Xojiqulov Naimjon Raimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Jamiyat muhitida o‘g‘il bola tarbiyasining asosiy yo‘nalishlari va o‘zgarishlar tendensiyasi (ijtimoiy-falsafiy tahlil)” 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Fal1175
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti PhD.03/30.04.2021.F.76.06.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Qahhorova Matlyuba Manofovna falsafa fanlari doktori (DSc), professor.
Rasmiy opponentlar: Mirzaxmedov Abdirashid Mamasidikovich, falsafa fanlari doktori, professor, Xo‘jaev Mo‘minjon Isoxonovich falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Jamiyat muhitida o‘g‘il bola tarbiyasining asosiy yo‘nalishlari va o‘zgarishlar tendensiyasini tadqiq etishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
o‘g‘il bola shaxsiga xos bo‘lgan jasurlik, intizomlilik, mas’uliyatlilik, maqsad sari intilish, hamkorlik, liderlik kabi shaxsiy va jamoaviy fazilatlari va “o‘g‘il bola tarbiyasi”ning ijtimoiy-falsafiy, madaniy - biologik jihatlarini  tarbiyalash ehtiyoji “shaxs va oila”, “oila va jamiyat”, “jamiyat va davlat” ijtimoiy-madaniy munosabatlar kontekstida ochib berilgan; 
o‘g‘il bola tarbiyasi takomillashtirishga kvalimetrik nuqtai nazardan yondashib, umuminsoniy qadriyatlarga tayanishda adolatlilik, ijtimoiy javobgarlik kabi tamoyillarning aksiologik afzalliklari aniqlashtirilgan;
tarbiya jarayonini amalga oshirishning akmeologik, andragogik, kommunikativ paradigmalariga ko‘ra, o‘g‘il bola tarbiyasini mustahkamlashning sotsiosentrik, antroposentrik, transsendental omillari ta’lim falsafasi chorrahasida ilmiy asoslangan;
jamiyatda tarbiya tendensiyalarining taraqqiyoti va tarbiya obekti manzilli tadqiq etilib, “o‘g‘il bola” shaxsiga xos jihatlar va uning tarbiyasiga ta’sir etuvchi determenantlarning gnoseologik, ontologik, aksiologik va prakselogik omillari asosida Yangi O‘zbekistonda o‘g‘il bola tarbiyasini tadqiq etishning nazariy modeli takomillashtirilgan. 
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Jamiyat muhitida o‘g‘il bola tarbiyasining asosiy yo‘nalishlari va o‘zgarishlar tendensiyasi (ijtimoiy-falsafiy tahlil) mavzusidagi ilmiy tadqiqot natijalaridan:
Tarbiya jarayonida jamiyatda muhiti barqarorligini ta’minlovchi aksiologik, pedagogik, androgogik, akmeologik, kommunikativ paradigmalarni aniqlanib, o‘g‘il bola tarbiyasiga ta’sir etuvchi transsendental, sotsiotsentrik va antropotsentrik qadriyatlar tizimi asoslangan, o‘g‘il bola tarbiyasini tadqiq etishning ijtimoiy-falsafiy modeli ishlab chiqilib: jamiyat muhitining mikro bosqichida “tarbiyaning ob’ektini tanlash – predmetini (tarbiya usul va shakllarini) ajratib olish – xossaviy jihatlarini inobatga olishning ilmiy metodologiyani belgilashda mikro muhitning o‘z’aro bog‘lovchi mahallada tarbiya faoliyatini funksionallashuviga olib keluvchi  determenantlari aniqlashtirilgan holda O‘zbekiston “Milliy Tiklanish” demokratik partiyasining faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston “Milliy Tiklanish” demokratik partiyasining markaziy kengashining 2025-yil 27-yanvardagi 01/3-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur natijalarning amaliyotga tadbiq etilishi tarbiya jarayoni samaradorligiga to‘siq bo‘layotgan muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etishga doir chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqish uchun xizmat qilgan.
“o‘gil bola tarbiyasi” va milliy tarbiyada o‘gil bolaga xos bo‘lgan mas’uliyat, maqsadga intilish, axloqiylik kabi shaxsiy fazilatlarni tarbiyalash zaruratiga oid tadqiqot yangiliklaridan O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2024 va 2025 yillarda o‘tkazilgan “Assalom O‘zbekiston”, “Munosabat”  targ‘ibot-tahliliy ko‘rsatuvlarini tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2024-yil 27-dekabrdagi 02-15-1365-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘g‘il bola tarbiyasiga ta’sir etuvchi sotsial omillar va O‘zbekistonda olib borilayotgan yoshlar siyosati samaradorligining joriy holati empirik jihatdan aniqlandi.
 O‘g‘il bolalarni mustaqillik ruhida, yangicha fikrlovchi shaxs sifatida tarbiyalash dolzarbligi inobatga olinib, tarbiya mazmunini qaytadan ko‘rib chiqish va uni yanada boyitish, uning asosiy yo‘nalishlarini belgilash, maqsad va vazifalarni hamda ularni qanday vositalar bilan amalga oshirish yo‘llarini aniqlashning ijtimoiy-falsafiy, ijtimoiy-pedagogik va ijtimoiy-psixologik mexanizmlari tatbiq etilgan bo‘lib, ilmiy xulosalari, takliflari va tavsiyalari ilmiy natijalaridan Oila va gender ilmiy-tadqiqot institutining JHBL-B3-sonli “Otalarning oilaviy hayot va farzand tarbiyasidagi o‘rnini ilmiy tadqiq etish” mavzusidagi loyihasida foydalanilgan. (Oila va xotin qizlar qo‘mitasi “Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti”ning 2025-yil 7-apreldagi 01-09/2586-son ma’lumotnomasi) Natijada mazkur loyiha bo‘yicha tayyorlangan taklif va tavsiyalarning nazariy-metodologik va amaliy jihatdan asoslanishi, samaradorligi oshishiga xizmat qilgan. 
“o‘g‘il bola tarbiyasi” va milliy tarbiyada o‘g‘il bolaga xos bo‘lgan mas’uliyat, maqsadga intilish, axloqiylik kabi shaxsiy fazilatlarni tarbiyalash zaruratinuqtai nazaridan kelib chiqqan holda ilmiy xulosalar, taklif va tavsiyalari ilmiy natijalaridan O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari qo‘mitasi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari qo‘mitasining 2025-yil 21-apreldagi 02-02/1/1100-son malumotnomasi). Natijada o‘g‘il bolani tarbiyalashda axloqiylik, sadoqat, burch, mas’uliyat, e’tiqodlilik, oila, vatanga sadoqatlilik tamoyillarini singdirish va rivojlantirish bo‘yicha chora tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishga asos bo‘ldi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish