtalarga bog‘liq bo‘lmagan splayn usullari asosida gidrogeologik maydonlarning anomal o‘zgarishlarini sonli modellashtirish”,05.01.07 - “ Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/T5298
Ilmiy rahbar: Texnika fanlari doktori, dotsent, Baxramov Sayfiddin Akbarovich 
Dissertatsiya ishi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida bajarilgan. 
IK faoliyat ko’rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.13/30.12.2019.T.07.01.
Rasmiy opponentlar: Djumanov Jamoljon Xudoyqulovich, texnika fanlari doktori, professor; Uteuliev Nietbay Uteulievich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat transport universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Gidrogeologik maydonlarning anomal o‘zgarishlarini tugun nuqtalarga bog‘liq bo‘lmagan splayn usullari asosida sonli modellashtirish algoritmlari va dasturlar majmuini ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yaqinlashish nazariyasi asosida notekis tugunlar bo‘yicha uzlyuksizlik va silliqlik xossalarini inobatga olgan holda gidrogeologik monitoring ma’lumotlarini yuqori aniqlikda tiklovchi splayn-interpolyasiya usullari ishlab chiqilgan;
variatsion interpolyasiya tamoyillariga asoslanib tengmas oraliqlarda qurilgan bikubik splaynlarning tugun nuqtalari joylashuviga bog‘liq bo‘lmagan koeffisientlarini aniqlashning taqribiy hisoblash algoritmlari ishlab chiqilgan;
tengmas oraliqlarda joylashgan gidrogeologik ma’lumotlarni tiklovchi tugun nuqtalarga bog‘liq bo‘lmagan splayn-interpolyasiya usuli asosida yaqinlashish tezligini aniqlash va turli funksiyalar sinfidagi xatoliklari baholangan;
sonli modellashtirish va interpolatsiya usullari asosida tengmas oraliqlarda qurilgan splayn modellar orqali gidrogeologik ma’lumotlarning anomal o‘zgarishlarini aniqlovchi vizual tasvirlash algoritmi hamda dasturlarning funksional tuzulmasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dissertatsiya tadqiqotlari doirasida tugun nuqtalarga bog‘liq bo‘lmagan splayn usullari asosida gidrogeologik maydonlarning anomal o‘zgarishlarini sonli modellashtirish qo‘llanilgan holda: 
yaqinlashish nazariyasi asosida notekis tugunlar bo‘yicha uzlyuksizlik va silliqlik xossalarini inobatga olgan holda gidrogeologik monitoring ma’lumotlarini yuqori aniqlikda tiklovchi splayn-interpolyasiya usullari hama variatsion interpolyasiya tamoyillariga asoslanib tengmas oraliqlarda qurilgan bikubik splaynlarning tugun nuqtalari joylashuviga bog‘liq bo‘lmagan koeffisientlarini aniqlashning taqribiy hisoblash algoritmlari Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan UZB-Ind-2021-89 - sonli «O‘zbekiston va Hindistonning qurg‘oqchil va yarim qurg‘oqchil daryolari havzalarida suv taqchilligi hamda, qurg‘oqchilikka tug‘onlar va iqlim o‘zgarishi ta’sirini baholash» mavzusidagi amaliy loyihasida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 2025-yil 29-mart № 08-399-son ma’lumotnomasi). Natijada gidrogeologik kuzatuvlar orasidagi uzlyuksiz o‘zgarishlarni silliq tiklash va er osti suvlari sathi hamda dinamikasini tahlil qilish imkonini bergan;
tengmas oraliqlarda joylashgan gidrogeologik ma’lumotlarni tiklovchi tugun nuqtalarga bog‘liq bo‘lmagan splayn-interpolyasiya usuli asosida yaqinlashish tezligini aniqlash, gidrogeologik muhitda er osti suvlarining chuqurlik bo‘yicha vertikal va gorizontal holatdagi joylashuvini aniqlash modeli va algoritmlari «GIDROINGEO institute» DM faoliyatiga amaliy joriy etildi (O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 2025-yil 29-mart № 08-399-son ma’lumotnomasi). Natijada Farg‘ona viloyatidagi So‘x er osti suv koni va So‘x daryosi havzasi suv resurslari hududidagi gidrogeologik ma’lumotlarni tiklashda aniqlilik darajasi 8-11% gacha oshirishga imkon yaratgan;
sonli modellashtirish va interpolatsiya usullari asosida tengmas oraliqlarda qurilgan splayn modellar orqali gidrogeologik ma’lumotlarning anomal o‘zgarishlarini aniqlovchi vizual tasvirlash algoritmi hamda dasturlarning funksional tuzulmasi «Nova research and solution» MChJ joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 2025-yil 29-mart № 08-399-son ma’lumotnomasi). Natijada ikki o‘lchovli ma’lumotlarni vizuallashtirildi va ma’lumotlarni qayta tiklashda aniqlilik darajasini 8-10% gacha oshirishga erishildi..

Yangiliklarga obuna bo‘lish