Jumag‘ulov Qahramon Alievichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Pillalarni terish, topshirish va pillaxonada saqlash muddatlarini sifat ko‘rsatkichlariga ta’siri», 06.01.04– Ipakchilik. (qishloq xo‘jaligi fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Qx115.

Ilmiy rahbar: Ahmedov Namoz Ahmedovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.30.08.2018.Qx.13.02.

Rasmiy opponentlar: Nasirillaev Baxtiyar Ubaydullaevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Ro‘zibaev Nuraddin Raximovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot: Qorako‘lchilik va cho‘l ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: tut ipak qurti urug‘larini inkubatsiya qilish muddatlarini differensial usulda qo‘llash, pillalarni terish, topshirish va ularni pillaxonada saqlashning kompleks texnologiyasini ishlab chiqish hamda pilla sifatiga ta’siri etuvchi omillarni tadqiq etishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor tirik pillalarni optimal muddatlarda terish va ularni pillaxonada qabul qilish dinamikasini rejalashtirishda differensiallashtirilgan inkubatsiya qilish texnologiyasi ishlab chiqilgan;

tirik pillalarni terish muddatlarini pillaning biologik, sifat va texnologik ko‘rsatkichlariga ta’sir etish mumkinligi isbotlangan;

tirik pillalarni turli idishlarda tashish, topshirish, pillaxonada vaqtincha saqlash sharoiti hamda muddatlarini pillalarning navdorlik va sifat ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi bog‘liqligi aniqlangan;

tirik pillalarni polipropilen yashiklarda tashish va pillaxonada vaqtincha saqlash jarayonini takomillashgan texnologiyasi ishlab chiqilgan;

ipak qurti urug‘ini jonlantirishning differensial usuli asosida pilla qabul qilishni optimallashtirish, uning sifat va mahsuldorlik ko‘rsatkichlarini oshirish uslubiyoti ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Pillalarni terish, topshirish va pillaxonada saqlash muddatlarini sifat ko‘rsatkichlariga ta’siri bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:

fermer xo‘jaliklarida etishtirilgan navdor pillalarni dastlabki ishlov berishga qadar navdorlik xususiyatlarini saqlash bo‘yicha «Pillalarni terish, topshirish va pillaxonada saqlash tartibi» tavsiyanomasi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan (Qishloq xo‘jalik vazirligining 2019 yil 22 yanvardagi 01/032-39/1-son ma’lumotnomasi). Natijada boqilgan 10 quti ipak qurtining bir qutisidan olinadigan navdor tirik pilla miqdori 9,9 kilogrammga, navdor quruq pilla miqdori esa 3,6 kilogrammga oshishiga erishilgan va iqtisodiy samaradorlik 97200 so‘mni tashkil etgan;

ipak qurtining «Ipakchi 1» x «Ipakchi 2» duragayini 15 qutisida etishtirilgan tirik pillalarni terish, tashish, topshirish va pillaxonada vaqtincha saqlashda 10-12 kg tirik pilla sig‘imidagi, polipropilen yashiklardan foydalanishning takomillashgan yangi texnologiyasi Toshkent viloyati Bo‘ka tumani «Pilla» ma’suliyati cheklangan jamiyatida joriy etilgan (Qishloq xo‘jalik vazirligining 2019 yil 22 yanvardagi 01/032-39/1-son ma’lumotnomasi). Natijada bir quti ipak qurtidan olinadigan navdor tirik pilla miqdorini 10,3 kilogramm, navdor quruq pilla miqdorini esa 3,8 kilogrammga oshirilishiga erishilgan va iqtisodiy samaradorlik 114000 so‘mdan iborat bo‘lgan;

etishtirilgan tirik pillalarni 10-12 kg tirik pilla sig‘imidagi polipropilen yashiklardan foydalanishning takomillashgan yangi texnologiyasi Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanidagi «ROSS-GREEN-TEX» ma’suliyati cheklangan jamiyatida ipak qurtini «Ipakchi 1» x «Ipakchi 2» duragayining 15 qutisida joriy etilgan (Qishloq xo‘jalik vazirligining 2019 yil 22 yanvardagi 01/032-39/1-son ma’lumotnomasi). Natijada bir quti ipak qurtidan olinadigan navdor tirik pillaning miqdori 9,1 kg ga, navdor quruq pilla miqdori esa 3,4 kilogrammga oshirilishiga erishilgan va iqtisodiy samaradorlik 102000 so‘mga teng bo‘lgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish