Temirov Sheroz To‘raevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “XX asrning boshlarida Buxoroda ilmiy va adabiy muhit tarixi (Mir Muhammad Siddiq Hashmat asarlari misolida)”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi, 07.00.08 – Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari (tarix fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Tar642
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat texnika universitetida
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/27.09.2024.Tar.72.07 raqamli Ilmiy kengash asosidagi Bir martalik ilmiy kengash
Ilmiy rahbar: Xoliqova Rahbar Ergashevna - tarix fanlar doktori, professor;
Rasmiy opponentlar: Xudoyqulov To‘lqin Do‘stbobevich - tarix fanlari doktori, professor; Axmadov Amonkeldi Hasanovich - filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent;
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Mir Muhammad Siddiq Hashmat asarlari misolida XX asrning boshlarida Buxorodagi ilmiy va adabiy muhiti tarixini tadqiq etishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi
Mir Muhammad Siddiq Hashmatning qo‘lyozma va nashr etilgan asarlari ilk bor Buxoro ilmiy-adabiy muhitini o‘rganishning asosiy manbasi sifatida baholanib, uning tazkiranavis, shoir va muarrix, kotib sifatlari yuqori baholanib, o‘z zamonasining adabiy jarayonlari va ma’naviy hayotida faol qatnashganligi asoslangan;
Mir Muhammad Siddiq Hashmatning ma’rifatparvarlik harakatiga munosabati, adabiy-estetik qarashlari, uning ilmiy merosida aks etgan madrasa hayoti, adabiy an’analar, ilmiy maktablar va adabiy doiralar haqidagi ma’lumotlar, ma’rifiy va ijtimoiy jarayonlar bilan bog‘liq qarashlari dalillandi;
Mir Muhammad Siddiq Hashmat ilmiy merosida qayd etilgan tarixiy voqealar, she’r yozgan shoh va shahzodalar, 197 nafar adib, shoir va mutafakkirlar (Jaloliy, Himmat, Piram Aliy, hind shoirlari Ozod, Orzu va Hazin, Buxoro shoirlaridan Amir, Somiy va boshqalar) va madaniy jarayonlar zamondosh manbalar bilan qiyosiy tahlil qilinib, XX asr boshlaridagi Buxoro ilmiy-adabiy muhiti tarixini qayta tiklash jarayonida mustaqil ahamiyatga ega bo‘lgan uo‘nalishlari asoslangan;
Mir Muhammad Siddiq Hashmatning Buxoro ilmiy jamiyatidagi o‘ziga xos o‘rni, zamondoshlari va maslakdoshlariga insoniy munosabati, ijtimoiy-madaniy jarayonlardagi ishtiroki, hamda o‘z davridagi ulkan kutubxonasida 1000 jilddan ortiq sharq nodir qo‘lyozmalar, yuzlab toshbosma kitoblar, ko‘plab to‘plamlar (Muhammad G‘azzoliyning “Ihyou ulumiddin”, Nosiriddin Tusiyning “Axloqi Nosiriy”, Bedil, Sa’diy va Hofiz asarlari, turli bayozlar, tazkiralar, diniy asarlar, sharhlar, adabiyotga oid ruknlar, shuningdek, biologiya, astrologiya, tarix kabi fanlarga oid manbalar)ga ega ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. XX asr boshlarida Buxoro ilmiy va madaniy muhitida Mir Muhammad Siddiq Hashmatning tutgan o‘rni yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
Mir Muhammad Siddiq Hashmatning qo‘lyozma va nashr etilgan asarlari ilk bor Buxoro ilmiy-adabiy muhitini o‘rganishning asosiy manbasi sifatida baholanib, uning tazkiranavis, shoir va muarrix, kotib sifatlari yuqori baholanib, o‘z zamonasining adabiy jarayonlari va ma’naviy hayotida faol qatnashganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan Buxoro viloyat teleradikompaniyasining “Assalom Buxoro”, “Najot bilimda”, “Yoshlar vaqti”, “Zamondosh” teleko‘rsatuvlarini tayyorlashda keng foydalanildi (O‘zbekiston Milliy teleradiokampaniyasi Buxoro viloyat teleradikompaniyasining 2024-yil 11-martdagi 01-09-48-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy qilinishi natijasida teletomoshabinlar Mir Muhammad Siddiq Hashmatning XX asrning boshlarida Buxoroda ilmiy va adabiy muhit tarixida tutgan o‘rni borasida tushunchaga ega bo‘lishdi hamda teleko‘rsatuvlarning ilmiyligi va ommabopligini oshirishga xizmat qilgan.
Mir Muhammad Siddiq Hashmat ilmiy merosida qayd etilgan tarixiy voqealar, she’r yozgan shoh va shahzodalar, 197 nafar adib, shoir va mutafakkirlar (Jaloliy, Himmat, Piram Aliy, hind shoirlari Ozod, Orzu va Hazin, Buxoro shoirlaridan Amir, Somiy va boshqalar) va madaniy jarayonlar zamondosh manbalar bilan qiyosiy tahlil qilinib, XX asr boshlaridagi Buxoro ilmiy-adabiy muhiti tarixini qayta tiklash jarayonida mustaqil ahamiyatga ega bo‘lgan uo‘nalishlari borasidagi ma’lumotlardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024-yil uchun chora-tadbirlar dasturining III yo‘nalishida belgilangan “G‘oya va mafkura masalasi hamda ilm-fan va ma’rifat targ‘iboti” 16-bandi “Buyuk alloma va mutafakkirlarimiz hayoti va faoliyatini chuqur o‘rganish, boy ma’naviy va madaniy meroslarini asrab avaylash, ilmiy-ijodiy asarlarini keng targ‘ib qilish” mavzusida targ‘ibot ishlarini tashkil etishda keng foydalanildi (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi 2024-yil 27-maydagi 227-son ma’lumotnomasi). Natijada, targ‘ibotda ishtirok etgan shaxslarda ilmiy-adabiy muhut borasidagi qarashlari boyishiga xizmat qilgan.
Mir Muhammad Siddiq Hashmatning ma’rifatparvarlik harakatiga munosabati, adabiy-estetik qarashlari, uning ilmiy merosida aks etgan madrasa hayoti, adabiy an’analar, ilmiy maktablar va adabiy doiralar haqidagi ma’lumotlar, ma’rifiy va ijtimoiy jarayonlar bilan bog‘liq qarashlari to‘g‘risidagi ma’lumotlardan Buxoro viloyati “Navqiron Buxoro” ijtimoiy tekshirishlar markazining 2020-2023-yillar davomida bajarilgan 07/1 sonli “Korrupsiyadan xoli jamiyat: muammo va echimlar” mavzusidagi fundamental ilmiy-tadqiqot loyihasi doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanildi (Buxoro viloyati “Navqiron Buxoro” ijtimoiy tekshirishlar markazining 2024-yil 27-maydagi 04/11-son ma’lumotnomasi). Berilgan ma’lumotlar xalqni ilmga qiziqishini ortishiga va bu orqali jamiyatda korrupsiya holatlarini kamaytirishga xizmat qildi.
Mir Muhammad Siddiq Hashmatning Buxoro ilmiy jamiyatidagi o‘ziga xos o‘rni, zamondoshlari va maslakdoshlariga insoniy munosabati, ijtimoiy-madaniy jarayonlardagi ishtiroki, hamda o‘z davridagi ulkan kutubxonasida 1000 jilddan ortiq sharq nodir qo‘lyozmalar, yuzlab toshbosma kitoblar, ko‘plab to‘plamlar (Muhammad G‘azzoliyning “Ihyou ulumiddin”, Nosiriddin Tusiyning “Axloqi Nosiriy”, Bedil, Sa’diy va Hofiz asarlari, turli bayozlar, tazkiralar, diniy asarlar, sharhlar, adabiyotga oid ruknlar, shuningdek, biologiya, astrologiya, tarix kabi fanlarga oid manbalar)ga ega ekanligi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi faoliyatida partiya tizimidagi xodimlarning siyosiy-huquqiy, ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish, o‘quv-uslubiy hamda mafkuraviy targ‘ibot ishlarida foydalanildi (O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi markaziy kengashining-2024-yil 10-iyundagi 02/02-32-sonli ma’lumotnomasi). Natijalarning amaliyotga joriy qilinishi Mir Muhammad Siddiq Hashmat kutubxonasidagi kitoblar taqdiri va ularning izlab topish ishlari davom etmoqdaligidan hamda u tomonidan yaratilgan tazkiralar va ma’rifatparvarlik g‘oyalari bugungi kunda yoshlarni barkamol, ilmga intiluvchan, jamiyat rivojiga o‘z hissasini qo‘sha oladigan, rostgo‘y va halol inson bo‘lib etishish imkoniyatlarini yanada kengaytirish masalalari bo‘yicha ma’lumotlarni olish imkonini berdi.