Qurbonov Bobomurod Eshmurodovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yuqori haroratli sharoitda bazalt tolali bosib zichlanadigan beton qorishmalarini avtomobil yo‘llarining asos qatlamida qo‘llash”, 05.09.02 -“Geotexnika” (YO‘llar, yo‘llarni raqamlashtirish va yo‘l harakati xavfsizligi. YO‘l telematikasi yo‘nalishlari bo‘yicha) (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/T5759 
Ilmiy rahbar: Amirov Tursoat Jummaevich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti, PhD.15/31.08.2022.T.73.05
Rasmiy opponentlar: Djabbarov Saidburxan Tulaganovich - Toshkent davlat transport universiteti professori, texnika fanlari doktori, professor. Ilyasov Allanazar Torexanovich - Qoraqalpoq davlat universiteti professori, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat texnika universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: Texnika yo‘nalishi. Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Yuqori haroratli sharoitda bazalt tolali bosib zichlanadigan beton qorishmalari va betonlarining fizik-mexanik xossalarini asoslash va ularni avtomobil yo‘llarining asos qatlamida qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bazalt tolali bosib zichlanadigan betonning siqilishga bo‘lgan mustahkamlik ko‘rsatkichi va tarkibidagi bazalt miqdori o‘rtasidagi regressiyon bog‘liqlik qonuniyatlari aniqlangan hamda shunga asoslanib bazalt tolasi ulushi sement massasiga nisbatan 1,5 % bo‘lganda betonning fizik-mexanik ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lishi asoslangan;
bosib zichlanadigan beton qorishmasi tarkibiga bazalt tolalarini qo‘shganda kondensatsiyali strukturaviy bog‘lanish yuzaga kelishi eksperimental tadqiqotlar asosida ilmiy isbotlangan, buning natijasida avtomobil yo‘llarining asos qatlam qalinligi 10 % ga kamayishiga erishilgan; 
avtomobil yo‘llarining asos qatlamini qurish va ta’mirlash uchun mustahkamligi o‘rtacha 15% ga, yoriqbardoshliligi 35% ga yuqori bo‘lgan mahalliy materiallar asosida yangi tarkibli bazalt tolali bosib zichlanadigan beton qorishmasi olingan; 
bosib zichlanadigan beton qorishmalarida bazalt tolalarini qo‘shganda quruq qorishmaning optimal aralashtirish vaqti 3 daqiqa ekanligi laboratoriya sinovlari orqali aniqlangan, bazalt tolalarining qorishma tarkibida teng tarqalishiga erishilgan holda ishlab chiqarish texnologiyasi takomillashtirilgan;
yuqori haroratli sharoitda yo‘l to‘shamasi asos qatlamida yotqizilgan bazalt tolali bosib zichlangan beton qatlamning ekspluatatsiyon xossalarini taminlash uchun mahalliy geotekstil materiallarni namlab yotqizish orqali parvarishlash texnologiyasi takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Yuqori haroratli sharoitda bazalt tolali bosib zichlanadigan beton qorishmalarini avtomobil yo‘llari yo‘l to‘shamasi asos qatlamida qo‘llash bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
bazalt tolali bosib zichlanadigan betonning siqilishga bo‘lgan mustahkamlik ko‘rsatkichi va tarkibidagi bazalt miqdori o‘rtasidagi regressiyon bog‘liqlik qonuniyatlari aniqlangan hamda shunga asoslanib bazalt tolasi ulushi sement massasiga nisbatan 1,5 % bo‘lganda betonning fizik-mexanik ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lishi asoslanganligi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasiga qarashli “Muzrabot va Boysun tuman yo‘llardan foydalanish” DM  korxonalarida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining 2025-yil 07-oktyabr, 02-4426-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, bazalt tolalari beton tarkibida mustahkamlovchi komponent sifatida qo‘shilib, bosib zichlanadigan betonning siqilishga bo‘lgan mustahkamligi nazorat namunalariga nisbatan 15 % yaxshilanishiga erishilgan.
bosib zichlanadigan beton qorishmasi tarkibiga bazalt tolalarini qo‘shganda kondensatsiyali strukturaviy bog‘lanish yuzaga kelishi eksperimental tadqiqotlar asosida ilmiy isbotlangan, buning natijasida avtomobil yo‘llarining asos qatlam qalinligi 10 % ga kamayishiga erishilganligi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasiga qarashli “Muzrabot va Boysun tuman yo‘llardan foydalanish” DM  korxonalarida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining 2025-yil 07-oktyabr, 02-4426-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, bosib zichlanadigan betonga nisbatan bazalt tolali bosib zichlanadigan beton qo‘llanilganda asos qatlamining qalinligini 2 cm ga kamaytirishga erishilgan.
avtomobil yo‘llarining asos qatlamini qurish va ta’mirlash uchun mustahkamligi o‘rtacha 15 % ga, yoriqbardoshliligi 35 % ga yuqori bo‘lgan mahalliy materiallar asosida yangi tarkibli bazalt tolali bosib zichlanadigan beton qorishmasi olinganligi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasiga qarashli “Muzrabot va Boysun tuman yo‘llardan foydalanish” DM  korxonalarida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining 2025-yil 07-oktyabr, 02-4426-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, bazalt tolali bosib zichlanadigan beton avtomobil yo‘llarining yo‘l to‘shamasi asos qatlamida qo‘llanilganda mustahkamlikning ortishi natijasida sarflanayotgan mablag‘larni har 1000 m2 yuza uchun 10-12 % gacha iqtisodiy samaradorlikka erishilgan.
bosib zichlanadigan beton qorishmalarida bazalt tolalarini qo‘shganda quruq qorishmaning optimal aralashtirish vaqti 3 daqiqa ekanligi laboratoriya sinovlari orqali aniqlangan, bazalt tolalarining qorishma tarkibida teng tarqalishiga erishilgan holda ishlab chiqarish texnologiyasi takomillashtirilganligi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasiga qarashli “Muzrabot va Boysun tuman yo‘llardan foydalanish” DM  korxonalarida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining 2025-yil 07-oktyabr, 02-4426-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, bazalt tolasining tarkibida mavjud bo‘lgan – titanium dioksid (TiO2) elementi bosib zichlanadigan beton tarkibida ham paydo bo‘lishiga va siqilishdagi mustahkamligi oshirilishi natijasida umumiy qatlam qalinligini 3 % ga kamaytirishga erishilgan.
yuqori haroratli sharoitda yo‘l to‘shamasi asos qatlamida yotqizilgan bazalt tolali bosib zichlangan beton qatlamning ekspluatatsiyon xossalarini taminlash uchun mahalliy geotekstil materiallarni namlab yotqizish orqali parvarishlash texnologiyasi takomillashtirilganligi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasiga qarashli “Muzrabot va Boysun tuman yo‘llardan foydalanish” korxonalarida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining 2025-yil 07-oktyabr, 02-4426-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, bosib zichlanadigan betonni parvarishlash jarayoni geotekstil materiallarini qo‘llash orqali yuqori haroratli sharoitda ularning namligini kamida 7 sutka davomida saqlashga erishilgan (odatda geotekstil qo‘llanilmaganda kunlik suv sepish talab etilgan). 

Yangiliklarga obuna bo‘lish