Ziyodulloeva Aziza Akmal qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Turli tizimli tillar xalq ertaklari korpusida rang ramziyliklari” 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 1004
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti. 
Ilmiy rahbar: Ataboev Nozimjon Bobojon o‘g‘li f.f.d. (DSc), professor
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti.  PhD.03/27.09.2024.Ped.72.09 
Rasmiy opponentlar: f.f.d. (DSc), professor Abduraxmonova Nilufar Zaynobiddin qizi, f.f.d. (DSc), professor Xamroeva Shaxlo Mirjonovna 
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi turli tizimli tillar xalq ertaklari korpusini tuzish va ulardagi rang ramziyliklarini korpus yaratuvchi dasturlar, xususan, Sketch engine platformasi asosida aniqlashning ustuvor tomonlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quuidagilardan iborat: 
“ramz” va “ramziylik” tushunchalarining mazmun-mohiyati, qo‘llanilish darajasi aniqlanib, turli tizimli tillar folklori namunalari sifatida ertaklarda ramzlarning genezisi, tadrijiga sabab bo‘lgan lingvomadaniy omillarning aksiologik jihatlari va o‘ziga xos xususiyatlari asoslangan; 
turli tizimli tillar ertaklari korpusini yaratishning manba bilan ishlash, metama’lumot qo‘shish, avtomatlashtirish, baholash metodlari va chastotali qidiruv-tahlil bosqichlarini sketch engine platformasi orqali amalga oshirilib, korpus imkoniyatlari asosida ranglarga oid ramziylikni ochib beruvchi konseptuallashtirish tamoyillari nazariy jihatdan isbotlangan; 
turli tizimli tillar ertaklari korpusida emperik tahlil tamoyillari asosida o‘rganilayotgan tillar bazasida mavjud ranglar ifoda etuvchi ramziy konseptual birliklar tadqiqini korpus yaratuvchi dasturlarning funksional xosliklari tadrijida statistik aniqlik, so‘z qo‘llashga doir tezkor misollar tahlili, KWIC va konkordans chiziqlari ustuvorligi asosida amalga oshirishning imkoniyatlari ochib berilgan;
korpus bazasidagi ertaklar leksik-semantik tahlili asosida ularning ta’limiy, ijtimoiy, lingvodidaktik, tarixiy va tarbiyaviy ahamiyati aniqlanib, kitobxonlarning ma’naviy va mental tafakkurini kengaytirishi, xalq og‘zaki ijodiga oid bilimlarini oshirishi asoslanib, tadqiq etilayotgan tillarda rangga oid ramzlarni qo‘llashga doir uslubiy xosliklar aniqlangan.  
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Turli tizimli tillar ertaklari korpusini yaratish va ularda ifodalangan rang ramziyligi bo‘yicha olingan ilmiy va amaliy natijalar asosida:
“ramz” va “ramziylik” tushunchalarining mazmun-mohiyati, qo‘llanilish darajasi aniqlanib, turli tizimli tillar folklori namunalari sifatida ertaklarda ramzlarning genezisi, tadrijiga sabab bo‘lgan lingvomadaniy omillarning aksiologik jihatlari va o‘ziga xos xususiyatlariga doir nazariy xulosalardan  “Umrboqiy meros” O‘zbekiston madaniyati va san’ati targ‘ibot markazining 2022-2024-yillarda Yaponiya akademik almashinuv xizmati IRCI tomonidan moliyalashtirilgan APC2C/10-sonli “Sustainable Collection of Research Data for the Protection of Intangible Cultural Heritage: Focus on Central Asia and Small Island Developing States (2022-2024 Fiscal Ear)” nomli xalqaro loyihasida foydalanilgan. (“Umrboqiy meros” O‘zbekiston madaniyati va san’ati targ‘ibot markazining 2025-yil 3-iyuldagi №ML 01/01-48-son ma’lumotnomasi). Natijada “ramz” va “ramziylik” tushunchalarining mazmun-mohiyati, qo‘llanilish darajasi o‘rganilib, turli tizimli tillar folklorini yangi ilmiy-nazariy qarashlar bilan boyitishga erishilgan.
turli tizimli tillar ertaklari korpusini yaratishning manba bilan ishlash, metama’lumot qo‘shish, avtomatlashtirish, baholash metodlari va chastotali qidiruv-tahlil bosqichlarini sketch engine platformasi orqali amalga oshirib, korpus imkoniyatlari asosida ranglarga oid ramziylikni ochib beruvchi konseptuallashtirish tamoyillari; turli tizimli tillar ertaklari korpusida emperik tahlil tamoyillari asosida o‘rganilayotgan tillar bazasida mavjud ranglar ifoda etuvchi ramziy konseptual birliklar tadqiqini korpus yaratuvchi dasturlarning funksional xosliklari tadrijida statistik aniqlik, so‘z qo‘llashga doir tezkor misollar tahlili, KWIC va konkordans chiziqlari ustuvorligi asosida amalga oshirishning imkoniyatlariga oid nazariy va amaliy xulosalardan 2020-2024 yillarda bajarilgan OT-F-1-002 – “Yoshlarda milliy g‘oya va mafkuraviy immunitetni shakllantirishning psixologik mexanizmlari” mavzusidagi fundamental ilmiy loyihani bajarishda foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 2025-yil 9-iyuldagi № 01-11-05/4367-son ma’lumotnomasi). Natijada turli tizimli tillar ertaklar korpusining ta’lim tizimidagi o‘rni, tuzilishi, leksik-semantik mohiyati, morfologik, sintaktik xususiyatlari ishlab chiqilgan;  
korpus bazasidagi ertaklar leksik-semantik tahlili asosida ularning ta’limiy, ijtimoiy, lingvodidaktik, tarixiy va tarbiyaviy ahamiyati aniqlanib, kitobxonlarning ma’naviy va mental tafakkurini kengaytirishi, xalq og‘zaki ijodiga oid bilimlarini oshirishi asoslanib, tadqiq etilayotgan tillarda rangga oid ramzlarni qo‘llashga doir uslubiy xosliklarni aniqlash bilan bog‘liq xulosa va natijalardan Buxoro viloyati  teleradiokanali DMning “Najot bilimda”, “Assalom, Buxoro” ko‘rsatuvlari va “Buxoro” radiosining “Ta’limdagi muammolar” radioeshittirishlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Buxoro viloyati teleradiokanali DMning 2025-yil 4-iyuldagi №01-09-160-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur teleko‘rsatuvlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni mukammallashgan, ilmiy-nazariy dalillarga boy bo‘lishi taminlangan hamda adabiy ko‘rsatuvlar ilmiy-ommabopligini ta’minlashga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish