Berdanov Ulug‘bek Abdumurodovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Nutq, tasvir va  video ma’lumotlar asosida shaxsning  biometrik ma’lumotlarini  aniqlashning model va algoritmlari”, 05.01.04 – “Hisoblash mashinalari, majmualari va kompyuter tarmoqlarining matematik va dasturiy ta’minoti” (texnika fanlari).  
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.DSc/T894.
Ilmiy maslahatchi: Musaev Muhammadjon Maxmudovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.13/30.12.2019.T.07.01
  Rasmiy opponentlar: t.f.d., prof. Mirzaev Nomaz, t.f.d., prof. Sevinov Jasur Usmonovich, t.f.d., prof. Djumanov Jamoljon Xudoyqulovich.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat transport universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: nutq, tasvir va video ma’lumotlarga asoslangan multimodal biometrik identifikatsiya tizimining matematik modeli va samarali algoritmlarini ishlab chiqish hamda ular asosida real vaqt rejimida ishlovchi amaliy dasturiy majmuasini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
-    video oqimlarni bir nechta media serverlar o‘rtasida taqsimlash usuli asosida real vaqt rejimida video oqimlarni tartiblash, to‘plash, birlashtirish va oqim komponentlarni yagona interfeysda bogʻlashda  oqimlararo integratsiya algoritmi ishlab chiqilgan;
-    foydalanuvchining tizimdagi yuklamasini  inobatga olgan holda texnik konfiguratsiyasini sozlashni avtomatik amalga oshiruvchi dasturiy modul uchun  server quvvatining proporsional taqsimlash usuli ishlab chiqilgan;  
-    nutq signali va tasvirning spektral parametlari  asosida turli modaldagi spektogramma va sonogramma parametrlarni birlashtirishda  sinxronlikni saqlash, yagona formatda ifodalash, uzlyuksiz va sinxron ishlash multimodal  modeli ishlab chiqilgan; 
-    nutqning signali freymlarining kepstral qiymatlarini ketma-ket ustunlashtirish hisobiga olgan holda qurilgan sonogramma xususiyatlari asosida real vaqtda shaxsni aniqlash algoritmlari ishlab chiqilgan; 
-    video oqimlardagi shaxsning yuz  tasvirini ajratib olish, spektogrammasini qurish hisobiga  real vaqtda shaxsni aniqlash va holatini baholash algoritmini ishlab chiqilgan;
-    multimodal biometrik shaxsiy identifikatsiya tizimi ishlab chiqildi va video oqimlarni birlashtirish va shaxsning biometrik ma’lumotlarini aniqlashda multimodal texnologiyalarga asoslangan muloqot jarayonini ta’minlashda foydalanuvchilar uchun qulay interfeys yaratildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dissertatsiya doirasida olib borilgan tadqiqotlar natijasida ishlab chiqilgan algoritmlar va yaratilgan dasturiy majmua asosida:
Nutq, tasvir va video ma’lumotlar asosida shaxsni aniqlash algoritmlari asosida ishlab chiqilgan dasturiy majmua “ROBOTICS LAB FUTURE COMPANY” MChJda tinglovchilarni tanish va mashgʻulotlarga qatnashish darajasini aniqlashda joriy qilingan (Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 17-sentyabrdagi 02/17-2025-7-172-son ma’lumotnomasi, Raqamli texnologiyalar vazirligining 2025-yil 16-oktyabrdagi 33-8/7458-son ma’lumotnomasi). Natijada taklif qilingan algoritmlar asosida ishlab chiqilgan dasturiy majmua biometrik ma’lumotlardan foydalanib shaxsni aniqlashni o‘rtacha ko‘rsatgichi 98.7 % ni tashkil etgan;
Nutq, tasvir va video ma’lumotlar asosida shaxsni aniqlash algoritmlari asosida ishlab chiqilgan dasturiy majmua Innovatsion rivojlanish agentligi huzuridagi Ilmiy-texnik axborot markazda respublika va xalqaro darajadagi muloqotlarni onlayn tashkil etish uchun joriy qilingan (Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 17-sentyabrdagi 02/17-2025-7-172-son ma’lumotnomasi, Raqamli texnologiyalar vazirligining 2025-yil 16-oktyabrdagi 33-8/7458-son ma’lumotnomasi). Natijada, ilmiy innovatsion faoliyat natijalarini muhokama  etish 2  barobar tezlashtirgan va Markaz  tomonidan tashkil etilgan Respublika va xalqaro darajadagi muloqotlarni audio va  video ma’lumotlari Markaz serverida saqlanish imkoniyatini yaratilgan;
Nutq, tasvir va video ma’lumotlar asosida shaxsni aniqlashning samaradorligi algoritmlari asosida ishlab chiqilgan qulay interfeysga ega bo‘lgan dasturiy majmua  Sarbon universitetida joriy qilingan (Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 17-sentyabrdagi 02/17-2025-7-172-son ma’lumotnomasi, Raqamli texnologiyalar vazirligining 2025-yil 16-oktyabrdagi 33-8/7458-son ma’lumotnomasi). Natijada dasturiy majmua o‘quv jarayonlarini onlayn tarzda  masofaviy tashkil etishda, o‘qitish jarayonlarining samaradorlik darajasini 15% oshishiga xizmat qilgan. Dasturiy majmua masofaviy ta’lim jarayonlarini tashkil etish samaradorligini oshirishga hamda intellektuallashgan  nazoratni amalga oshirishda yuqori natija bergan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish