Boltaboev Muxammadjon Axmadjon o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): O‘zbekistonda musulmon diniy muassasalari vaqf mulklarining ekspropriatsiya qilinishi va uning oqibatlari (XX asrning 20-yillari), 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Tar1393.
Ilmiy rahbar: Juraev Xusniddin Pazliddinovich – tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/31.03.2021.Tar.05.05.
Rasmiy opponentlar: Komilov Oybek Kamilovich – tarix fanlari doktori, Rasulov Baxtiyor Maxmudjonovich – tarix fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda XX asrning 20-yillarida faoliyat ko‘rsatgan musulmon diniy muassasalariga tegishli vaqf mulklarining ekspropriatsiya qilinishi jarayonlari tarixi hamda uning oqibatlarini yoritishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Turkiston ASSRda sovet hukumatining musulmon diniy muassasalari faoliyatiga qarshi keskin kurash olib borganligi, shu maqsadda Maorif xalq komissarligi huzurida 1923-yilda Bosh vaqf boshqarmasining tuzilganligi hamda uning masjid va madrasalarga qarashli vaqf mulklarini natsionalizatsiya qilish bahonasida davlat tasarrufiga o‘tkazish borasidagi faoliyati ochib berilgan;
BXSRdagi vaqflarni ekspropriatsiya qilishga doir keskin kurash aynan respublika faoliyatining so‘nggi 1924-yilidan boshlab keskin va jiddiy tus olganligi, sovet direktiv organlarining bu erdagi diniy muassasalarni isloh qilish bahonasida ularga asta-sekin “sovet yagona mehnat maktablari” maqomini berishga qaratilgan urinishlari, mavjud vaqflarni esa davlatning umumiy er fondi hisobiga o‘tkazishga doir doimiy kurash olib borganligi asoslangan;
XXSRdagi vaqf mulklarini tugatishga qaratilgan chora-tadbirlar ikki bosqichda amalga oshirilganligi, birinchi bosqich – 1920-yilning may oyidagi “Madrasalar islohoti to‘g‘risida”gi Nizomni qabul qilinishi va uning oqibatida sovet maktablariga ko‘proq o‘quvchilarni jalb qilishga katta ahamiyat berilganligi, ikkinchi bosqich – 1923-yilning 20-oktyabrida Butun Xorazm Sovetlarining IV qurultoyida qabul qilingan “Vaqflar to‘g‘risida”gi maxsus rezolyusiya qabul qilinishi ortidan respublikadagi barcha vaqf erlariga yagona qishloq xo‘jaligi solig‘ini majburiy joriy qilinganligi aniqlangan;
O‘zSSRdagi vaqf mulklarini ekspropriatsiya qilishga doir sa’y-harakatlar to‘lqini uch xil tashkiliy-amaliy ko‘rinishdagi tadbirlar bilan bevosita bog‘liq holda kechganligi, birinchi harakat sifatida O‘zSSR Maorif xalq komissarligiga qarashli Bosh vaqf boshqarmasining tuzilishi va uning keyingi faoliyati, ikkinchi “er-suv islohoti” ko‘rinishidagi agrar tadbirlar – 1925-1929-yillarda o‘tkazilgan uch bosqichli islohotlar jarayonlari, yakunlovchi “siyosiy bosqich” O‘zSSR MIKning ikkinchi chaqiriq IV sessiyasi (1928-yil 18-noyabr)da “Eski usul maktab va madrasalarni tugatish to‘g‘risida”gi qarorning qabul qilinishi, uning kuchga kiritilishi bilan diniy muassasalar faoliyati tamomila tugatildi, ularning vaqf mulklari ham davlat mulkiga aylantirilganligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda musulmon diniy muassasalari vaqf mulklarining ekspropriatsiya qilinishi va uning oqibatlari (XX asrning 20-yillari) mavzusini tadqiq qilish davomida olingan ilmiy natija va amaliy takliflar asosida:
Turkiston ASSRda sovet hukumatining musulmon diniy muassasalari faoliyatiga qarshi keskin kurash olib borganligi, shu maqsadda Maorif xalq komissarligi huzurida 1923-yilda Bosh vaqf boshqarmasining tuzilganligi hamda uning masjid va madrasalarga qarashli vaqf mulklarini natsionalizatsiya qilish bahonasida davlat tasarrufiga o‘tkazish borasidagi faoliyatiga doir ilmiy xulosalaridan Respublika Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi ekspozisiyasini yanada boyitishda atroflicha foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyining 2024-yil 12-fevraldagi 32-son ma’lumotnomasi). Natijada, muzeyga tashrif buyurgan aholining O‘zbekiston tarixiga oid bilim va tasavvurlarini boyitilishiga xizmat qilgan;
BXSRdagi vaqflarni ekspropriatsiya qilishga doir keskin kurash aynan respublika faoliyatining so‘nggi 1924-yilidan boshlab keskin va jiddiy tus olganligi, sovet direktiv organlarining bu erdagi diniy muassasalarni isloh qilish bahonasida ularga asta-sekin “sovet yagona mehnat maktablari” maqomini berishga qaratilgan urinishlari, mavjud vaqflarni esa davlatning umumiy er fondi hisobiga o‘tkazishga doir doimiy kurash olib borganligiga doir materiallardan O‘zbekiston tarixi kanalida uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariysini tuzishda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” Davlat muassasasining 2024-yil 22-apreldagi 02-31-528-son ma’lumotnomasi). Natijada, ko‘rsatuv dasturlarining mazmunan boyitilishiga, teletomoshabinlarning O‘zbekiston tarixining murakkab davri bilan bogʻliq bilim, tassavurlarini yanada ortishiga xizmat qilgan;
XXSRdagi vaqf mulklarini tugatishga qaratilgan chora-tadbirlar ikki bosqichda amalga oshirilganligi, birinchi bosqich – 1920-yilning may oyidagi “Madrasalar islohoti to‘g‘risida”gi Nizomni qabul qilinishi va uning oqibatida sovet maktablariga ko‘proq o‘quvchilarni jalb qilishga katta ahamiyat berilganligi, ikkinchi bosqich – 1923-yilning 20-oktyabrida Butun Xorazm Sovetlarining IV qurultoyida qabul qilingan “Vaqflar to‘g‘risida”gi maxsus rezolyusiya qabul qilinishi ortidan respublikadagi barcha vaqf erlariga yagona qishloq xo‘jaligi solig‘ini majburiy joriy qilinganligiga oid ma’lumotlardan Xalqaro “Oltin meros” xayriya jamoat fondi dasturlarini amalga oshirishda foydalanilgan (Xalqaro “Oltin meros” xayriya jamoat fondining 2025-yil 16-yanvardagi №01-06.16-01-2025-son ma’lumotnomasi). Natijada, fond dasturlarining amalga oshirishda targ‘ibot materiallarini boyitilishiga xizmat qilgan;
O‘zSSRdagi vaqf mulklarini ekspropriatsiya qilishga doir sa’y-harakatlar to‘lqini uch xil tashkiliy-amaliy ko‘rinishdagi tadbirlar bilan bevosita bog‘liq holda kechganligi, birinchi harakat sifatida O‘zSSR Maorif xalq komissarligiga qarashli Bosh vaqf boshqarmasining tuzilishi va uning keyingi faoliyati, ikkinchi “er-suv islohoti” ko‘rinishidagi agrar tadbirlar – 1925-1929-yillarda o‘tkazilgan uch bosqichli islohotlar jarayonlari, yakunlovchi “siyosiy bosqich” O‘zSSR MIKning ikkinchi chaqiriq IV sessiyasi (1928-yil 18-noyabr)da “Eski usul maktab va madrasalarni tugatish to‘g‘risida”gi qarorning qabul qilinishi, uning kuchga kiritilishi bilan diniy muassasalar faoliyati tamomila tugatildi, ularning vaqf mulklari ham davlat mulkiga aylantirilganligiga doir ma’lumotlardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan A-OT-2021-542-raqamli “Qatag‘on qurbonlarining merosini yanada chuqur o‘rganish, ularning xotirasini abadiylashtirish va ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy g‘oyalarining ta’lim va tarbiyadagi ahamiyati yoritilgan elektron platforma va multimediali kompleksini yaratish” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2025-yil 15-apreldagi №.04/4-4900-son ma’lumotnomasi). Natijada, yosh avlodni Vatan tarixi bo‘yicha bilim va tasavvurlarini yanada kengayishiga, vatanparvarlik, yurtga sadoqat kabi tuyg‘ularini ortishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish