Muminov Ravshan Baxramovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Ekspluatatsion xossalari yaxshilangan polipropilen fibrasi bilan dispers-armaturalangan beton” (Beton dispersno-armirovanniy polipropilenovoy fibroy s uluchshennimi ekspluatatsionnimi svoystvami), 05.09.05 – “Qurilish materiallari va buyumlari” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/T5486
Ilmiy rahbar: Maxamataliev Irkin Mo‘minovich – texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi DSc.15/31.08.2022.T.73.04 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Hasanov Baxridin Baratovich, texnika fanlari doktori, professor; Shakirov Tuygunjon Turgunovich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat texnika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi. Texnika yo‘nalishi. Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Ekspluatatsion xossalari yaxshilangan poliprolen fibrotolasi biilan dispers armaturalangan modifikatsiyalangan betonlarning tarkiblari va olish texnologiyasini ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
polipropilen fibrotolasi bilan dispers armaturalangan mayda donador va yirik to‘ldiruvchili og‘ir fibrobetonlar strukturalarining qotish jarayoni sur’atlari va fizik-mexanikaviy va ekspluatatsion xossalariga turli modifikatorlar va dispers-tolasimon mikroto‘ldirgich parametrlarining korrelyasion ta’sir ko‘rsatishi asoslangan;
polipropilen fibrotolasi bilan dispers armaturalangan modifikatsiyalangan mayda donador fibrobetonning birlamchi va ikkilamchi gidratatsiya sodir bo‘lishi bilan kechuvchi struktura hosil qilishi va uning to‘liq shakllanishi qonuniyatlari aniqlangan;
siqilishga mustahkamlik chegarasi ko‘rsatkichi bo‘yicha polipropilen fibrotolasi bilan dispers armaturalangan modifikatsiyalangan mayda donador fibrobetonning tarkibi ishlab chiqilgan;
betonni polipropilen fibrotolasi bilan dispers armaturalanishi uning hajmi bo‘yicha bir tekis taqsimlanishi hisobiga sementli matrisasini mikrodarajada strukturalashtirishi va ekspluatatsion xossalarining yaxshilanishiga olib keluvchi yopiq g‘ovaklari miqdorining ortishiga olib kelishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ekspluatatsion xossalari yaxshilangan polipropilen fibrasi bilan dispers armaturalangan betonning tarkibi va texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha bajarilgan ilmiy tadqiqotlarning natijalari asosida:
polipropilen fibrotolasi bilan dispers armaturalangan modifikatsiyalangan mayda donador fibrobetonning tarkibi va texnologiyasi MChJ “No'kis temir beton buyumlari zavodi” korxonasi bazasida ishlab chiqarishga joriy qilingan (“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasining 2024 yil 18 noyabrdagi 04/15-3511-son ma’lumotnomasi). Bunda xajmi 5000 m2 ni tashkil etuvchi trotuar plitkasining sinov partiysi ishlab chiqarilgan. Natijada, trotuar plitkasini ishlab chiqarishdan olingan iqtisodiy samara – 22.11 mln so‘mni tashkil qilgan;
polipropilen fibrotolasi bilan dispers armaturalangan modifikatsiyalangan yirik to‘ldiruvchili og‘ir fibrobetonning tarkibi va texnologiyasi MChJ “No'kis temir beton buyumlari zavodi” korxonasi bazasida joriy qilingan (“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasining 2024 yil 18 noyabrdagi 04/15-3511-son ma’lumotnomasi). Bunda xajmi 4000 dona ni tashkil etuvchi bordyur toshlarining sinov partiysi ishlab chiqarilgan. Natijada, bordyur toshlarini ishlab chiqarishdan olingan iqtisodiy samara – 15,904 mln so‘mni tashkil qilgan.