Xayitova Laylo O‘ktam qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Zamonaviy o‘zbek hikoyalarida ruhiy-psixologik tasvir tamoyillari”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (XX asr o‘zbek adabiyoti va hozirgi adabiy jarayon) (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Fil3373.
Ilmiy rahbar: Karimov Bahodir Nurmetovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01. 
Rasmiy opponentlar: Islomjon Yakubov Axmedjanovich, filologiya fanlari doktori, professor;  Mavlon Boboxonov Raxmatillaevich, filologiya fanlari doktori, professor.
 Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
 Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
  II.Tadqiqotning maqsadi: Zamonaviy o‘zbek nasrida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan  Ne’mat Arslon, Shuhrat Matkarim va Muhammad Sharif kabi iste’dodli  adiblarning hikoyalariga xos ruhiy-psixologik tasvir yo‘sinini ilmiy-nazariy tadqiq qilish orqali zamonaviy o‘zbek hikoyachiligidagi asosiy tamoyillarni aniqlashdan iborat.
  III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Ne’mat Arslon, Shuhrat Matkarim va Muhammad Sharif asarlari misolida ruhiy tasvirning milliy o‘ziga xos tamoyillari aniqlanib, zamonaviy nasrda o‘ychanlik, mahzun mulohazakorlik kabi psixologik ifoda shakllarining namoyon bo‘lishi, intellektual nasr rivojlanishi va jonli psixologik obrazlarning maydonga kelishi misollar asosida dalillangan; 
hikoyalarda portret, peyzaj, poetik nutq, psixologik detal kabi vositalarning ruhiyat tasviridagi o‘rni aniqlanib, ularning milliy kolorit va xarakter yaratishdagi estetik funksiyasi ochib berilgan; 
zamonaviy o‘zbek hikoyalarida ayol obrazining psixologik evolyusiyasi, ya’ni ayol personajning oddiy tipik obrazdan chuqur ruhiy kechinmalar egasiga aylanish jarayoni Ne’mat Arslon va Shuhrat Matkarim hikoyalari misolida dalillangan;
zamonaviy o‘zbek hikoyalarida qahramon ruhiyatining ijtimoiy muhit, zamon va tabiat bilan uzviy aloqadorlikda tasvirlanishi, hikoyalardagi istioraviylik va obrazlarga xos ramziylik ilmiy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.  Zamonaviy o‘zbek hikoyalarida ruhiy-psixologik tasvir tamoyillari masalasi tadqiqi jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida: 
Ne’mat Arslon, Shuhrat Matkarim va Muhammad Sharif asarlaridagi ruhiy tasvirning milliy o‘ziga xos tamoyillari aniqlanib, zamonaviy nasrda o‘ychanlik, mahzun mulohazakorlik kabi psixologik ifoda shakllarining namoyon bo‘lishi, intellektual nasr rivojlanishi va jonli psixologik obrazlarning maydonga kelishi misollar asosida dalillangani; zamonaviy hikoyachiligimizda o‘ychanlik, mahzun mulohazakorlik kuchayib borayotganligi, unda shaxs psixologiyasini jamiyat va tabiat bilan bog‘liqlikda badiiy tadqiq hamda talqin etish tamoyili kuchayayotganligi, intellektual nasr rivojlanayotganligi va o‘z-o‘zini taftish etadigan, anglashga intiladigan jonli psixologik obrazlar yaratilayotganligi to‘g‘risidagi ilmiy natijalaridan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021-2023-yillarda bajarilgan PF-201912258-raqamli “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” nomli grant loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 12-maydagi 01/4-1952-sonli ma’lumotnomasi). Natijada zamonaviy hikoyachilikka oid ilmiy-nazariy fikr va xulosalar ko‘lami ortgan; 
hikoyalarda portret, peyzaj, poetik nutq, psixologik detal kabi vositalarning ruhiyat tasviridagi o‘rni asoslanib, ularning milliy kolorit va xarakter yaratishdagi estetik funksiyasi ochib berilgani; zamonaviy o‘zbek hikoyalariga xos ruhiy tasvir tamoyillari Ne’mat Arslon, Shuhrat Matkarim va Muhammad Shariflar ijodi misolida atroflicha o‘rganilganligi, ushbu yozuvchilarning psixologik obraz yaratishdagi o‘ziga xos uslubi, xarakter va milliy koloritni ifodalashda ular foydalangan til birliklari orqali hikoyalarning badiiy tili tadqiq etilganligi, shuningdek, badiiy psixologizm tasvirida muhim ahamiyat kasb etadigan asosiy vositalar o‘rganib chiqilganligi xususidagi ilmiy xulosalaridan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021-2023-yillarga mo‘ljallangan IL-402104474 raqamli “Bolalaradabiyoti.uz” elektron platforma va uning mobil ilovasini yaratish” nomli innovatsion loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 12-maydagi 01/4-1953-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ruhiy tasvirning o‘zbek adabiyoti, xususan, hikoya janrida voqelanishiga doir nazariy qarashlar boyitilgan;
zamonaviy o‘zbek hikoyalarida ayol obrazining psixologik evolyusiyasi, ya’ni ayol personajning oddiy tipik obrazdan chuqur ruhiy kechinmalar egasiga aylanish jarayoni Ne’mat Arslon va Shuhrat Matkarim hikoyalari misolida dalillanganligi xususidagi ilmiy xulosalardan O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi Xorazm viloyat bo‘limi tomonidan tashkil etilgan turli adabiy-ma’rifiy tadbirlar dasturini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi Xorazm viloyat bo‘limining 2025-yil 25-sentyabrdagi 53/25-sonli ma’lumotnomasi). Natijada yosh ijodkorlarning obraz tabiatini o‘rganish va ayol qahramonlarni tabiiy gavdalantirish mahorati yanada ortdi;
zamonaviy o‘zbek hikoyalarida qahramon ruhiyatining ijtimoiy muhit, zamon va tabiat bilan uzviy aloqadorlikda tasvirlanishi, hikoyalardagi istioraviylik va obrazlarga xos ramziylik,  Ne’mat Arslon, Shuhrat Matkarim va Muhammad Sharif asarlari misolida ruhiy tasvirning milliy o‘ziga xos tamoyillari aniqlanganligiga oid ilmiy xulosalaridan “Xorazm” telekanalida efirga uzatilgan “Assalom, Xorazm”, “Adabiy muhit” ko‘rsatuvlari ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (“Xorazm viloyati teleradiokanali” Davlat Muassasasining 2025-yil 8-oktyabrdagi 877-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuv ilmiy-nazariy ma’lumotlar bilan boyitilib, ilmiy-ma’rifiy saviyasi oshgan. 
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish