Qodirova Zuhra Obidxon qizining falsafa doktori (PhD) dissertatsiya 
himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Rashididdin Vatvotning “Hadoyiq us-sehr fi daqoyiq ush-she’r” asari:  Turkiya fondlaridagi qo‘lyozma nusxalarining matniy-qiyosiy tadqiqi”, 10.00.10 – Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Fil1315
Ilmiy rahbar: Boqijon To‘xliev, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.21.01.
Rasmiy opponentlar: Sodiqov Qosimjon Pozilovich, filologiya fanlari doktori, professor; Ochilov Ergash Zokirovich, filologiya fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi Adabiyot muzeyi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Rashididdin Vatvotning ilmiy va ijodiy merosini turli davrlarga oid manbalar asosida har tomonlama o‘rganib, uning “Hadoyiq us-sehr fi daqoyiq ush-she’r” asarining Turkiya fondlaridagi qo‘lyozma nusxalarini matniy-qiyosiy tahlil qilish hamda ushbu tahlillar asosida asarning yig‘ma-qiyosiy matnini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Rashididdin Vatvotning ilmiy-adabiy merosi ilk bor turli davrlarga oid manbalar asosida kompleks tarzda o‘rganilib, muallifning hayoti, ijodi va ilmiy-estetik qarashlariga oid ma’lumotlar ilmiy muomalaga kiritilgan;
“Hadoyiq us-sehr fi daqoyiq ush-she’r” asarining dunyo fondlarida saqlanayotgan 52 ta qo‘lyozma nusxasi o‘rganilib, ilgari ilmiy muomalaga kiritilmagan Turkiya fondlaridagi 6 ta qo‘lyozmaning to‘liq ilmiy tavsifi amalga oshirilgan;
Istanbul universiteti kutubxonasidagi 819 va 414, Ko‘prulu kutubxonasidagi 1613 va 1392, Sulaymoniya kutubxonasidagi 407 va 718/10 raqamli qo‘lyozmalarning to‘liq ilmiy tavsifi, matn tuzilishi, hajmi va saqlanish holatini taqqoslash orqali eng to‘liq va ishonchli nusxa aniqlangan; 
tanlangan asosiy qo‘lyozmalar o‘rtasida matniy-qiyosiy tahlil amalga oshirilib, asarning avvalgi nashrlarida uchramagan 13 ta yangi matniy misol va farqlar aniqlangan hamda  “Hadoyiq us-sehr” asarining asliyatga eng yaqin bo‘lgan yig‘ma-qiyosiy tanqidiy matni birinchi marta tiklangan;
Turkiya fondlaridan aniqlangan yangi qo‘lyozmalar Abbso Iqbol tomonidan 1929-yilda tuzilgan tanqidiy matn bilan qiyoslanib nashrdagi kamchiliklar, matndagi o‘zgarishlar, qisqarish va ortiqchaliklar aniqlanib, asarning ilmiy nashrini takomillashtirishga asos bo‘luvchi amaliy-nazariy prinsiplar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Hadoyiq us-sehr” asarining matniy-qiyosiy tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“Rashididdin Vatvot “Hadoyiq us-sehr” asarining Turkiya fondlaridagi qo‘lyozmalarining matniy-qiyosiy tadqiqi” mavzusidagi dissertatsiya ishi doirasida ishlab chiqilgan ilmiy – amaliy taklif va tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023 – 2024 yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot faoliyatida tatbiq etilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti 2024- yil 4- oktyabrdagi 388-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil uchun chora-tadbirlar dasturining VIII yo‘nalishida belgilangan “Milliy davlatchiligimiz tarixi, buyuk ajdodlarimizning boy ilmiy-ma’naviy merosini o‘rganish orqali aholi o‘rtasida milliy birdamlik, vatanga sadoqat, milliy o‘zligidan faxrlanish tuyg‘ularini kuchaytirish” yo‘nalishidagi targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda manba bo‘lib xizmat qilgan;
“Hadoyiq us-sehr fi daqoyiq ush-she’r” asari qo‘lyozma nusxalari va ularning qiyosiy tahlili to‘g‘risidagi natijalaridan IZ-2020102832 raqamli “Evropa fondlarida saqlanayotgan, O‘zbekistonda mavjud bo‘lmagan turkiy qo‘lyozmalarning maʻlumotlar bazasini va “Evroturcologica.uz” elektron platformasini yaratish” mavzusidagi loyihada foydalanilgan (Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining 2025- yil 8- maydagi 02/1279- sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanishi “Hadoyiq us-sehr fi daqoyiq ush-she’r” asarining Evropa fondlarida saqlanayotgan nusxalarini o‘rganish va ushbu nusxalarning manbashunoslik tadqiqi masalalarini yoritib berishga xizmat qilgan;
Rashididdin Vatvot asaridagi adabiy istilohlar, san’atlar va badiiy uslublar tizimli o‘rganilib, poetika nazariyasidagi o‘rni bilan bog‘liq natijalardan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Jamoatchilik kengashi yig‘ilishida va adabiy jarayonlarda o‘tkazilagan davra suhbatlarida foydalanilgan (O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi 2025- yil 20- iyundagi 01-03/274- sonli ma’lumotnomasi). Natijada Yozuvchilar uyushmasi tomonidan tashkil etilgan adabiy kecha, adabiy-ma’rifiy tadbirlarining ilmiy-amaliy ahamiyatini oshishida asos bo‘lib xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish