Xidirov Mustafo Toyirqulovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bilim va faoliyat dialektikasining falsafiy-metodologik jihatlari” 09.00.01 – Ontologiya, gnoseologiya va mantiq (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.DSc/Fal305.
Ilmiy maslahatchi: Shermuxamedova Nigina Arslanovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.05.
Rasmiy opponentlar: Berdimuratova Alima Karlibaevna – falsafa fanlari doktori, professor, Ramatov Jumaniyoz Sultonovich – falsafa fanlari doktori, Mo‘minova Zarifa Odilovna – falsafa fanlari doktori, dotsent. Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bilim va faoliyatning o‘zaro ta’siri, ularning dialektik munosabatlarini falsafiy-metodologik jihatdan ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bilim va faoliyat dialektikasining antropologik, gnoseologik, ontologik, mantiqiy va aksiologik asoslari falsafiy tafakkur taraqqiyotida faoliyat subekti sifatida insonning ijtimoiy ong va ijtimoiy munosabatlar orqali shakllanishi subektning obekt bilan o‘zaro faol o‘zgaruvchan aloqasining mahsuli ekanligi asoslangan;
klassik falsafiy kategoriyalar – bilish, bilim, faoliyat tizimini neyrofan va neyrofalsafani o‘z ichiga olgan fanlararo metodologik yondashuv asosida qayta shakllantirish zaruriyati, bilimning kognitiv faoliyat natijasi sifatidagi postraqamli davr uchun yangi epistemologiyani shakllantirish imkonini berishi, ularning zamonaviy fan va ta’limdagi o‘rni ochib berilgan;
zamonaviy fan va madaniyatda bilishning ikki tomonlama tabiati mantiqiy-ratsional tafakkur bilan irratsional-intuitiv-ezoterik bilish usullari o‘rtasidagi bog‘liqlik va ularning o‘zaro ta’siri hamda ratsional bilimning asosiy manbai sifatida tajriba va aql, irratsional bilimlar – ezoterik, intuitiv, simvolik, mifologik bilim shakllari – inson faoliyatida ilhom, motivatsiya va ma’naviy mazmunni aks ettirishi ochib berilgan;
megaong bilan bog‘liq raqamli jamoaviy aql, neyrotarmoqlar va neyrobilimlar ma’lumotlarining tafakkurga integratsiyasi hamda sun’iy intellekt va neyroaxloq muloqot shakllarining tutashgan nuqtasida vujudga kelgan kognitiv-raqamli faoliyatning yangi falsafiy amaliyot shakli sifatida namoyon bo‘lishi, undan inson faoliyatining ta’lim, fan, siyosat va madaniyat kabi murakkab sohalarida foydalanishning ahamiyati ochib berilgan;
faoliyatning ekologik jihatlari sifatida tabiiy borliqning mavjudligini anglash, ekologik bilishning subektiv va obektiv asoslarini aniqlash, ekologik tafakkurning sababiy-mantiqiy strukturasi va undan dialektik tamoyillarning tabiat va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlarini uyg‘unlashtirish, barqaror ekologik tafakkurni shakllantirish hamda ekologik mas’uliyatli xatti-harakatni tashkil etishning epistemologik jihatlari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Bilim va faoliyat dialektikasining falsafiy-metodologik jihatlari” mavzuidagi tadqiqot natijalari asosida:
bilim, amaliyot, haqiqat kategoriyalarining keng qamrovli falsafiy- bilim va faoliyat dialektikasining antropologik, gnoseologik, ontologik, mantiqiy va aksiologik asoslari falsafiy tafakkur taraqqiyotida faoliyat subekti sifatida insonning ijtimoiy ong va ijtimoiy munosabatlar orqali shakllanishi subektning obekt bilan o‘zaro faol o‘zgaruvchan aloqasining mahsuli ekanligiga oid ilmiy xulosalar va tavsiyalardan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqot markazining O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalarini o‘quv adabiyotlar bilan ta’minlash to‘g‘risida” 2018-yil 10-oktyabrdagi 816-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida adabiyotlar ta’minlashdagi faoliyatida foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqot markazining 2025-yil 6-noyabrdagi 02/01-01-476-son ma’lumotnomasi). Natijalar, Falsafa va madaniyatshunoslik fanining mavzularini takomillashtirishga xizmat qilgan;
klassik falsafiy kategoriyalar – bilish, bilim, faoliyat tizimini neyrofan va neyrofalsafani o‘z ichiga olgan fanlararo metodologik yondashuv asosida qayta shakllantirish zaruriyati, bilimning kognitiv faoliyat natijasi sifatidagi postraqamli davr uchun yangi epistemologiyani shakllantirish imkonini berishi, ularning zamonaviy fan va ta’limdagi o‘rniga oid taklif va tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024-yil uchun chora-tadbirlar dasturining V yo‘nalishida belgilangan “Madaniyat, san’at, teatr, muzey, kitobxonlik va ijod sohalarini rivojlantirishga doir chora-tadbirlar” 39-bandi “Respublika bo‘ylab “Ma’rifat ulashib”, “Kitob karvoni” aksiyalarini tashkil qilish orqali hududlardagi ta’lim muassasalari, kutubxonalar va mahallalarga adabiy- ma’rifiy mavzulardagi adabiyotlarni beg‘araz etkazib berish” mavzusida targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda foydalanilgan. (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti 2024-yil 25-dekabrdagi 4-16-21-6953-son ma’lumotnomasi). Natijalar yosh tadqiqotchilarning ilmiy faoliyatida bilim va faoliyat dialektikasiga erishishning amaliy jihatlarini aniqlashga xizmat qilgan;
zamonaviy fan va madaniyatda bilishning ikki tomonlama tabiati mantiqiy-ratsional tafakkur bilan irratsional-intuitiv-ezoterik bilish usullari o‘rtasidagi bog‘liqlik va ularning o‘zaro ta’siri hamda ratsional bilimning asosiy manbai sifatida tajriba va aql, irratsional bilimlar – ezoterik, intuitiv, simvolik, mifologik bilim shakllari – inson faoliyatida ilhom, motivatsiya va ma’naviy mazmunni aks ettirishiga oid xulosalardan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan FZ-2020010829-raqamli “Talaba yoshlar ilmiy faoliyatida amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishning innovatsion mexanizmlari” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda, Yoshlar ishlari agentligining 2024-yilga rejalashtirilgan targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy universitetining 2025-yil 6-iyundagi 04/11-7817-sonli va O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2024-yil 25-dekabrdagi 4-16-21-6953-son ma’lumotnomasi). Natijalar talabalarning egallangan bilimlardan amaliyotda foydalanish, tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarining shakllanishiga xizmat qilgan;
megaong bilan bog‘liq raqamli jamoaviy aql, neyrotarmoqlar va neyrobilimlar ma’lumotlarining tafakkurga integratsiyasi hamda sun’iy intellekt va neyroaxloq muloqot shakllarining tutashgan nuqtasida vujudga kelgan kognitiv-raqamli faoliyatning yangi falsafiy amaliyot shakli sifatida namoyon bo‘lishi, undan inson faoliyatining ta’lim, fan, siyosat va madaniyat kabi murakkab sohalarida foydalanishning ahamiyatiga oid g‘oyalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali DUK “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyati tomonidan tayyorlangan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Adabiy jarayon” radio-eshittirishlarini tayyorlashda (2022-2024-yillar davomida) foydalanilgan. (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2024-yil 24-dekabrdagi 04-36-1332-sonli ma’lumotnomasi). Natijalar O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining ko‘rsatuvlarida yoshlarga oid davlat siyosatining ahamiyatini tushunish, ularning ijtimoiy faolligini oshirishga xizmat qilgan;
faoliyatning ekologik jihatlari sifatida tabiiy borliqning mavjudligini anglash, ekologik bilishning subektiv va obektiv asoslarini aniqlash, ekologik tafakkurning sababiy-mantiqiy strukturasi va undan dialektik tamoyillarning tabiat va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlarini uyg‘unlashtirish, barqaror ekologik tafakkurni shakllantirish hamda ekologik mas’uliyatli xatti-harakatni tashkil etishning epistemologik jihatlari bo‘yicha tavsiyalardan O‘zbekiston Ekologik partiyasi faoliyati dasturiy maqsad vazifalarini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Ekologik partiyasining 2025-yil 23-iyundagi 02-217-sonli ma’lumotnomasi). Natijalar, innovatsion rivojlanish, murakkab ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarni boshqarish va barqaror taraqqiyot jarayonlariga nisbatan xolis yondashuvlarning shakllanishiga xizmat qilgan.