Zayniev Suxrob Sabirovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Oshqozon-ichak traktining tug‘ma nuqsonlari bo‘lgan bolalarni operatsiyadan keyingi yaqin va uzoq davrlarda reabilitatsiya qilish dasturini ishlab chiqish”, 14.00.12 – Tibbiy reabilitologiya, 14.00.35 – Bolalar xirurgiyasi (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: № B2025.1.DSc/Tib496.
Ilmiy maslahatchilar: Rizaev Jasur Alimjanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Shamsiev Jamshid Azamatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarkand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/31.10.2024.Tib.102.03.
Rasmiy opponentlar: Mavlyanova Zilola Farxadovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Akilov Xabibulla Ataullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Sobirova Guzal Naimovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Abuali ibni Sino nomidagi Tojikiston davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: oshqozon-ichak trakti tug‘ma nuqsonlari bo‘lgan chaqaloqlarga operatsiyadan keyingi yaqin va uzoq muddatlarda reabilitatsiya yordamini tashkil etish tizimini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor oshqozon-ichak trakti tug‘ma rivojlanish nuqsonlari (OIT TRN) chastotasi har 1000 nafar chaqaloqlarning 1,8 tasida ushbu kasallik aniqlangan va ularning yuzaga kelishida homilador ayollardagi kamqonlik (41,3%), surunkali ekstragenital kasalliklar (38,7%), homiladorlik bo‘yicha kech ro‘yxatga olinish hamda salbiy ekologik omillar asosiy xavf faktorlari sifatida ilmiy asoslangan;
oshqozon-ichak trakti tug‘ma rivojlanish nuqsonlarining turli shakllarining operatsiyadan keyingi kompleks tahlili orqali ichak evakuator funksiya (32%) va malabsorbsiya belgilari (58,3%) sekinlashishi hamda anorektal malformatsiyalar chastotasining 2,1 barobar ortishi aniqlangan;
oshqozon-ichak traktining tug‘ma nuqsonlari bo‘lgan bolalarni operatsiyadan keyingi asoratlar 38,5 % dan 17,2 % gacha kamaygani va bemorlarning statsionarda qolish muddati o‘rtacha 6,4 kunga qisqarishi maxsus reabilitatsiya dasturining joriy etilishi natijasida ekanligi isbotlangan; 
oshqozon-ichak trakti tug‘ma rivojlanish nuqsonlari bo‘lgan chaqaloqlar uchun bosqichma-bosqichlik, multidissiplinar yondashuv va raqamli kuzatuv (teletibbiyot, ota-onalar maktabi) tamoyillariga asoslangan ixtisoslashtirilgan reabilitatsiya markazi modeli amaliyotga joriy etilishi natijasida bemorlarning takroriy gospitalizatsiyasini kamaytirishi hamda bolalardagi nutritiv etishmovchilikni bartaraf etishi isbotlangan;
oshqozon-ichak trakti tug‘ma rivojlanish nuqsonlari (OIT TRN) bo‘lgan bolalarda operatsiyadan keyingi davrda nutritiv qo‘llab-quvvatlash va fizioterapiyani uyg‘unlashtirgan innovatsion reabilitatsiya usuli qo‘llanilishi natijasida bolalar organizmning umumiy adaptatsion imkoniyatlarining oshishi hamda tiklanish muddatini qisqarishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi. 
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tatbig‘i bo‘yicha yagona xulosa 2025 yil 10 iyundagi 19-sonli yig‘ilish bayonnomasiga № 19/55 xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor oshqozon-ichak trakti tug‘ma rivojlanish nuqsonlari (OIT TRN) chastotasi har 1000 nafar chaqaloqlarning 1,8 tasida ushbu kasallik aniqlangan va ularning yuzaga kelishida homilador ayollardagi kamqonlik (41,3%), surunkali ekstragenital kasalliklar (38,7%), homiladorlik bo‘yicha kech ro‘yxatga olinish hamda salbiy ekologik omillar asosiy xavf faktorlari sifatida ilmiy asoslangan. Bu bo‘yicha takliflar Qoraqalpoqiston respublikasi bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (05.07.2024 yil, 54ll-sonli buyrug‘i), Andijon viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (16.07.2024 yil, 7212-sonli buyrug‘i), Surxondaryo viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (17 .07 .2024 yil, 111/2-sonli buyrug‘i) va Buxoro viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (23.07.2024 yil, 7311-sonli buyrug‘i) amaliyotiga joriy qilindi. Ijtimoiy samaradorligi: oshqozon-ichak trakti tug‘ma nuqsonlarini erta perinatal tashxislash va oldini olish tizimini joriy etish perinatal va chaqaloqlar o‘limini kamaytirishga, yangi tug‘ilgan chaqaloqlar nogironligi chastotasini pasaytirishga va oilalarning hayot sifatini yaxshilashga yordam beradi. Kompleks fanlararo yondashuvni qo‘llash ijobiy natijalar ulushini 88-90% gacha oshirish va homilador ayollar hamda yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga tibbiy yordam ko‘rsatish samaradorligini yuksaltirishga imkon beradi. Iqtisodiy samaradorligi: oshqozon-ichak trakti tug‘ma nuqsonlarini erta aniqlash va oldini olish tizimini takomillashtirish, anomaliya xavfi yuqori bo‘lgan homiladorlar va yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni yo‘naltirishni optimallashtirish jarrohlik davolash va reabilitatsiya xarajatlarini kamaytirish imkonini beradi, har 1000 bemor uchun yiliga 1,8-2,2 milliard so‘mgacha tejashni ta’minlaydi. Sog‘liqni saqlash resurslaridan oqilona foydalanish neonatal va perinatal markazlar ishining samaradorligini oshirishga ko‘maklashadi. Xulosa: Olingan tadqiqot natijalari oshqozon-ichak trakti tug‘ma nuqsonlarini erta tashxislash va oldini olishning ilmiy asoslangan modeliga asos bo‘ldi, bu klinik va tashkiliy echimlarning samaradorligini oshirish, o‘limni kamaytirish va yangi tug‘ilgan chaqaloqlar hamda homilador ayollarga tibbiy yordam sifatini yaxshilashni ta’minlaydi.
ikkinchi ilmiy yangilik: oshqozon-ichak trakti tug‘ma rivojlanish nuqsonlarining turli shakllarining operatsiyadan keyingi kompleks tahlili orqali ichak evakuator funksiya (32%) va malabsorbsiya belgilari (58,3%) sekinlashishi hamda anorektal malformatsiyalar chastotasining 2,1 barobar ortishi aniqlangan. Bu bo‘yicha takliflar Qoraqalpoqiston respublikasi bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (05.07.2024 yil, 54ll-sonli buyrug‘i), Andijon viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (16.07.2024 yil, 7212-sonli buyrug‘i), Surxondaryo viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (17 .07 .2024 yil, 111/2-sonli buyrug‘i) va Buxoro viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (23.07.2024 yil, 7311-sonli buyrug‘i) amaliyotiga joriy qilindi. Ijtimoiy samaradorligi: oshqozon-ichak trakti tug‘ma nuqsonlarini jarrohlik yo‘li bilan davolashdan keyin bolalarga gastroenterologik yordamning mavjudligi va sifatiga ta’sir qiluvchi statistik ahamiyatga ega omillarni aniqlash, shuningdek, oilalarning ushbu yordamdan qoniqishini bashorat qilishning regressiya modellarini ishlab chiqish tibbiy reabilitatsiya tizimining manzilliligi va samaradorligini oshirish imkonini berdi. Ushbu modellarni qo‘llash asoratlar sonini kamaytirishga, bolalar va ularning oilalari hayot sifatini yaxshilashga, shuningdek, sog‘liqni saqlash tizimiga bo‘lgan ishonchni mustahkamlashga yordam beradi. Natijada o‘z vaqtida va to‘liq reabilitatsiya yordamini olgan bemorlar ulushi 85-90% gacha oshdi, bu esa bolalar salomatligi va ijtimoiy moslashuvi ko‘rsatkichlarida ijobiy aks etdi. Iqtisodiy samaradorligi: prognostik modellarni joriy etish va oshqozon-ichak trakti tug‘ma nuqsonlarini jarrohlik yo‘li bilan davolashdan keyin bemorlarni yo‘naltirishni optimallashtirish sog‘liqni saqlash resurslarini yanada oqilona taqsimlashni, takroriy kasalxonaga yotqizish va asoratlarni davolash xarajatlarini kamaytirishni ta’minladi. Uzoq muddatli terapiya kurslariga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirish va kasalxonada qolish vaqtini qisqartirish hisobiga yiliga har 1000 bemor uchun o‘rtacha 1,5-2 milliard so‘mgacha moliyaviy mablag‘ tejaladi. Bu bolalar jarrohligi va reabilitatsiya tizimining iqtisodiy barqarorligini oshirishga xizmat qiladi. Xulosa: tadqiqot natijalari oilalarning qoniqishini bashorat qilish va tashkiliy-boshqaruv qarorlarini optimallashtirishga asoslangan oshqozon-ichak trakti tug‘ma nuqsonlaridan keyin bolalarni gastroenterologik reabilitatsiya qilishning shaxsiylashtirilgan modeliga o‘tish zarurligini asoslash imkonini berdi.
uchinchi ilmiy yangilik: oshqozon-ichak traktining tug‘ma nuqsonlari bo‘lgan bolalarni operatsiyadan keyingi asoratlar 38,5 % dan 17,2 % gacha kamaygani va bemorlarning statsionarda qolish muddati o‘rtacha 6,4 kunga qisqarishi maxsus reabilitatsiya dasturining joriy etilishi natijasida ekanligi isbotlangan. Bu bo‘yicha takliflar Qoraqalpoqiston respublikasi bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (05.07.2024 yil, 54ll-sonli buyrug‘i), Andijon viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (16.07.2024 yil, 7212-sonli buyrug‘i), Surxondaryo viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (17 .07 .2024 yil, 111/2-sonli buyrug‘i) va Buxoro viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (23.07.2024 yil, 7311-sonli buyrug‘i) amaliyotiga joriy qilindi. Ijtimoiy samaradorligi: Ishlab chiqilgan bosqichma-bosqich tibbiy reabilitatsiya dasturi oshqozon-ichak trakti tug‘ma nuqsonlari (OIT TN) bo‘lgan chaqaloqlarni tiklashga kompleks yondashuvni ta’minlaydi. Bu dastur erta ovqatlantirishni qo‘llab-quvvatlash, fizioterapiya majmuasi, oilaning ruhiy moslashuvi va metabolik holatni nazorat qilishni o‘z ichiga oladi. Ilk bor joriy etilgan natijalarning har tomonlama tahlili chaqaloqning anatomik xususiyatlari va holatiga qarab jarrohlik usulini tanlash imkonini berdi. Bu esa operatsiyadan keyingi asoratlar chastotasini 38,5% dan 17,2% gacha (r<0,01) pasaytirdi, hayotda qolish darajasini 15-20% ga oshirdi va nogironlik davrini qisqartirdi. Dastur ilk bolalik davrida bemorlarning hayot sifatini yaxshilaydi, tug‘ruqdan oldingi tashxis samaradorligini oshiradi va onalik hamda bolalikni muhofaza qilishning barqaror tizimini yaratadi. Iqtisodiy samaradorligi: Bosqichma-bosqich dastur va shaxsiylashtirilgan jarrohlik davolash protokollarini joriy etish kasalxonada yotish muddatini o‘rtacha 6,4 kunga (20-25%) qisqartirdi, operatsiyadan keyingi asoratlarni davolash va reanimatsiya tadbirlari xarajatlarini kamaytirdi, shuningdek, takroriy jarrohlik amaliyotlari sonini pasaytirdi. Jarrohlik, anesteziologiya va reabilitatsiya resurslaridan foydalanishni optimallashtirish har 1000 nafar bemor uchun yiliga 1,8-2,2 milliard so‘mgacha mablag‘ni tejash imkonini beradi va chaqaloqlar jarrohlik bo‘limlari faoliyati samaradorligini oshiradi. Xulosa: OIT TN bilan tug‘ilgan chaqaloqlarni reabilitatsiya qilishning ilmiy asoslangan bosqichma-bosqich dasturi ishlab chiqildi va joriy etildi. Bu dastur shaxsiylashtirilgan jarrohlik protokollari, ovqatlantirishni qo‘llab-quvvatlash va fanlararo yondashuvni o‘z ichiga oladi. Dastur asoratlar chastotasini kamaytirish, kasalxonada yotish muddatini qisqartirish va chaqaloqlarning omon qolish darajasini oshirish orqali o‘z samaradorligini isbotladi. 
to‘rtinchi ilmiy yangilik: oshqozon-ichak trakti tug‘ma rivojlanish nuqsonlari bo‘lgan chaqaloqlar uchun bosqichma-bosqichlik, multidissiplinar yondashuv va raqamli kuzatuv (teletibbiyot, ota-onalar maktabi) tamoyillariga asoslangan ixtisoslashtirilgan reabilitatsiya markazi modeli amaliyotga joriy etilishi natijasida bemorlarning takroriy gospitalizatsiyasini kamaytirishi hamda bolalardagi nutritiv etishmovchilik bartaraf etishdagi samaradorligi isbotlangan. Bu bo‘yicha takliflar Qoraqalpoqiston respublikasi bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (05.07.2024 yil, 54ll-sonli buyrug‘i), Andijon viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (16.07.2024 yil, 7212-sonli buyrug‘i), Surxondaryo viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (17 .07 .2024 yil, 111/2-sonli buyrug‘i) va Buxoro viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (23.07.2024 yil, 7311-sonli buyrug‘i) amaliyotiga joriy qilindi. Ijtimoiy samaradorligi: yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda oshqozon-ichak trakti tug‘ma nuqsonlarini (shu jumladan, gastroshizis, ichak atreziyasi, Girshprung kasalligi va anorektal nuqsonlar) erta tashxislash, operatsiyadan oldingi barqarorlashtirish va jarrohlik davolashning optimallashtirilgan algoritmlarini ishlab chiqish va joriy etish yuqori ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘ldi. Bosqichli va multidissiplinar yondashuvni qo‘llash yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning omon qolish darajasini 18-22% ga oshirish, operatsiyadan keyingi asoratlar chastotasini deyarli uchdan bir qismga kamaytirish, shuningdek, yanada qulay funksional natijalarni ta’minlash imkonini berdi. Tibbiy reabilitatsiyaning kompleks tizimi va bemorlarning avtomatlashtirilgan ma’lumotlar bazasini joriy etish uzluksiz kuzatuv va davolashni individuallashtirish uchun asos yaratdi. Bu esa nogironlik xavfini kamaytirishga, bolalar va ularning oilalari hayot sifatini yaxshilashga, shuningdek, mintaqaviy darajada onalik va bolalikni muhofaza qilish tizimini mustahkamlashga yordam berdi. Iqtisodiy samaradorligi: oshqozon-ichak trakti tug‘ma nuqsonlarini erta tashxislash va jarrohlik yo‘li bilan davolashning optimallashtirilgan algoritmlarini joriy etish yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning shifoxonada qolishining o‘rtacha davomiyligini 20-30% ga qisqartirish, asoratlarni davolash va intensiv terapiya xarajatlarini kamaytirish, yiliga 1000 nafar bemor hisobiga 2,3-2,7 milliard so‘mgacha mablag‘ni tejash imkonini berdi. Reabilitatsiya tadbirlarini hisobga olish va rejalashtirish jarayonlarini avtomatlashtirish tibbiy yordam tizimining boshqaruvchanligini oshirdi va tashkiliy qo‘llab-quvvatlash xarajatlarini kamaytirdi. Uzoq muddatli istiqbolda ushbu chora-tadbirlar oilalar va davlat uchun moliyaviy yukni kamaytirishga, sog‘liqni saqlash resurslarini taqsimlashni optimallashtirishga va neonatal jarrohlik hamda reabilitatsiyaning iqtisodiy barqaror modelini shakllantirishga yordam beradi. Xulosa: tadqiqot natijalari oshqozon-ichak trakti tug‘ma nuqsonlari bo‘lgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga jarrohlik yordami va reabilitatsiyasini tashkil etishning samarali, klinik yo‘naltirilgan modelini yaratish uchun asos bo‘ldi. Bu model` shaxsiylashtirish, multidissiplinarlik va bosqichma-bosqichlik tamoyillariga asoslangan.
beshinchi ilmiy yangilik: oshqozon-ichak trakti tug‘ma rivojlanish nuqsonlari (OIT TRN) bo‘lgan bolalarda operatsiyadan keyingi davrda nutritiv qo‘llab-quvvatlash va fizioterapiyani uyg‘unlashtirgan innovatsion reabilitatsiya usuli qo‘llanilishi natijasida bolalar organizmning umumiy adaptatsion imkoniyatlarining oshishi hamda tiklanish muddatini qisqarishi aniqlangan. Bu bo‘yicha takliflar Qoraqalpoqiston respublikasi bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (05.07.2024 yil, 54ll-sonli buyrug‘i), Andijon viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (16.07.2024 yil, 7212-sonli buyrug‘i), Surxondaryo viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (17 .07 .2024 yil, 111/2-sonli buyrug‘i) va Buxoro viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (23.07.2024 yil, 7311-sonli buyrug‘i) amaliyotiga joriy qilindi. Ijtimoiy samaradorligi: ilk bor keng qamrovli tahlil asosida oshqozon-ichak trakti tug‘ma nuqsonlari bo‘lgan bolalarda tizimli ko‘p bosqichli tibbiy reabilitatsiya dasturini joriy etish organizmning funksional holatini ishonchli ravishda har tomonlama tiklashini ta’minlashi isbotlandi. Dastur ovqatlanish holatini yaxshilashga, enteral ovqatlanishga moslashuvni tiklashga, o‘sish va jismoniy rivojlanishning antropometrik ko‘rsatkichlarini me’yorlashtirish, operatsiyadan keyingi asoratlar sonini kamaytirishga va hayot sifatining umumiy ko‘rsatkichlarini oshirishga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi: tizimli ko‘p bosqichli reabilitatsiya dasturi parenteral oziqlantirishning davomiyligini qisqartiradi, operatsiyadan keyingi asoratlar va regurgitatsiyalar sonini kamaytiradi, kasalxonada davolanish va takroriy aralashuvlar vaqtini qisqartiradi. Bu operatsiya xonalari, intensiv terapiya bo‘limlari va reabilitatsiya xizmatlari resurslarini tejash imkonini beradi, har 1000 bemor uchun yiliga 1,8-2,2 milliard so‘mgacha mablag‘ni tejalishini ta’minlaydi va bolalar jarrohlik hamda reabilitatsiya xizmati faoliyatining umumiy samaradorligini oshiradi. Xulosa: ishlab chiqilgan dastur standartlashtirilgan klinik yo‘naltirilgan bemorlarni davolash protokollari uchun ilmiy asoslangan poydevorni yaratadi, tibbiy yordamning ijtimoiy va iqtisodiy ahamiyatini oshiradi hamda bolalar salomatligini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish