Xaydarova Dilorom Abduxamidovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Jadidchilik g‘oyalarini Yangi O‘zbekiston sharoitiga uyg‘unlashtirish tajribasi va istiqbollari” 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Fal1340
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti PhD.03/30.04.2021.F.76.06.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: p.f.d.(DSc), professor. Zamilova Rimma Ramilevna
Rasmiy opponentlar: G‘aniev Baxodirjon Sadikjanovich falsafa fanlari doktori (DSc), v.b. professor, Abilov O‘rol Murodovich falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi jadidchilik g‘oyalarini Yangi O‘zbekiston sharoitiga uyg‘unlashtirish istiqbollarining ijtimoiy-falsafiy jihatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jadidchilik g‘oyalarining ratsionalizm (aql) va empirizm (tajriba) sinteziga asoslanishi, jamiyatda ta’lim-tarbiya tizimini rivojlantirishning an’anaviy va zamonaviy qadriyatlar uyg‘unligini ta’minlashi orqali, bilimning ijtimoiy va madaniy kontekst bilan bog‘liqligi postmodernizm, konstruktivizm va pragmatizm kabi ta’limotlar bilan mushtarak ekanligi falsafiy asoslangan;
jamiyatda ijtimoiy mobilizatsiya jarayonlari ma’rifatli avlodni shakllantirishning aksiomatik paradigmasida, jadidlarning ma’rifat orqali taraqqiyotga erishish g‘oyalari bilan hamohang bo‘lib, yoshlarda ijtimoiy faollikni oshirishga ta’sir etuvchi ijodkorlik qobiliyatini rivojlantirishga asoslanishi mantiqiy ochib berilgan;
jadidchilik g‘oyalarini Yangi O‘zbekiston sharoitiga uyg‘unlashtirish, yoshlarda demokratik islohotlarga aksiologik munosabatni mustahkamlab, shaxs ta’lim-tarbiyasida gibrid modernizatsiya va innovatsion transformatsiya jarayonlari, jadidchilikning aksiologik iepapxiyasida ong-qadriyat-faoliyat birligida shakllanishi aniqlangan;
Yangi O‘zbekistonning ijtimoiy taraqqiyotini mustahkamlashda, jadidchlarning ijtimoiy birdamlikni ta’minlashga doir ijtimoiy tenglik g‘oyalari, jamiyatning diskretik (uzlukli) taraqqiyotiga bevosita ijobiy ta’sir qilib, jadidchilikning milliy va zamonaviy qadriyatlar sintezida qanday namoyon bo‘lishini analitik tahlil qilingan
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Jadidchilik g‘oyalarini Yangi O‘zbekiston sharoitiga uyg‘unlashtirish tajribasi va istiqbollari mavzusidagi ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
jadidchilik g‘oyalarining ratsionalizm va empirizm sinteziga asoslanishi, jamiyatda ta’lim-tarbiya tizimini rivojlantirishning an’anaviy va zamonaviy qadriyatlar uyg‘unligini ta’minlashiga doir taklif va tavsiyalaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024-yilda Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining VI yo‘nalishida belgilangan VI “Buyuk allomalar va ma’rif atparvar jadidlarning ma’naviy merosini chuqur o‘rganish, ilmiy-ijodiy asarlarini keng targ‘ib qilish ga doir chora-tadbirlar 42-bandi “Buyuk alloma va ma’rifatparvar jadidlar hayoti va faoliyatini chuqur o‘rganish, boy ma’naviy va madaniy meroslarini asrab avaylash, ilmiyijodiy asarlarini keng targ‘ib qilish” mavzusida targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda dissertatsiya materiallaridan foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2025 yil 7 maydagi 10/266-sonli dalolatnomasi). Natijada, jadidchilik g‘oyalarini Yangi O‘zbekiston sharoitiga uyg‘unlashtirish tajribasi va istiqbollarini yoritishga xizmat qilgan;
jamiyatda ijtimoiy mobilizatsiya jarayonlari ma’rifatli avlodni shakllantirishning aksiomatik paradigmasida, jadidlarning ma’rifat orqali taraqqiyotga erishish g‘oyalari bilan hamohang bo‘lib, yoshlarda ijtimoiy faollikni oshirishga ta’sir etuvchi ijodkorlik qobiliyatini rivojlantirishga oid taklif va xulosalari pragmatizm nuqtayi nazaridan jadidchilik tamoyillarining yangilanayotgan O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasiga qanday amaliy foyda berishini tahlilili O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi huzuridagi mahalla Akademiyasi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi huzuridagi mahalla Akademiyasining 2025-yil 19-maydagi 1/03-11-son dalolatnomasi). Natijada, maxalla va oila institutini faoliyat samaradorligini yuksaltirishga, yosh oilalarning ijtimoiy-ma’naviy muhitni barqarorlashtirishga xizmat qilgan;
jadidchilik g‘oyalarini Yangi O‘zbekiston sharoitiga uyg‘unlashtirish, yoshlarda demokratik islohotlarga aksiologik munosabatni mustahkamlab, shaxs ta’lim-tarbiyasida gibrid modernizatsiya va innovatsion transformatsiya jarayonlari jadidchilik g‘oyalarining aksiologik iepapxiyasida ong-qadriyat-faoliyat birligi uyg‘unligida shakllanishiga doir xulosa va tavsiyalaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024-yilda Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining VI yo‘nalishida belgilangan VI “Buyuk allomalar va ma’rif atparvar jadidlarning ma’naviy merosini chuqur o‘rganish, ilmiy-ijodiy asarlarini keng targ‘ib qilish ga doir chora-tadbirlar 42-bandi “Buyuk alloma va ma’rifatparvar jadidlar hayoti va faoliyatini chuqur o‘rganish, boy ma’naviy va madaniy meroslarini asrab avaylash, ilmiyijodiy asarlarini keng targ‘ib qilish” mavzusida targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda dissertatsiya materiallaridan foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2025 yil 7 maydagi 10/266-sonli dalolatnomasi). Natijada, jadidchilik g‘oyalarini Yangi O‘zbekiston sharoitiga uyg‘unlashtirish tajribasi va istiqbollarini yoritishga xizmat qilgan;
Yangi O‘zbekiston ijtimoiy taraqqiyotini mustahkamlashda, jadidchlarning ijtimoiy birdamlikni ta’minlashga doir ijtimoiy tenglik g‘oyalari jamiyatning diskretik taraqqiyotiga bevosita ijobiy ta’sirini ochib berishga oid ilmiy - amaliy taklif va tavsiyalardan Respublika Yoshlar ishlari agentligining 2024-2025 yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot faoliyatida tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi Yoshlar ishlari agentligining 2025-yil 14-martdagi 1-01-21-5355-son dalolatnomasi). Natijada, yoshlar dunyoqarashida jamiyatda ta’lim transformatsiyalashuvining barqaror rivojlanish munosabatlarining shakllanishiga, ularning jamiyatga nisbatan pozitiv yondashuvi, tadbirkorlik va innovatsion madaniyatini ratsional mazmun mohiyatini anglashi hamda ma’naviy yuksalishiga samarali xizmat qilgan.