Shermamatova Sevara O‘ktamjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Xudoyberdi To‘xtaboevning “Besh bolali yigitcha” va Gertruda Chendler Uornerning “Yuk vagonidagi bolalar” romanlarida o‘smir obrazi 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Fil5835.
Ilmiy rahbar: Usmanova Sevara Sultanovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: filologiya fanlari doktori, dotsent Qahhorjon Yulchiev, ikkinchi rasmiy opponent sifatida filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Nabiya Abdullaeva.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat chet tillari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek va Amerika adiblari ijodida o‘smir obrazi badiiy ifodasini tahlil qilish, yozuvchi biografiyasi va uslubining qahramon yaratishda hamda badiiy g‘oyani ifoda etishdagi ahamiyatini qiyosiy jihatdan o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
o‘zbek va Amerika nasrida obraz yaratishdagi ifoda va tasvir usullari, ularning takomili bilan bog‘liq ilmiy-nazariy asoslar, o‘smir obrazi talqinidagi mas’uliyatlilik, yetakchilik, chidamlilik xususiyatlari badiiy asarlarni qiyoslash orqali dalillangan;
Xudoyberdi To‘xtaboevning “Besh bolali yigitcha” va Gertruda Chendler Uornerning “Yuk vagonidagi bolalar” romanlaridagi Orifjon va Genri obrazlarida oila birligi, mas’uliyat, mustaqillik, yashash uchun kurash kabi g‘oyalarning aks ettirilishi aniqlangan;
yozuvchining shaxsiy hayot tajribasi bolalik xotiralari va ijtimoiy muhiti ularning yaratgan obrazlariga ijodiy dunyoqarashi hamda qahramon yaratish uslubiga ta’sir qilishi asoslangan;
o‘zbek adabiyotida oilaviy qadriyatlar, kattalarni hurmat qilish, jamoa mas’uliyatini namoyon etuvchi o‘smir obrazi bilan Amerika adabiyotida individualizm, mustaqillik, demokratik qadriyatlarni ifodalovchi o‘smir obrazi o‘rtasidagi farqli jihatlar aniqlangan va bu xususiyatlar har ikki millat madaniyati, ijtimoiy tuzumi va tarbiyaviy an’analari bilan bog‘liqligi dalillangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xudoyberdi To‘xtaboevning “Besh bolali yigitcha” va Gertruda Chendler Uornerning “Yuk vagonidagi bolalar” romanlarida o‘smir obrazi tahlili natijalari asosida:
o‘zbek va Amerika nasrida obraz yaratishdagi ifoda va tasvir usullari, ularning takomili bilan bog‘liq ilmiy-nazariy asoslar, o‘smir obrazi talqinidagi mas’uliyatlilik, yetakchilik, chidamlilik xususiyatlari badiiy asarlarni qiyoslash orqali dalillanganligi, Xudoyberdi To‘xtaboevning “Besh bolali yigitcha” va Gertruda Chendler Uornerning “Yuk vagonidagi bolalar” romanlaridagi Orifjon va Genri obrazlarida oila birligi, mas’uliyat, mustaqillik, yashash uchun kurash kabi asar g‘oyasining aks ettirilishi aniqlanganligiga doir ilmiy xulosa va natijalaridan Farg‘ona davlat universitetida 2022-2024-yillarga mo‘ljallangan “English Access Microscholarship program” xalqaro loyixasining nazariy asosini mustahkamlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 21-iyuldagi 04/6643-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek va Amerika nasrida o‘smir obrazining o‘xshash va farqli jihatlari haqida nazariy xulosalar chiqarilgan.
yozuvchining shaxsiy hayot tajribasi bolalik xotiralari va ijtimoiy muhiti ularning yaratgan obrazlariga ijodiy dunyoqarashi hamda qahramon yaratish uslubiga ta’sir qilishi asoslanganligiga doir taklif va xulosalaridan Amerika Qo‘shma Shtatlarining O‘zbekistondagi elchixonasining 2021-2023- yillarda faoliyat olib borgan “Mindonobod Satellite Access Microssholarship Program” S-UZ800-21-GR-3126 xalqaro amaliy loyixasi doirasida foydalanilgan (Farg‘ona tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limining 2025-yil 5-martdagi 5-son ma’lumotnomasi). Natijada amaliy loyiha o‘zbek va Amerika adabiyotida yaratilgan “Besh bolali yigitcha” va “Yuk vagonidagi bolalar” romanlarida yozuvchi biografiyasining badiiy talqini haqidagi ma’lumotlar bilan boyitilgan.
o‘zbek adabiyotida oilaviy qadriyatlar, kattalarni hurmat qilish, jamoa mas’uliyatini namoyon etuvchi o‘smir obrazi bilan Amerika adabiyotida individualizm, mustaqillik, demokratik qadriyatlarni ifodalovchi o‘smir obrazi o‘rtasidagi mushtarak va farqli jihatlar aniqlanganligi va bu xususiyatlar har ikki millat madaniyati, ijtimoiy tuzumi va tarbiyaviy an’analari bilan bog‘liqligi dalillanganligiga oid ilmiy yangiliklardan “O‘zbekiston” teleradiokanalida 2024-2025-yillarda efirga uzatilgan “Adabiy jarayon”, “Bedorlik”, “Jahon adabiyoti”, “O‘zbek nasri” nomli dasturlar ssenariylarini yozishda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2025-yil 18-iyul`dagi 05-09-1185-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur ko‘rsatuvlar orqali bolalar adabiyoti, xususan, Xudoyberdi To‘xtaboev va Gertruda Chendler Uorner asarlarining badiiy qimmati, mavzu-mundarijasiga oid muhim fikrlarni taqdim etishga erishilgan.