Janbaeva Marjan Smatillaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy mobilligini shakllantirish metodikasi”, 13.00.02–Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ona tili o‘qitish metodikasi) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Ped6361.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Abdujalilova Shoira Abdumajitovna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Xurvalieva Tarmiza Latipovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Muminova Dilafruz Akbaralievna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy mobilligini innovatsion va integrativ yondashuvlar asosida shakllantirishning metodik ta’minotini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy mobilligini shakllantirish tamoyillari innovatsion-ta’limiy jarayonlarning zamonaviy talablari, kompetensiyaviy yondashuvning asosiy mezonlari, integrativ metodologiya hamda shaxsga yo‘naltirilgan pedagogik paradigma asosida tizimlashtirish hamda uzlyuksiz kasbiy rivojlanishning motivatsion-aks ettiruvchi mexanizmlarini refleksiv-tahliliy monitoring qilish asosida ishlab chiqilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy mobilligini shakllantirish jarayonining pedagogik-psixologik xususiyatlari jarayonni tizimli tahlil qilish, olingan natijalarni hamda kasbiy mobillikka ta’sir etuvchi determinantlarni kasbiy kompetentlikning konseptual asoslari bilan uyg‘unlashtirish va ta’limiy strategiyalarga gorizontal integratsiyalash asosida aniqlashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy mobilligini shakllantirishning pedagogik modeli refleksiv-tahliliy asoslangan metodologik yondashuv, kompetensiyaviy-integrativ mazmun bloklari, motivatsion-situatsion, kognitiv-intelektual va protsessual faoliyat komponentlari, shuningdek, texnologik jihatdan modulli, innovatsion, integratsion va interfaol yondashuvlar uyg‘unligini maqsaddan natijaga tamoyili asosida algoritmik tizimlashtirish orqali takomillashtirilgan;
innovatsion va integrativ yondashuvlar asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy mobilligini shakllantirish metodikasi funksional-kompetensiyaviy yondashuv, fanlararo integratsiyalashgan mazmun, refleksiv-monitoring mexanizmlarini interfaol-modulli o‘qitish texnologiyalariga metodik aspektda didaktik integratsiyalash va kontekstual moslashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Bo’lajak boshlang‘ish sinf o’qituvshilarining kasbiu mobilligini komretensiuaviu va integrativ uondashuv asosida shakllantirishning redagogik imkoniuatlari bo’uisha olingan ilmiu natijalar asosida:
innovatsion-ta’limiy jarayonlarning zamonaviy talablari, kompetensiyaviy yondashuvning asosiy mezonlari, integrativ metodologiya hamda shaxsga yo‘naltirilgan pedagogik paradigma asosida tizimlashtirish hamda uzlyuksiz kasbiy rivojlanishning motivatsion-aks ettiruvchi mexanizmlarini refleksiv-analitik monitoring qilish asosida ishlab chiqilgan bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy mobilligini shakllantirish tamoyillari bo’yicha taklif va tavsiyalar “Jalpi psixologiya (2-bo’lim)” darsligi mazmuniga singdirilgan (O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 1-avgustdagi 277-sonli buyrug‘i bilan berilgan №277-318-sonli nashr guvohnomasi). Natijada, bo’lajak boshlang‘ish sinf o’qituvshisining kasbiu mobilligini innovatsion ta’lim jarauonida komretensiuaviu, integrativ uondashuvlar asosida shakllantirish mazmuni, shakllari, mexanizmlarini aniqlashga xizmat qilgan;
jarayonni tizimli tahlil qilish, olingan natijalarni hamda kasbiy mobillikka ta’sir etuvchi determinantlarni kasbiy kompetentlikning konseptual asoslari bilan uyg‘unlshtirish va ta’limiy strategiyalarga gorizontal integratsiyalash asosida aniqlashtirilgan bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy mobilligini shakllantirish jarayonining pedagogik va psixologik xususiyatlari bo’yicha taklif va tavsiyalar “Jalpi psixologiya (1-bo’lim)” darsligi mazmuniga singdirilgan (O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 1-avgustdagi 277-sonli buyrug‘i bilan berilgan №277-317-sonli nashr guvohnomasi). Natijada, barcha qozoq yo’nalishi talabalari uchun psixologiya fanidan mavzular uzviyligini ta’minlashga xizmat qilgan;
refleksiv-analitik asoslangan metodologik yondashuv, kompetensiyaviy-integrativ mazmun bloklari, motivatsion-situatsion, kognitiv-intelektual va protsessual faoliyat komponentlari, shuningdek, texnologik jihatdan modulli, innovatsion, integratsion va interfaol yondashuvlar uyg‘unligini maqsaddan natijaga tamoyili asosida algoritmik tizimlashtirish asosida takomillashtirilgan bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy mobilligini shakllantirishning pedagogik modeli asosida ishlab shiqilgan taklif va tavsiualardan pedagogika fanlari doktori, professor A.T.Tilegenov rahbarligidagi T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialida bajarilgan A1-XT 0-92997-sonli “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari” (2022-2023) mavzusidagi amaliy louihani bajarishda foudalanilgan (25-noyabr 2024-uil 495-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, bo’lajak o’qituvshilarning kasbiu mobilligini va komretentligini rivojlantirishning metodik imkoniyatlari kengaygan;
funksional-kompetensiyaviy yondashuv, fanlararo integratsiyalashgan mazmun, refleksiv-monitoring mexanizmlarini interfaol-modulli o‘qitish texnologiyalariga metodik aspektda didaktik integratsiyalash va kontekstual moslashtirish asosida takomillashtirilgan innovatsion va integrativ yondashuvlar asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy mobilligini shakllantirish metodikasiga oid xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasini “O‘zbekiston” teleradiokanalida efirga uzatilgan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Bolalar va biz”, “Bolalar uchun” nomli dasturlar ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (2022-2024 yillarda). (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasini “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2024 yil 5-dekabrdagi 04-36-1260-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ish ta’limda motivlar hosil qilishda o’qituvshilarni didaktik zamonaviu redagogik bilimlar bilan qurollantirishga xizmat qiladigan redagogik jarauonda qo’llash dasturini ommalashtirishga xizmat qilgan.