Nigmatullina Al`mira Shamsunovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifi (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ingliz va o‘zbek tillaridagi ekoterminlarning semantik va funksional xususiyatlari” 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha. (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B2023.3.PhD/Fil1378.
Ilmiy rahbar: Xoshimova Dildora Madaminovna, filologiya fanlari doktori , professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSs. 03/30.12.2019.Fil.05.02 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Ganieva Dildora Azizovna, filologiya fanlari doktori, professor; Paluanova Xalifa Daribaevna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat chet tillari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillari ekologiya sohasiga oid terminlarning funksional-semantik xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ekoleksikaning leksik–semantik guruhlari ingliz, rus hamda o‘zbek tillarida mavjudligi aniqlanib, ekosistema bilan bog‘liq ekoleksemalar ingliz tilida -ist, -er suffikslari yordamida, o‘zbek tilida esa -bon, -chi so‘z yasovchi qo‘shimchalari bilan yasalishi aniqlanib, ingliz tilida ekoleksemalarni yasashda prefikslar qo‘llanilishi, madaniy kontekst, kontekstual farqlar kabi tamoyillar faolligi isbotlangan;
ingliz va o‘zbek ekoterminologiyasining asosiy lingvistik tabiati, terminlarga aniqlik kiritish va rivojlantirish kabi masalalar hamda ularning bir qator lisoniy belgi-xususiyatlari paradigmatik munosabatlarga asoslangan holda keltirilib, ekotushunchalarni qisqartma so‘z, sifatdosh hamda so‘z birikmalari tarzida ifodalash usullari, shuningdek, o‘zbek va ingliz tillaridagi lug‘atlarning o‘xshash va farqli jihatlari asoslangan;
ingliz va o‘zbek tillariga ekologiya sohasiga oid o‘zlashma terminlarning kirib kelish sabablari, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy aloqalar ta’siri hamda ingliz va o‘zbek tillaridagi bevosita nominatsiyalash usulida yasalgan ekologik leksika nazariy faktlar asosida dalillangan;
ingliz tilidagi “Dictionary of Ecology and Environmental Science” nomli lug‘atda 2136 ta, “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” birinchi jildda 20 ta, ikkinchi jildda 19 ta, uchinchi jildda 20 ta, to‘rtinchi jildda 16 ta, beshinchi jildda 11 ta ekotermin mavjudligi aniqlanib, ekotermin tarjimalarida transliteratsiya, transkripsiya, kalka va izohli tarjima usullarining ahamiyati aniqlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek tillarida ekoterminlarning semantik va funksional xususiyatlarini o‘rganish natijasida olingan ilmiy natijalar va amaliy takliflar asosida tadqiqotning nazariy takliflari, amaliy tavsiyalari va xulosalari quyidagicha tatbiq etilgan:
ekoleksikaning leksik–semantik guruhlari ingliz, rus hamda o‘zbek tillarida mavjudligi aniqlanib, ekosistema bilan bog‘liq ekoleksemalar ingliz tilida -ist, -er suffikslari yordamida, o‘zbek tilida esa -bon, -chi so‘z yasovchi qo‘shimchalari bilan yacalishi aniqlanib, ingliz tilida ekoleksemalarni yacashda prefikslar qo‘llanilishi, madaniy kontekst, kontekstual farqlar kabi tamoyillarga oid ilmiy xulosalardan Andijon davlat universitetida 2017–2020-yillarda bajarilgan “OT-F1-18. Ommaviy lisoniy madaniyatni shakllantirish metodlar va metodologiyasini ishlab chiqish” davlat fundamental-tadqiqot dasturlari doirasidagi loyihada foydalanilgan (Andijon davlat universitetining 2023-yil 2-noyabrdagi 39-01-2379-sonli ma’lumotnomasi). Natijada “Ekoturizm uchun ingliz tili” moduli bo‘yicha yaratilgan barcha materiallar (taraqatmalar, taqdimot va videodarslar) turizm bo‘yicha tahsil olayotgan talabalarning yozma nutqida o‘zbek va ingliz tillaridagi ekotermin birliklaridan foydalanishga erishilgan, o‘zbek va ingliz tillari ekotermin lug‘at tizimini qiyosiy o‘rganishga doir yangi qarashlar bilan boyitilgan;
ingliz va o‘zbek ekoterminologiyasining asosiy lingvistik tabiati, terminlarga aniqlik kiritish va rivojlantirish kabi masalalar hamda ularning bir qator lisoniy belgi-xususiyatlari paradigmatik munosabatlarga asoslangan holda keltirilib, ekotushunchalarni qisqartma so‘z, sifatdosh hamda so‘z birikmalari tarzida ifodalash usullari, shuningdek, o‘zbek va ingliz tillaridagi lug‘atlarning o‘xshash va farqli jihatlari asoslanganligiga doir ilmiy xulosa va natijalardan Farg‘ona davlat universitetining 2019–2021-yillarda “EMI (English as a Medium of Instruction/ Ingliz tili o‘qitish vositasi sifatida)” xalqaro loyihasi doirasida foydalanilgan (Farg‘ona davlat universiteti 2024-yil 14-dekabrdagi 04-7487-sonli ma’lumotnomasi). Natijada loyiha ilmiy-nazariy jihatdan mukammallashgan;
ingliz va o‘zbek tillariga ekologiya sohasiga oid o‘zlashma terminlarning kirib kelish sabablari, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy aloqalar ta’siri hamda ingliz va o‘zbek tillaridagi bevosita nominatsiyalash usulida yasalgan ekologik leksika nazariy faktlar asosida dalillanganligiga oid ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali DM “Madaniy–marifiy va badiiy eshittirishlar”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Adabiy jarayon”, “Jahon adabiyoti” nomli radioeshittirish dasturlari ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2024-yil 23-sentyabrdagi 04-36-1048-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ilmiy-amaliy xulosalar, taklif va tavsiyalar teledastur semantik mazmunining boyishiga xizmat qilgan.