Mamtaliev Sherzodbek Sodiqjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston sharoitida xorijdan keltirilgan golshtin zotli nasldor buqalarni genotipi bo‘yicha tanlash va baholash”, 06.02.03–Xususiy zootexniya. Chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasi (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Qx978
Ilmiy rahbar: Dosmuxamedova Muxayyo Xusnitdinovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, PhD.05/30.12.2019.Qx.13.02.
Rasmiy opponentlar: Madrahimov Shodlik Nazarovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, dotsent; Amirov Shavkat Kuziboevich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot institutini.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Germaniyadan import qilingan nasldor golshtin zotli nasldor buqalarning, ajdodlar ko‘rsatkichlari bo‘yicha tanlash, iqlimga moslashish xususiyatlari, nasldorlik indeksini baholashdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ilk bor O‘zbekistonda Germaniyadan import qilingan golshtin zotli (qora-ola tusli) nasldor buqalarni ota onasinig genetik indekslari bo‘yicha tanlab olingan;
buqalarni optimallashtirilgan oziqlantirish va kun tartibi sharoitlarida trik vazni zot standart vaznida 1,7 % ga oshganligi ekstereri, tana tuzilish indekslari darajasi 11-13 % ga oshganligi aniqlangan; 
buqalarning kun tartibiga qatiy amal qilishi natijasida sperma miqdori tegishlicha 6-7 va 6-8 ml ga to‘g‘ri kelib, ularning har biridagi sperma konsentratsiyasi tegishlicha 1,4-1,8 mlyard va 1,5-2,0 mlyardga tengligi aniqlangan;
buqalardan urug‘ (sperma) olish mo‘tadillashgan, urug‘lar muzlatilgandan so‘ng qayta jonlantirilganda jonlanish darajasi 56% dan yuqoriligi aniqlangan; 
mahsuldorlik va nasldorlik hamda eksterer indekslari yuqori, I-guruh buqalarda tegishlicha 136, 144 va 125% teng bo‘lsa, II- buqalar guruhida 121, 135 va 125% ga oshishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston sharoitida xorijdan keltirilgan Golshtin zotli nasldor buqalarni genotipi bo‘yicha tanlash va baholash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida: 
 Germaniyadan import qilingan golshtin qora-ola zotli buqalar sperma urug‘ mahsuldorligi bo‘yicha “O‘ZNASLChILIK” davlat korxonasida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2025 y., 25-may, 02/23-1855-son maʼlumotnomasi). Natijada korxona iqtisodiy samaradorligi sof foyda o‘rtacha bir bosh nasldor buqadan 41406000 so‘m, rentabellik 14,9 % ga oshgan; 
 Andijon viloyati Andijon tumani “Muqumiy” naslchilik fermer xo‘jaligida nasldor buqalar sperma mahsuldorlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2025 y., 25-may, 02/23-1855-son maʼlumotnomasi). Natijada xo‘jalikda iqtisodiy samaradorlik - bir so‘m xarajatga 1,41 - 2,10 so‘mdan daromad olingan, rentabellik 34% ga ko‘tarilgan. Shu bilan birga birinchi tug‘im yuqori fenotipli guruhdagi sigirlarda sof foyda bir bosh sigirdan 1406000 so‘mni tashkil etgan; 
 Andijon viloyati Andijon tumani “Jonobod Chorvasi” naslchilik fermer xo‘jaligida biriktirilgan sinaluvchi buqalar urug‘idan sun’iy urug‘lantirish natijasida sigirlarni sut mahsuldorligi, ularning yoshi, eksterer va konstitutsiyasi, tirik vazni ko‘rsatkichlariga bog‘liqlik ko‘paytirish ishlari o‘rganilib joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2025 y., 25-may, 02/23-1855-son maʼlumotnomasi). Natijada laktatsiya davomida sog‘ib olingan sut miqdori, xo‘jalik ko‘rsatkichidan 195,9 - 216,8 kg ortiq bo‘lgan. Sutni sotishdan olingan sof foyda bir bosh sigirdan 1406000 so‘mni, rentabellik darajasi 14,9% ni tashkil etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish