Ibroximov Farxodjon Anvarjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida falsafiy fanlarni o‘qitish metodikasini takomillashtirish (Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo‘nalishi misolida)”, 13.00.02– Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (falsafa) ixtisosligi bo‘yicha.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: –
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Xusanov Baxodir Ergashevich, falsafa fanlari doktori (DSc), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Ismoilov Temurbek Ismoilovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Sodikov Ulug‘bek Jo‘raevich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasalarida falsafiy fanlarni o‘qitish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
talaba-yoshlarda mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish va sog‘lom dunyoqarashni shakllantirish zarurati falsafiy fanlarning o‘qitilishida ta’lim samaradorligiga xizmat qiluvchi zamonaviy pedagogik yondashuv va metodlarni qo‘llash imkoniyatlarini axborot oqimi jadallashgan va raqamlashgan olamda pedagog kadrlarga bo‘lgan kompetensiyaviy talablarga vertikal va gorizontal integratsiyalash orqali asoslangan;
ta’lim muassasalarida falsafiy fanlarni o’qitishda uzviylik va uzlyuksizlikning mavjud holati talabalarda mustaqil fikrlash ko‘nikmasini rivojlantirish, sog‘lom dunyoqarashni shakllantirish zaruratini dolzarb mavzularni falsafiy fanlar didaktikasiga ko‘ra asoslash orqali tahlil qilingan;
bo‘lajak o‘qituvchilarda falsafiy tafakkurni rivojlantirish tizimi yoshlarda dialogik, vizual, ijodiy va kreativ fikrlashga yo‘naltirilgan besh bosqichli texnologik tizimni muammoli o‘qitish usullarini qo‘llash, pedagogik muammolarni falsafiy tahlil qilish va falsafiy bilimlarni darsdan tashqari faoliyatlarda qo‘llash orqali ta’lim amaliyotiga tatbiq etish mexanizmi asosida ishlab chiqilgan;
falsafiy fanlarni o‘qitishda ta’lim samaradorligiga xizmat qiluvchi zamonaviy pedagogik yondashuv va metodlar globallashuv sharoitida ta’lim mazmuniga qo‘yilayotgan talablarni vitagen ta’lim integratsiyasini ta’minlashga qaratilgan didaktik talablarga talabalarning individual ta’lim traektoriyasini hisobga olgan holda muvofiqlashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida falsafiy fanlarni o’qitishni takomillashtirish bo’yicha ishlab chiqilgan ilmiy-metodik tavsiyalar asosida:
talabalarda mustaqil fikrlash ko‘nikmasini rivojlantirish, sog‘lom dunyoqarashni shakllantirish zaruratini dolzarb mavzularni falsafiy fanlar didaktikasiga ko‘ra asoslash orqali amalga oshirilgan ta’lim muassasalarida falsafiy fanlarni o’qitishda uzviylik va uzlyuksizlikning mavjud holati tahlili, globallashuv sharoitida ta’lim mazmuniga qo‘yilayotgan talablarni vitagen ta’lim integratsiyasini ta’minlashga qaratilgan didaktik talablarga talabalarning individual ta’lim traektoriyasini hisobga olgan holda muvofiqlashtirish asosida takomillashtirilgan falsafiy fanlarni o‘qitishda ta’lim samaradorligiga xizmat qiluvchi zamonaviy pedagogik yondashuv va metodlar borasidagi xulosa va takliflar “Jamiyatning axborotlashuvi va mafkuraviy immunitet” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 17-iyuldagi 314-sonli buyrug‘i, № 314-167 raqamli nashr guvohnomasi). Natijada, talaba-yoshlarning mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi omillar aniqlashtirilgan hamda sog‘lom dunyoqarashni shakllantirishda fanlararo integrativ yondoshishning imkoniyatlari ochib berilgan;
talabalarda dialogik, vizual, ijodiy va kreativ fikrlashga yo‘naltirilgan besh bosqichli texnologik tizimni muammoli o‘qitish usullarini qo‘llash, pedagogik muammolarni falsafiy tahlil qilish va falsafiy bilimlarni darsdan tashqari faoliyatlarda qo‘llash orqali ta’lim amaliyotiga tatbiq etish mexanizmi asosida ishlab chiqilgan bo‘lajak o‘qituvchilarda falsafiy tafakkurni rivojlantirish tizimi borasidagi tahliliy materiallardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining “Bedorlik”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat” eshittirishlari ssenariylarini yozishda foydalanilgan. (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2024-yil 14-noyabrdagi 26-36-921-son ma’lumotnomasi). Natijada, tinglovchilarning sog‘lom dunyoqarash va uning zarurati, mustaqil fikrlash ko‘nikmasini rivojlantirish, bu sohada yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmuni va ahamiyati, mafkuraviy tahdidlarga qarshi turishda mafkuraviy immunitet, falsafiy fanlar o‘qitilishida ta’lim samaradorligiga xizmat qiluvchi omillar borasidagi bilimlarining shakllanishiga hissa qo‘shilgan;
falsafiy fanlarning o‘qitilishida ta’lim samaradorligiga xizmat qiluvchi zamonaviy pedagogik yondashuv va metodlarni qo‘llash imkoniyatlarini axborot oqimi jadallashgan va raqamlashgan olamda pedagog kadrlarga bo‘lgan kompetensiyaviy talablarga vertikal va gorizontal integratsiyalash orqali asoslangan talaba-yoshlarda mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish va sog‘lom dunyoqarashni shakllantirish zarurati haqidagi ma’lumotlardan “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2025-2029-yillarga mo‘ljallangan saylovoldi dasturining III. Oilani mustahkamlash, ayollar va yoshlarga munosib sharoitlar yaratish bobi, 3.3. Partiyaning yoshlarga oid siyosati yo‘nalishida belgilangan maqsad va vazifalarni shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston “Milliy-tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy Kengashining 2025-yil 6-yanvardagi 02/03-01-sonli dalolatnomasi). Natijada, talaba-yoshlarda mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda sog‘lom dunyoqarashni shakllantirish jarayonlarida foydalanishga oid taklif-tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Talaba-yoshlarda mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish va sog‘lom dunyoqarashni shakllantirish zarurati falsafiy fanlarning o‘qitilishida ta’lim samaradorligiga xizmat qiluvchi zamonaviy pedagogik yondashuv va metodlarni qo‘llash imkoniyatlarini axborot oqimi jadallashgan va raqamlashgan olamda pedagog kadrlarga bo‘lgan kompetensiyaviy talablarga vertikal va gorizontal integratsiyalash orqali asoslanganligi haqidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy kengash ijroiya qo‘mitasining 2025-yil 28-yanvardagi 01-27/149-sonli dalolatnomasi). Natijada, partiya ish rejasiga kiritilgan tadbirlarni samarali tashkil etishga oid taklif-tavsiyalar ishlab chiqilgan.