Ubaydullaeva Sayyora Xasanovnaning   
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak kasbiy ta’lim o‘qituvchilarning refleksiv kompetensiyasini shakllantirish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.05 – Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Ped8448
Ilmiy rahbar: Ruzmetova Novval Vaxabdjanovna – pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Kasbiy ta’limni rivojlantirish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Professional ta’limni rivojlantirish  instituti huzuridagi fan doktori ilmiy darajasini beruvchi DSc.05/29.12.2023.Ped.48.01
Rasmiy opponentlar: Urazova Marina Batirovna  pedagogika fanlari doktori, professor;    Risqulova Kamola Djumaevna pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: “Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislar instituti”.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: bo‘lajak kasbiy ta’lim o‘qituvchilarining refleksiv kompetensiyasini shakllantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak kasbiy ta’lim o‘qituvchilarini tayyorlashga qo‘yilayotgan zamonaviy talablarni (kasbiy-pedagogik kompetentlik, xorijiy tillarni bilish, raqamli savodhonlik) aniqlash  hamda kasbiy ta’lim o‘qituvchisi  faoliyatida refleksiv kompetensiyaning zaruriyatini asoslash orqali refleksiv kompetensiyani motivatsion, kognitiv, faoliyatli, refleksiv komponentlari mazmuni takomillashtirilgan;
bo‘lajak kasbiy ta’lim o‘qituvchilarini refleksiv kompetensiyasini shakllantirishning  tashkiliy, tashkiliy-pedagogik, metodik, ergonomik shart-sharoitlarni tasniflash hamda maqsadli, mazmunli, jarayonli, tashxislash va natija bloklarini dialektik birligini ta’minlashi asosida bo‘lajak kasbiy ta’lim o‘qituvchilarini refleksiv kompetensiyasini shakllantirish modeli takomillashtirilgan; 
“Avtotransport vositalarining texnik ekspluatatsiya va servisi” fani va xorijiy til yordamida fanlaridan amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etishda texnik bilimlarni va til bilish ko‘nikmalarini integratsiyalashga qaratilgan ta’lim metodlarini qo‘llash natijasida mutaxassislikka oid matnlar bilan ishlash, xorijiy adabiyotlar bilan ishlash, taxrirlash, kerakli ma’lumotlarni tarjima qila olish, xorij yetakchi muhandislari bilan hamkorlikda ishlash, zamonaviy asbob uskunalari yo‘riqnomalarini tarjima qila olishga qaratilgan refleksiv kompetensiyasini shakllantirish metodikasi va uslubiy ta’minoti ishlab chiqilgan; 
“Avtotransport vositalarining texnik ekspluatatsiya va servisi” va “Xorijiy til” fanini integrasiyalash asosida o‘qitish orqali talabalarda refleksiv kompetensiyasini shakllanganlik darajasini baholash mezonlarini belgilash va qaytar aloqa o‘rnatish orqali baholash usullari (kuzatuv-tahlil, mustaqil va amaliy topshiriq) takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Bo‘lajak kasbiy ta’lim o‘qituvchilarining refleksiv kompetensiyasini shakllantirish metodikasini takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
 oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak kasbiy ta’limi o‘qituvchilarining refleksiv kompetensiyasini shakllantirish uchun zarur tashkiliy, metodik va ergonomik shart-sharoitlarni aniqlash va ularni raqamli texnologiyalarga asoslangan mobil didaktik ta’minot orqali amalga oshirish mexanizmini taklif etishga doir takliflar “English for part-time studens” o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 6-sentyabrdagi 333-sonli buyrug‘iga asosan berilgan 333-247 raqamli guvohnomasi). Natijada, ta’minlangan pedagogik shart-sharoitlar talabalarning refleksiv kompetensiyasini shakllantirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak kasbiy ta’lim o‘qituvchilarining refleksiv kompetensiyasini shakllantirishning modelini yaratish hamda ta’lim jarayonining maqsaddan natijagacha bo‘lgan algoritmini maxsus bloklar orqali tavsiya etishga doir takliflar asosida “English for technical studens”  nomli o‘quv qo‘llanmasi ishlab chiqilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 21-avgustdagi 316-sonli guvohnomasi). Natijada mazkur model bo‘lajak kasbiy ta’lim o‘qituvchilarini refleksiv kompetensiyasini shakllantirishga xizmat qilgan;
  “Avtotransport vositalarining texnik ekspluatatsiya va servisi” va “Xorijiy til” fanlaridan amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etishda texnik bilimlarni va til bilish ko‘nikmalarini integratsiyalashga qaratilgan ta’lim metodlarini qo‘llash natijasida mutaxassislikka oid matnlar bilan ishlash, xorijiy adabiyotlar bilan ishlash, taxrirlash, kerakli ma’lumotlarni tarjima qila olish, xorij yetakchi muhandislari bilan hamkorlikda ishlash, zamonaviy asbob uskunalari yo‘riqnomalarini tarjima qila olishga qaratilgan “Avtomobil yo‘nalishida tahsil oluvchi talabalar uchun maxsus lug‘at elektron mobil ilovasi” yaratilgan. Mazkur ta’minot avtomobil yo‘nalishida tahsil oluvchi talabalarning refleksiv kompetensiyasini shakllantirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish