Mamarasulov Akmaljon Mamatoҷievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kosmonim komponentli frazeologizm va maqollarning leksik-stilistik hamda lingvomadaniy tadqiqi (nemis va o‘zbek tillari misolida)” 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Fil6221
Ilmiy rahbar: Kaharova Mavluda Mukarramovna, filologiya fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSs.30.12.2019.Fil.05.02 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: filologiya fanlari doktori, dotsent Yo‘lchiev Qahhorjon Vahobovich, filologiya fanlari nomzodi, professor Begmatov Muxtor Begmatovich.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat chet tillari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Nemis va o‘zbek tillaridagi kosmonimlar ishtirok etgan frazeologizm va maqollarni chog‘ishtirma tahlil qilish hamda har ikki tildagi umumiy va farqli jihatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
nemis va o‘zbek tillaridagi kosmonim komponentli frazeologizmlar hamda maqollar lingvokulturologik tahlil etilib, ular orqali ikki xalqning kundalik hayoti, urf-odatlari va madaniyatida aks etgan ma’no anglatishdagi milliy-differensial xususiyatlar dalillangan;
nemis va o‘zbek tillarida “quyosh, oy, yulduz” leksemalari tahlili natijasida ijobiy xususiyatlardan motivatsiya, mas’uliyat, yuqori maqsadga erishish, intilish, shijoat, yordam, hamkorlik, kuch, mehnatsevarlik, mahorat, fazilat, sevgi, mehr, yorug‘lik; salbiy jihatlardan qorong‘ulik, o‘lim, adovat, dangasalik, yalqovlik, o‘g‘rilik, uquvsizlik; belgi ifodalovchi sifatida imo-ishoralar, shakl, nom, xabar kabi semalarga egaligi aniqlangan;
nemis va o‘zbek tillaridagi kosmonim komponentli frazeologizm hamda maqollar asosida xalqning lingvokulturologik tafakkuri, bu birliklarning semantik, assotsiativ xususiyatlari aniqlanib, ularning madaniy tipologiyasi va lingvokulturologik funksiyalari tasniflangan, kosmonimlar orqali ifodalangan qadriyatlar, emotsional holatlar, axloqiy me’yorlarning xalq madaniyati bilan uzviy bog‘liqligi asoslangan;
nemis va o‘zbek tillaridagi kosmonim komponentli frazeologizm, maqollarning semantik tahlili orqali ularning denotativ ma’noda mazmuniy ikki qatlamli xususiyati, konnotativ ma’noda inson kayfiyati, baxt, taqdir, orzu kabi ma’nolarga egaligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek va nemis tillarida “Kosmonim komponentli frazeologizm va maqollarning leksik-semantik hamda lingvomadaniy tahlili natijalari asosida:
nemis va o‘zbek tillaridagi kosmonim komponentli frazeologizmlar hamda maqollar lingvokulturologik tahlil etilib, ular orqali ikki xalqning kundalik hayoti, urf-odatlari va madaniyatida aks etgan ma’no anglatishdagi milliy-differensial xususiyatlar dalillanganligiga oid xulosalardan 2022-2023-yillarga mo‘ljallangan AL-FDU2022307-010 raqamli “Lingvistik tahrir va tarjimashunoslik” ilmiy-tadqiqot markazida “Antiplagiat” dasturini amaliyotga joriy etishda, ilmiy-amaliy loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (Farg‘ona davlat universitetining 2024-yil 5-dekabrdagi 04/7158-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida kosmonim birliklarning xalqona tafakkurdagi aksi, frazeologik birliklardagi milliy-madaniy ko‘rinishi hamda ularning tarjimashunoslik jarayonidagi funsional qiyosiy tahliliga asoslangan amaliy yondashuv shakllantirilgan;
nemis va o‘zbek tillarida “quyosh, oy, yulduz” leksemalari tahlili natijasida ijobiy xususiyatlardan motivatsiya, mas’uliyat, yuqori maqsadga erishish, intilish, shijoat, yordam, hamkorlik, kuch, mehnatsevarlik, mahorat, fazilat, sevgi, mehr, yorug‘lik; salbiy jihatlardan qorong‘ulik, o‘lim, adovat, dangasalik, yalqovlik, o‘g‘rilik, uquvsizlik; belgi ifodalovchi sifatida imo-ishoralar, shakl, nom, xabar kabi semalarga egaligi aniqlanganligiga doir xulosalardan 2017-2020-yillarda amalga oshirilgan OT-F-1-100 raqamli “Imkoniyati cheklangan bolalar ijtimoiy-madaniy faoliyatining badiiy-ijodiyot vositalari asosida nazariy va amaliy takomillashuvi” nomli fundamental loyiha doirasida 2020-yilda “Farg‘ona” nashriyoti tomonidan nashr etilgan “Barkamol insonni tarbiyalash – davr talabi” nomli o‘quv-uslubiy ko‘rsatmaning “Shaxs intellektual madaniyati va uni rivojlantirish masalalari” nomli 4-bobini tayyorlash va nashr etishda foydalanilgan (Farg‘ona davlat universitetining 2024-yil 5-dekabrdagi 04/7160-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quv-uslubiy ko‘rsatmaning ilmiy-nazariy asoslari mukammallashgan, ilmiy dalillarga boy bo‘lishi ta’minlangan;
nemis va o‘zbek tillaridagi kosmonim komponentli frazeologizm hamda maqollar asosida xalqning lingvokulturologik tafakkuri, bu birliklarning semantik, assotsiativ xususiyatlari aniqlanib, ularning madaniy tipologiyasi va lingvokulturologik funksiyalari tasniflangan, kosmonimlar orqali ifodalangan qadriyatlar, emotsional holatlar, axloqiy me’yorlarning xalq madaniyati bilan uzviy bog‘liqligi asoslanganligiga doir xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari” eshittirishlarining ssenariylarini yozishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2024-yil 16-dekabrdagi 04-36-1305-son ma’lumotnomasi). Natijada bu eshittirishlar uchun tayyorlangan materiallar mazmuni va badiiy saviyasi boyitilgan;