Alimov Ahrorbek Abdurasulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisosliklari shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tug‘ma yurak nuqsoni bo‘lgan bolalarda operatsiyadan keyingi davrda infuzion terapiyani optimallashtirish”, 14.00.37–Anesteziologiya va reanimatologiya, 14.00.09–Pediatriya (tibbiyot fanlari). Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Tib4766.
Ilmiy rahbarlar: Alimov Anvar Valievich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Sharipov Alisher Mirhamidovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Bolalar milliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Bolalar milliy tibbiyot markazi, DSc.04/01.02.2022.Tib.147.01.
Rasmiy opponentlar: Agzamova Shoira Abdusalomovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xamraeva Gulchexra Shaxobovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kardioxirurgiya amaliyotlaridan keyingi erta davrda 3 yoshgacha yurak tug‘ma nuqsoni (YuTN) bo‘lgan bolalarda pediatrik reanimatsiya amaliyotida intensiv terapiya yondashuvlarini optimallashtirish uchun turli yosh guruhlarida infuzion terapiya rejimlarining qiyosiy samaradorligini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kompleks tahlil asosida chaqaloqlarda markaziy qon tomirlar transpozisiyasi va o‘pka venalari total anomal drenaji (MQT/O‘VTAD) bo‘lgan hollarda elektrolit buzilishlari, arterial gipotenziya va ritm buzilishlari ustunlik qilishi, Fallo tetradali bolalar esa ushbu asoratlarning ishonchli ravishda pastroq chastotasini namoyish etishi, har ikki guruhda infeksion asoratlar bir xil chastotada uchrash fonida aniqlangan;
bolalar kardioreanimatsiyasida muvozanatlashtirilgan kristalloid eritmalarning izotonik natriy xlorid eritmasiga nisbatan afzalligi kislotali-ishqoriy holat barqarorligini ta’minlash, giperxloremik atsidozning oldini olish va elektrolit balansini saqlash asosida, gomeostazni saqlash uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligi isbotlangan;
optimallashtirilgan strategiyaning gemodinamik afzalliklari ishonchli ravishda pastroq YuQS, barqaror o‘rtacha AB va hajm yuklama belgilarisiz nazorat qilinadigan MQB qiymatlari ko‘rinishi, restriktiv yondashuvda yurak qisqarish kuchining yaxshilanishi va chap qorincha dilatatsiyasining kamayishi asosida infuzion terapiya samaradorligi asoslangan;
xavfsiz optimal gemodinamik barqarorlikni ta’minlaydigan va turli nozologik shakldagi YuTN bo‘lgan bolalarda o‘pka sun’iy ventilyasiyasi vaqtini, hamda intensiv davo bo‘limida qolish muddatini qisqartirish ko‘rinishida klinik samaradorlik namoyish etadigan infuzion-inotrop terapiya konsepsiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Infuzion terapiyani operatsiyadan keyingi davrda optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: kompleks tahlil asosida chaqaloqlarda markaziy qon tomirlar transpozisiyasi va o‘pka venalari total anomal drenaji (MQT/O‘VTAD) bo‘lgan hollarda elektrolit buzilishlari, arterial gipotenziya va ritm buzilishlari ustunlik qilishi, Fallo tetradali bolalar esa ushbu asoratlarning ishonchli ravishda pastroq chastotasini namoyish etishi, har ikki guruhda infeksion asoratlar bir xil chastotada uchrash fonida aniqlangan. Ijtimoiy samaradorligi: differensial monitoring protokollari kritik asoratlarni erta aniqlash va oldini olishni ta’minlagan, YuTN bo‘lgan bolalarda nogironlikka olib keluvchi oqibatlar xavfini kamaytirgan. MQT/O‘VTAD bo‘lgan yangi tug‘ilganlarda asoratlarni vaqtida profilaktika qilish nevrologik buzilishlar va yurak etishmovchiligini oldini olgan, uzoq muddatli prognozni yaxshilagan va oilalar uchun ijtimoiy yukni kamaytirgan. Iqtisodiy samaradorligi: elektrolit buzilishlarining 32,7-49,4%ga, arterial gipotenziyaning 32,8%ga va ritm buzilishlarining 15-20%ga kamayishi tufayli to‘g‘irlovchi farmakoterapiya (elektrolitlar, antiaritmiklar, qo‘shimcha inotroplar, antibiotiklar) xarajatlari 1,3-1,5 martaga kamaygan. Xulosa: aniqlangan kritik asoratlarning chastotasi va tuzilishi samarali profilaktika choralarini ishlab chiqishga imkon bergan, bu asoratlar chastotasini kamaytirish va farmakologik iqtisodiy samaradorlikni ta’minlagan.
ikkinchi ilmiy yangilik: bolalar kardioreanimatsiyasida muvozanatlashtirilgan kristalloid eritmalarning izotonik natriy xlorid eritmasiga nisbatan afzalligi kislotali-ishqoriy holat barqarorligini ta’minlash, giperxloremik atsidozning oldini olish va elektrolit balansini saqlash asosida, gomeostazni saqlash uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligi isbotlangan. Ijtimoiy samaradorligi: metabolik o‘zgarishlarni minimallashtirish va markaziy gemodinamik barqarorligini saqlash orqali asoratlar chastotasini kamaytirish, operatsiyadan keyingi erta davrda sun’iy ventilyasiya vaqtini qisqartirish va nafas olishni optimal muddatlarda tiklashga erishilgan. Iqtisodiy samaradorligi: kislota ishqor muvozanati, elektrolitlar va osmolyarlikni qo‘shimcha tuzatish zaruriyati 30-40%ga, qo‘shimcha vazoaktiv qo‘llab-quvvatlash ehtiyoji 25%ga kamayishi orqali dori vositalari va intensiv resurslar (laboratoriya monitoringi, preparatlar, eritmalar) sarfi 1,2-1,3 martaga qisqargan. Xulosa: muvozanatli kristalloidlarning ilmiy asoslangan qo‘llanishi metabolik barqarorlikni ta’minlaydi, tuzatuvchi terapiyaga bo‘lgan ehtiyojni kamaytiradi va iqtisodiy samaradorlikni namoyon etgan, ularni bolalar kardioxirurgiyasida start infuzion terapiya sifatida qo‘llash maqsadga muvofiqligini tasdiqlangan.
uchinchi ilmiy yangilik: optimallashtirilgan strategiyaning gemodinamik afzalliklari ishonchli ravishda pastroq YuQS, barqaror o‘rtacha AB va hajm yuklama belgilarisiz nazorat qilinadigan MQB qiymatlari ko‘rinishida, shuningdek restriktiv yondashuvda yurak qisqarish kuchining yaxshilanishi va chap qorincha dilatatsiyasining kamayishi asosida infuzion terapiya samaradorligining exokardiografiya natijalari tasdiqlangan. Ijtimoiy samaradorligi: ExoKG-monitoring va moslashtirilgan infuzion sxemani integratsiyalash gipervolemiya va miokard disfunksiyasi belgilarida terapiyani o‘z vaqtida tuzatish imkonini bergan, bu yurak etishmovchiligi va qayta O‘SV chastotasini kamaytirgan. Iqtisodiy samaradorligi: optimallashtirilgan infuzion strategiya va ExoKG-monitoring hisobiga O‘SV vaqtining 0,52-0,91 sutkaga qisqarishi aniqlangan. Diuretiklarga ehtiyojning 30%ga, inotrop qo‘llab-quvvatlashning 20%ga kamayishi va qayta O‘SVga o‘tkazish holatlarining 5-8%ga kamayishi aniqlangan. Xulosa: markaziy va periferik gemodinamika ko‘rsatkichlari nazorati ostida restriktiv infuzion terapiyani joriy etish klinik natijalarni yaxshilagan, respirator qo‘llab-quvvatlash muddatini qisqartirgan va qo‘shimcha dori vositalarini qo‘llash ehtiyojini kamaytirish hisobiga katta iqtisodiy samaradorlikni ta’minlagan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: xavfsiz optimal gemodinamik barqarorlikni ta’minlaydigan va turli nozologik shakldagi YuTN bo‘lgan bolalarda o‘pka sun’iy ventilyasiyasi vaqtini, hamda intensiv davo bo‘limida qolish muddatini qisqartirish ko‘rinishida klinik samaradorlik namoyish etadigan infuzion-inotrop terapiya konsepsiyasi ishlab chiqilgan. Ijtimoiy samaradorligi: bemorning erta umumiy bo‘limga o‘tkazilishi bolada stress va noqulaylikni kamaytirgan, erta tiklanishga yordam bergan, kasalxona ichi infeksiyasi xavfini kamaytirgan. Iqtisodiy samaradorligi: integratsiyalangan infuzion-inotrop terapiya hisobiga intensiv davo bo‘limida bo‘lish muddatini 1,02-1,32 sutkaga qisqartirgan (14,3-26,6%) Xulosa: ishlab chiqilgan integratsiyalangan infuzion-inotrop terapiya konsepsiyasi yuqori klinik va iqtisodiy samaradorlikni namoyon etib, intensiv terapiya muddatini qisqartirgan va YuTN bo‘lgan bolalarga tibbiy yordam sifatini yaxshilash bilan birga sog‘liqni saqlash tizimi resurslarini tejashga yordam bergan.
Olingan natijalar Farg‘ona viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiy markazi va Samarqand viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiy markazi reanimatsiya va intensiv terapiya bo‘limlarining klinik amaliyotiga joriy etildi (2025 yil 2 iyundagi №34 va №96-U buyruqlar, sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi Ilmiy texnik kengashning 24-sonli xulosasi 4.09.2025 y.). 

Yangiliklarga obuna bo‘lish