Xudoyberdieva Gulnoza Abdirasul kizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Surunkali yurak etishmovchiligi bilan birgalikda surunkali buyrak kasalligi bo‘lgan bemorlarda kardiometabolik xavfni o‘rganish” 14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Tib4864.
Ilmiy rahbar: Raimkulova Narina Robertovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, ilmiy kengash raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/30.12.2019.Tib30.02.
Rasmiy opponentlar: Karimov Ma`rif Shakirovich, tibbiyot fanlar doktori, professor; Muxamedova Muyassar Gafurjanovna, tibbiyot fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: surunkali yurak etishmovchiligi va surunkali buyrak kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda kardiometabolik xavfni baholash va yondashuvlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
surunkali yurak etishmovchiligi va surunkali buyrak kasalligi bilan birgalikda kechgan bemorlarni kompleks tahlil qilish asosida uglevod va lipid almashinuvining o‘ziga xos xususiyatlari, yallig‘lanish markerlari (C-reaktiv oqsil, interleykin-6, fibrinogen) darajasini o‘zgarishi va ularning kasallikning klinik kechishi bilan o‘zaro bog‘liqligi asoslangan;
surunkali yurak etishmovchiligi va surunkali buyrak kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda uglevod antigeni (CA-125) va miyaning natriyuretik gormoni (NTproBNP) markerlarining diagnostik va prognostik ahamiyati, shuningdek, ularning miokard disfunksiyasi va koptokchalar fil`tratsiyasi tezligining pasayishi bilan bog‘liqligi aniqlangan; 
surunkali buyrak kasalligi fonida surunkali yurak etishmovchiligining salbiy kechish prediktorlari sifatida tizimli yallig‘lanish va albuminuriyaning ahamiyati asoslangan;
surunkali yurak etishmovchiligi va surunkali buyrak kasalligi bilan birga kechgan bemorlarda kardiometabolik buzilishlarni korreksiyalash va tizimli yallig‘lanishni kamaytirishda 2-tipdagi natriy-glyukoza kotransporter ingibitorlarini qo‘llash samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Surunkali yurak etishmovchiligi bilan birgalikda surunkali buyrak kasalligi bo‘lgan bemorlarda kardiometabolik xavfni baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida:
birinchi ilmiy yangilik: surunkali yurak etishmovchiligi va surunkali buyrak kasalligi bilan birgalikda kechgan bemorlarni kompleks tahlil qilish asosida uglevod va lipid almashinuvining o‘ziga xos xususiyatlari, yallig‘lanish markerlari (C-reaktiv oqsil, interleykin-6, fibrinogen) darajasi va ularning kasallikning klinik kechishi og‘irligi bilan o‘zaro bog‘liqligi asoslanganligi Surxondaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 10.06.2025 yildagi 17-T-sonli buyruq va Respublika ixtisoslashtirilgan nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi 09.06.2025 yildagi 54-sonli buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 22 sentyabrdagi 25/03-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: ishlab chiqilgan metabolik profilni baholash mezonlarini qo‘llash kardiometabolik xavf yuqori bo‘lgan bemorlarni aniqlash va o‘z vaqtida buzilishlarni tuzatishni boshlash, terapiya samaradorligini oshirish va kasalxonaga yotqizish darajasini kamaytirish imkonini berdi. Iqtisodiy samaradorligi: kasallikning dekompensatsiyasi va og‘ir metabolik buzilishlar bilan bog‘liq asoratlarning oldini olish, intensiv statsionar davolanish xarajatlarini har bir bemor uchun kamaytirish imkonini bergan. Xulosa: SYuE va SBK bilan og‘rigan bemorlarda kuzatuvning dastlabki bosqichlarida metabolik holatni baholash davolashni individuallashtirishga yordam beradi, kasallikning rivojlanish chastotasini pasaytiradi va umumiy natijalarni yaxshilaydi.
ikkinchi ilmiy yangilik: surunkali yurak etishmovchiligi va surunkali buyrak kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda uglevod antigeni (CA-125) va miyaning natriyuretik gormoni (NTproBNP) markerlarining diagnostik va prognostik ahamiyati, shuningdek, ularning miokard disfunksiyasining og‘irligi va koptokchalar fil`tratsiyasi tezligining pasayishi bilan bog‘liqligi aniqlanganligi Surxondaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 10.06.2025 yildagi 17-T-sonli buyruq va Respublika ixtisoslashtirilgan nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi 09.06.2025 yildagi 54-sonli buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 22 sentyabrdagi 25/03-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: ushbu markerlarning muntazam skriningga kiritilishi xavfni tabaqalashtirish va dekompensatsiyani erta tashxislash aniqligini oshirishga imkon berdi, bu esa kasallik kechishini nazorat qilishni yaxshiladi. Iqtisodiy samaradorligi: qimmatbaho vizualizatsiya muolajalari o‘rniga arzon laboratoriya ko‘rsatkichlaridan foydalanish har bir bemor uchun mablag‘ tejash imkonini berib, resurslarni optimallashtirishni ta’minladi. Xulosa: CA-125 va NTproBNP nafaqat holat og‘irligining ko‘rsatkichlari, balki SYuE va SBK bilan og‘rigan bemorlarda prognozlashning asosiy parametrlari bo‘lib, ulardan klinik boshqaruv algoritmlarida foydalanishni asoslaydi.
uchinchi ilmiy yangilik: surunkali buyrak kasalligi fonida surunkali yurak etishmovchiligining salbiy kechishi prediktorlari sifatida tizimli yallig‘lanish va albuminuriyaning ahamiyati asoslanganligi Surxondaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 10.06.2025 yildagi 17-T-sonli buyruq va Respublika ixtisoslashtirilgan nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi 09.06.2025 yildagi 54-sonli buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 22 sentyabrdagi 25/03-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: yallig‘lanish markerlari va albuminuriya monitoringi maqsadli kuzatuv uchun xavf guruhlarini shakllantirish va klinik ko‘rinishlarning og‘irligini kamaytirgan holda erta aralashuvni amalga oshirish imkonini berdi. Iqtisodiy samaradorligi: yuqori yallig‘lanish fonini o‘z vaqtida aniqlash va uni tuzatish kasalxonaga yotqizish va muolajalar xarajatlarini yiliga har bir bemor uchun o‘n million so‘mgacha kamaytirdi. Xulosa: tizimli yallig‘lanish va albuminuriya belgilari shaxsiylashtirilgan tibbiyotni amalga oshirish uchun SYuE va SBK bilan og‘rigan bemorlarni olib borishda majburiy diagnostik va prognostik minimumga kiritilishi kerak.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: surunkali yurak etishmovchiligi va surunkali buyrak kasalligi bilan birga kelgan bemorlarda kardiometabolik buzilishlarni korreksiyalash va tizimli yallig‘lanishni kamaytirishda 2-tipdagi natriy-glyukoza kotransporter ingibitorlarini qo‘llash samaradorligi isbotlanganligi Surxondaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 10.06.2025 yildagi 17-T-sonli buyruq va Respublika ixtisoslashtirilgan nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi 09.06.2025 yildagi 54-sonli buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 22 sentyabrdagi 25/03-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: NGLT-2 ingibitorlaridan foydalangan holda terapiya yallig‘lanishning barqaror pasayishiga, shish sindromining kamayishiga, jismoniy zo‘riqishga chidamlilikni va hayot sifatini oshirishga imkon berdi. Iqtisodiy samaradorligi: ushbu terapiyani qo‘llash dekompensatsiya chastotasining pasayishiga, kasalxonaga yotqizish davomiyligining qisqarishiga olib keldi. Xulosa: SBK bilan kasallangan SYuEli bemorlarda NGLT-2 ingibitorlaridan foydalanish nafaqat metabolik va yallig‘lanish profilini yaxshilaydi, balki klinik natijalarga ham sezilarli ta’sir ko‘rsatadi, bu esa ularni shaxsiylashtirilgan farmakoterapiyaning muhim elementiga aylantiradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish