Mansurov Mansur Alisherovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Davlat moliyasi tizimida g‘aznachilik va uni rivojlantirish istiqbollari», 08.00.07–Moliya, pul muomalasi va kredit.

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/Iqt308.

Ilmiy rahbar: Eshnazarov Tulkin Sheralievich, iqtisodiyot fanlari doktori.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.27.06.2017.I.17.01.

Rasmiy opponentlar: Malikov Toxir Sattorovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Pulatov Dilshod Xaqberdievich, iqtisodiyot fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston davlat moliyasi tizimida davlat byudjeti va uning g‘azna ijrosini tadqiq qilish asosida rivojlantirish  hamda takomillashtirish bo‘yicha taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

moliyaviy munosabatlar jarayonida debitorlik qarzlarini avtomatlashtirilgan holda byudjet daromadlariga o‘tkazish taklif etilgan;

shaxsiy g‘azna hisobvaraqlaridagi noto‘g‘ri va ortiqcha kelib tushgan mablag‘larni qaytarishda elektron imzodan foydalanish taklif etilgan;

elektron davlat xaridlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni axborot ta’minotiga yuborish shartligini belgilovchi normalarga tuzilgan shartnomalarni qo‘shish va buyurtmachilar elektron davlat xaridlari orqali tovarlarni qabul qilib olganliklari ma’lumotlarni kiritish taklifi ishlab chiqilgan;

prognoz qilishning statistik usullarini qo‘llagan holda iqtisodiy ko‘rsatkichlarni ekstropolyasiya qilish yo‘li bilan uzoq muddatli (besh yilik) prognoz ko‘rsatkichlar ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Davlat moliyasi tizimida g‘aznachilik va uni rivojlantirishasoslarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

debitor qarzdorliklar summalari qoldiqlari o‘z vaqtida yoki hisobot oyi tugaguniga qadar o‘tkazilmagan hollarda oyning ohirgi ish kunida avtomatlashtirilgan holda tegishli byudjet daromadlariga o‘tkazish yuzasidan bergan taklifi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2018 yil 10 avgustagi 118-sonli buyrug‘i bilan O‘zbekiston Respublikasi byudjet tizimi byudjetlarining g‘azna ijrosi Qoidalarining 20-bandiga o‘zgartirish kiritishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2018 yil 28 sentyabrdagi №Ds/03-04-08/3277-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni joriy qilish natijasida mustaqil ravishda o‘tkazib kelinayotgan debitor qarzdorliklar summalari qoldiqlari o‘z vaqtida yoki hisobot oyi tugaguniga qadar o‘tkazilmagan hollarda joriy oyning oxirgi ish kunida g‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan avtomatlashtirilgan holda amalga oshirish imkoni yaratilgan;

noto‘g‘ri yoki ortiqcha kelib tushgan mablag‘larni shaxsiy g‘azna hisobvaraqlaridan “UzASBO” DMda elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan elektron to‘lov topshiriqnomalarni g‘aznachilik bo‘linmalariga yuborish orqali qaytarish yuzasidan bergan taklifi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2018 yil 10 avgustagi 118-sonli buyrug‘i bilan O‘zbekiston Respublikasi byudjet tizimi byudjetlarining g‘azna ijrosi Qoidalarining 42-bandiga o‘zgartirish kiritishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2018 yil 28 sentyabrdagi №Ds/03-04-08/3277-son ma’lumotnomasi). Natijada byudjet tashkilotlari tomonidan shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga noto‘g‘ri yoki ortiqcha kelib tushgan mablag‘larni qaytarishni to‘liq avtomatlashtirilgan xolda amalga oshirish imkonini bergan;

elektron davlat xaridlari orqali tuzilgan shartnomalarni qo‘shish va buyurtmachilar elektron davlat xaridlari orqali tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) qabul qilib olganlaridan so‘ng uch ish kuni muddatida bu hakdagi ma’lumotlarni “UzASBO” DMga kiritishi va elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan holda “O‘RMV” ATga yuborishi shartligini belgilovchi normalarni qo‘shish yuzasidan bergan taklifi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2018 yil 10 avgustagi 118-sonli buyrug‘i bilan O‘zbekiston Respublikasi byudjet tizimi byudjetlarining g‘azna ijrosi Qoidalarining 179-bandiga 3-kichik band sifatida qo‘shimcha kiritishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2018 yil 28 sentyabrdagi №Ds/03-04-08/3277-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif maxsus axborot operatorining davlat xaridlarini tashkil etish hamda o‘tkazish borasidagi faoliyatini takomillashtirish hamda real vaqt rejimida axborot ta’minotidagi ma’lumotlarning shaffoligini ta’minlagan.

prognoz qilishning statistik usullarini qo‘llagan holda iqtisodiy ko‘rsatkichlarni ekstropolyasiya qilish yo‘li bilan uzoq muddatli (besh yilik) prognoz ko‘rsatkichlari bo‘yicha taklifi 5A230601 - “Davlat moliyasini boshqarish” mutaxassisligi talabalari uchun tavsiya etilgan “O‘zbekiston Respublikasi byudjet tizimi” fani bo‘yicha muallif tomonidan yozilgan o‘quv qo‘llanmaga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2015 yil 30 maydagi 191-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan mualliflik guvohnomasi). Ushbu taklifni joriy qilinishi davlat byudjeti ijrosining daromadlarini kassaviy rejalashtirishni nazariy-uslubiy jihatlarini takomillashtirishga hamda ta’lim sifatini oshirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish