Sherimmatov Jur’atbek Shuxratovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Xorazm maqomlarida lad va shakl masalalari (Rost maqomi misolida), 17.00.02–Musiqa san’ati (san’atshunoslik fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/San166.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Yunus Rajabiy nomidagi o‘zbek milliy musiqa san’ati instituti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Yunus Rajabiy nomidagi o‘zbek milliy musiqa san’ati instituti, PhD.08/27.09.2024.San.183.01.
Rasmiy opponentlar: Tursunova Gulshanoy Artikjanovna, san’atshunoslik fanlari doktori, professor; Abdurashidov Abduvali Abdumajidovich, san’atshunoslik fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Xorazm maqomlarida lad va shakl masalalarini ochib berish va maqom san’atidagi ahamiyatini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Xorazm maqomlari chertim va aytim yo‘llarining lad tuzilishi, ularning maqom qismlarini tarkib topishidagi ahamiyati, shakliy xususiyatlari va tarixiy shakllanishi nafaqat Buxoro Shashmaqomi, shuningdek O‘n ikki maqom tizimi asosida takomillashgani nazariy asoslangan;
Xorazm maqomlarining chertim yo‘llaridagi Murabbai Komil, Muxammasi Feruz, Saqili Mirzo, Saqili Mo‘hrkan, Ufar, Gulufar maqom qismlarining lad, shakl, turkum tamoyillariga ko‘ra aynan Xorazm mumtoz maqom an’analari asosida tarkib topganligi ilmiy-nazariy jihatdan isbotlangan;
Buxoro Shashmaqomidagi namud va avj kabi qismlar Xorazm maqomlarining (Rost, Buzruk, Navo maqomlari) tarkibida mavjudligi ilk bor ilmiy asosda (Talqini Ushshoq maqomida namudi Ushshoq, Muxayyari Chorgoh avji; Suvorayi Rost maqomida namudi Ushshoq, namudi Uzzol, Muxayyari Chorgoh avji qo‘llanishi va ularning aytim yo‘llaridagi talqin, naqsh, suvora, nasr kabi maqom qismlarida mahalliy bastakorlik an’analari negizida qo‘llanilishi va farqli jihatlari) aniqlangan;
Xorazm maqomlarida Peshrav kompozision usulining lad va shakliy tarkib topishidagi maqom turkumining shakllanishi sababli muhimligi va uning o‘ziga xos rivojlanish shakli chertim-aytim qismlarida (Tanimaqom, Peshrav, Suvora, Naqsh maqom qismlarida) keng qo‘llanilishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xorazm maqomlarida lad va shakl masalalarining tadqiqoti bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Xorazm maqomlari chertim va aytim yo‘llarining lad tuzilishi, ularning maqom qismlarini tarkib topishidagi ahamiyati, shakliy xususiyatlari va tarixiy shakllanishi nafaqat Buxoro Shashmaqomi, shuningdek O‘n ikki maqom tizimi asosida takomillashganiga oid takliflar O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston 24” teleradiokanali DM “O‘zbekiston 24” radiokanali tomonidan tayyorlangan “Ta’lim va taraqqiyot” nomli dasturlari ssenariysining 2024-yil 22 sentyabr va 15 dekabr sonining oliy ta’limga oid ruknini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston 24” teleradiokanali davlat muassasasining 2024-yil 20-dekabrdagi 03-09-611-son ma’lumotnomasi). Natijada tinglovchilar Xorazm maqomlarini tarixi, ilmiy va amaliy jihatdan shakllanishi haqida yangi ma’lumotlarga ega bo‘lishlariga erishilgan;
Xorazm maqomlarining chertim yo‘llaridagi Murabbai Komil, Muxammasi Feruz, Saqili Mirzo, Saqili Mo‘hrkan, Ufar, Gulufar maqom qismlarining lad, shakl, turkum tamoyillariga ko‘ra aynan Xorazm mumtoz maqom an’analari asosida tarkib topganligi va Xorazm maqomlarida Peshrav kompozision usulining lad va shakliy tarkib topishidagi maqom turkumining shakllanishi sababli muhimligi va uning o‘ziga xos rivojlanish shakli chertim-aytim qismlarida (Tanimaqom, Peshrav, Suvora, Naqsh maqom qismlarida) keng qo‘llanilishini targ‘ib etish bo‘yicha tadqiqot natijalaridan Yunus Rajabiy nomidagi o‘zbek milliy musiqa san’ati institutida bajarilgan ALM-202403110255-son Davlat ilmiy-texnika dasturi “Pedagogika va psixologiya fanlari” yo‘nalishi doirasidagi “Ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvshilar uchun braul alifbosida “Maqom solfedjiosi” hamda “Musiqa nazariyasi” fanlaridan multimedia mahsulotlari majmuini yaratish” ilmiy-amaliy loyihasida foydalanilgan (Yunus Rajabiy nomidagi o‘zbek milliy musiqa san’ati institutining 2025-yil 26-iyundagi 33-son ma’lumotnomasi). Natijada ta’lim oluvchilarning Xorazm maqomlarining chertim yo‘llari, muayyan ijodiy an’analar, maqom qismlarining nazariy tahlillari negizida muayyan qarashlar va yangi ilmiy tasavvurlarga ega bo‘lishgan;
Buxoro Shashmaqomidagi namud va avj kabi qismlar Xorazm maqomlarining (Rost, Buzruk, Navo maqomlari) tarkibida mavjudligi ilk bor ilmiy asosda (Talqini Ushshoq maqomida namudi Ushshoq, Muxayyari Chorgoh avji; Suvorayi Rost maqomida namudi Ushshoq, namudi Uzzol, Muxayyari Chorgoh avji qo‘llanishi va ularning aytim yo‘llaridagi talqin, naqsh, suvora, nasr kabi maqom qismlarida mahalliy bastakorlik an’analari negizida qo‘llanilishi va farqli jihatlari) aniqlanganligi to‘g‘risidagi takliflar O‘zbek milliy maqom san’ati markazi davlat muassasasi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbek milliy maqom san’ati markazi davlat muassasasining 2025-yil 20-iyundagi 01-12/466-1-son ma’lumotnomasi). Natijada tinglovchilar Xorazm maqomlari turkumining lad va shakl tuzilishi xususiyatlari, tamoyillari, o‘zbek maqom san’ati rivojidagi o‘rni va o‘ziga xos qonuniyatlari bo‘yicha maxsus tadqiq etilganligi, muayyan tahlillar asosida nazariy tizimlashtirish masalalarini o‘rganib chiqilganligi haqida yangi ilmiy ma’lumotlarga ega bo‘lishlariga erishilgan.