Mirxamidova Gavxaroy Maxmudjanovnaning
dissertatsiya himoyasisiz seleksiya yutug‘i (ixtiro patenti) asosida falsafa doktori (PhD)
ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon matni

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Vertisellyoz vilt (Verticillium Dahliae Kleb.) kasalligiga bardoshli, hosildor, yuqori tola chiqimi va sifatiga ega g‘o‘za navini yaratish (Farg‘ona vodiysi sharoitida)”, 06.01.05 - Seleksiya  va urug‘chilik (qishloq xo‘jaligi fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Qx1770.
Ilmiy rahbar: Axmedov Djamolxon Xodjaxanovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Ilmiy-tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/04.03.2022.Qx.13.01.
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti: g‘o‘zaning “Mushtariy” navi (NAP 547).
II. Tadqiqotning maqsadi g‘o‘zaning G.hirsutum L. turiga mansub, murakkab duragaylash asosida yaratilgan tizmalarni belgilar majmui bo‘yicha o‘rganish, navdorligini oshirish asosida vertisellyoz viltiga bardoshli, hosildor, tola chiqimi va sifati yuqori bo‘lgan, Farg‘ona vodiysining tuproq-iqlim sharoitiga mos yangi navini yaratishdan iborat.   
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ilk marotaba G.hirsutum L. turiga mansub g‘o‘zaning murakkab duragay oilalari Farg‘ona vodiysining tuproq-iqlim sharoitida o‘rganilgan va vertisellyoz viltga bardoshli, tezpishar, serhosil, tola sifati yuqori bo‘lgan tizmalar yaratilgan;
o‘rta tolali g‘o‘zaning T-8 tizmasining tezpisharligi 115-120 kun, hosildorligi 39,0- 42,0 s/ga, tola chiqimi 38,0-38,5 %, tola uzunligi 34,0-34,5 mm, IV tipga mansub ekanligi tasdiqlangan va uning asosida ijobiy belgilar majmuiga ega bo‘lgan yangi “Mushtariy” g‘o‘za navi yaratilgan;
“Mushtariy” g‘o‘za navi Farg‘ona vodiysining tuproq-iqlim sharoitlarida etishtirishga mosligi, rayonlashgan navlarga nisbatan erta va sifatli hosil olinishi hamda hosildorligi 5-10 s/ga yuqori ekanligi, tola sifati to‘qimachilik sanoati talablariga to‘liq javob berishi bilan boshqa navlardan ustunligi tasdiqlangan; 
yuqori mahsuldor, turli ekstremal omillarga hamda vertisellyoz viltga bardoshli, yuqori tola chiqimi va sifatiga ega bo‘lgan o‘rta tolali g‘o‘zaning yangi yaratilgan “Mushtariy” navining yangiligi, farqlanishi, turdoshligi va barqarorligi tasdiqlangan va O‘zbekiston Respublikasi Intelektual mulk agentligi tomonidan patent (№ NAR 00547) olingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Vertisellyoz vilt (Verticillium Dahliae Kleb.) kasalligiga bardoshli, hosildor, yuqori tola chiqimi va sifatiga ega g‘o‘za navini yaratish borasidagi tadqiqotlar natijasida:
g‘o‘zaning G.hirsitim L. turiga mansub yangi yaratilgan “Mushtariy” naviga Intellektual mulk agentligi tomonidan seleksiya yutug‘ining yangiligini tasdiqlagan holda patent (№NAP 547) berilgan va amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy Markazining 2025 yil 3 iyuldagi 05/04-04-348-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, g‘o‘za genofondi vertisellyoz viltiga bardoshli, tezpishar, tola sifati IV tipga mansub bo‘lgan yangi o‘rta tolali g‘o‘za navi bilan boyitilgan;
g‘o‘zaning “Mushtariy” navi 2022-2024 yillarda Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash markazining turli tuproq iqlim sharoitlarida joylashgan 8 ta nav sinash shaxobchalarida sinovdan muvaffaqiyatli o‘tgan va 2025 yildan O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarining Davlat reestriga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy Markazining 2025 yil 3 iyuldagi 05/04-04-348-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqarish sinovida mazkur g‘o‘za navi vertisillyoz viltga bardoshli, turli tuproq-iqlim sharoitlariga mos bo‘lib, 116-118 kunda pishib etilishi, paxtasining chanoqdan to‘kilmasligi tasdiqlangan, bitta ko‘sakdagi paxtasining vazni 5,8-6,3 g, tola chiqimi 37,0-38,5% mikroneyri 4,2-4,4, tola uzunligi 1,33 dyuym, umumiy hosildorligi 38,5-41,2 s/ga ni tashkil etib, andoza navlarga nisbatan gektaridan o‘rtacha 5,5-7,0 s/ga gacha yuqori hosil olishga erishilgan.
“Mushtariy” g‘o‘za navi Farg‘ona vodiysi tuproqlari sharoitlariga mos bo‘lib, 2022-2024 yillar davomida jami 80,7 gektar maydonda, jumladan  Andijon viloyatining Buloqboshi tumanidagi “Po‘lat Abdumannob” fermer xo‘jaligida 27,0 gektar va “Nayman” fermer xo‘jaligida 31,2 gektar, Marhamat tumanidagi “Nomon Polvon paxtazorlari” fermer xo‘jaligida 10,0 gektar hamda Namangan viloyati Kosonsoy tumanidagi “Namangan paxta teks MChJ paxta klasteri” fermer xo‘jaligida 12,5 gektar maydonda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy Markazining 2025 yil 3 iyuldagi 05/04-04-348-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur yangi navning o‘rtacha hosildorligi 42,0 s/ga ni tashkil etib, 34,1 % rentabellikka erishilgan hamda 100 kg original urug‘lik, 1 tonna elita, 2 tonna R1 avlod va 1,5 tonna R2 avlod urug‘lari tayyorlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish