Tolipova Malika Saloxidinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i):
“Taym menejment texnologiyasi asosida kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘quvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasini takomillashtirish” 13.00.05 – Kasb – hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Ped 6823
Ilmiy rahbar: Abdunazarova Nargiza Fatxullaevna,-pedagogika fanlari nomzodi, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Professional ta’limni rivojlantirish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Professional ta’limni rivojlantirish instituti, bir martalik DSc.05/29.12.2023.Ped.48.01 raqamli Ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar: Ximmataliev Do‘stnazar Omonovich, pedagogika fanlari doktori, professor;
Ergashev Bobirjon Boxodirovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: “Taym-menejment” texnologiyasi asosida kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘quvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“taym-menejment” texnologiyasidan foydalanilgan holda kasbiy ta’limning turizm yo‘nalishlarida o‘quvchilarni kasbiy faoliyatga tayyorlashga oid pedagogik shart-sharoitlar ijtimoiy-iqtisodiy mazmunga ega turistik muammolarni hal etish, turizm sohasiga doir qarorlar qabul qilish kompetensiyalarini shakllantirish, sohaga barqaror qiziqish va ichki motivatsiyani rivojlantirish, shuningdek, o‘quv jarayonining raqamli-uslubiy ta’minotini takomillashtirish orqali asoslab berilgan;
kasbiy ta’limning turizm mutaxassisliklarida o‘quvchilarni kasbiy faoliyatga tayyorgarligini rivojlantirishga qaratilgan metodik model maqsaddan kutilayotgan natijaga yo‘naltirilgan holda metodologik, mazmuniy va diagnostik komponentlarning o‘zaro uzviyligi, turli metodologik yondashuvlar, ta’limiy funksiyalar hamda umumdidaktik va sohaga oid maxsus tamoyillarga tayangan tarzda takomillashtirilgan;
kasbiy ta’lim tashkilotlarida bo‘lajak turim mutaxassislarini kasbiy faoliyatga “taym-menejment” texnologiyasi asosida tayyorlash metodikasi individualdan xususiyga, xususiydan umumiy bilim darajasiga ko‘tarilishni ta’minlaydigan didaktik asoslarni refleksiv tahlil qilish, va dialektik yakuniy natijani uyg‘unlashtiruvchi metodologiya asosida takomillashtirilgan;
kasbiy ta’lim tashkilotlarida bo‘lajak turizm mutaxassislarining kasbiy faoliyatga tayyorgarligi rivojlanganlik darajalarini (past, o‘rta, yuqori) baholashga xizmat qiluvchi motivatsion, kognitiv, faoliyatli va shaxsiy mezonlar “taym-menejment” texnologiyasi asosida — vaqtni rejalashtirish, ustuvor vazifalarni belgilash, vaqt resurslaridan unumli foydalanish hamda o‘z-o‘zini nazorat qilish ko‘rsatkichlari bilan boyitilgan holda takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Taym-menejment” texnologiyasi asosida kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘quvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasini takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
“taym-menejment” texnologiyasidan foydalanib, kasbiy ta’limining turizm yo‘nalishlarida o‘quvchilarni kasbiy faoliyatga tayyorlashning pedagogik shart-sharoitlari ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega turistik muammolarni hali qilish, turizmga oid qarorlarni qabul qilish, qiziqish va motivlarni shakllantirish hamda raqamli-uslubiy ta’minotni takomillashtirish asosida ta’minlashga doir takliflar “Turizm va mehmondo‘stlik asoslari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 25 iyundagi №248-sonli buyrug‘i).
“Turizm va mehmondo‘stlik asoslari” fanidan o‘quv jarayonida foydalanish uchun mo‘ljallangan android mobil ilovasi (O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirligining № DGU 53477) ishlab chiqilgan . Natijada ta’minlangan pedagogik shart-sharoitlar bo‘lajak turizm mutaxassislarini kasbiy faoliyatga tayyorgarligini rivojlantirishga xizmat qilgan;
o‘quvchilarni kasbiy faoliyatga tayyorgarligini rivojlantirishda o‘qitish va kasbga tayyorlashda turli xil ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish va kuchaytirishga qaratilgan “Kasbiy faoliyatda chet tili” darslikgi yaratilgan, hamda kasbiy ta’limning turizm yo‘nalishlarida o‘quv jarayoniga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 25 iyundagi №218-sonli buyrug‘i). Natijada mazkur darslik bo‘lajak turizm mutaxassislarini kasbiy faoliyatga tayyorgarligini rivojlantirishda til bilish ko‘nikmlarini oshishiga xizmat qilgan;
kasbiy ta’lim tashkilotlarida bo‘lajak turim mutaxassislarini kasbiy faoliyatga “taym-menejment” texnologiyasi asoida tayyorlash metodikasini takomillashtirish, bo‘lajak turizm mutaxassislarini kasbiy faoliyatga tayyorgarligini rivojlanganligini past, o‘rta, yuqori darajalrini baholashning motivatsion, kognitiv, faoliyatli, va shaxsiy mezonlari “taym-menejment” texnologiyasi asosida takomillashtirishga doir takliflar “Kasbiy kommunikatsiyada xorijiy til” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim,fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 27- martdagi № 68-sonli buyrug‘i). Natijada ishlab chiqilgan model bo‘lajak turizm mutaxassislarini kasbiy faoliyatga tayyorgarligini rivojlantirishga xizmat qilgan.