Akbaraliev Xusniddin Xursanali o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Silindrsimon garmonik kulachokli mexanizm konstruksiyasini va hisoblash usulini takomillashtirish”, 05.02.02-Mexanizmlar va mashinalar nazariyasi. Mashinashunoslik va mashina detallari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/T4882.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Turdaliev Voxidjon Maxsudovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan davlat texnika universiteti, PhD.03/30.12.2019.T.90.01.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Kenjaboev Shukurjon Sharipovich, texnika fanlari doktori, professor; Sobirov Xolxuja Abbozovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Farg‘ona davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi silindrsimon garmonik kulachokli mexanizm konstruksiyasini va hisoblash usulini takomillashtirishdan iborat.
III. Dissertatsiya tadqiqotining ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
texnologik mashinalar ish jarayonlaridagi samaradorlikni oshirish maqsadida ishchi organlarining bir xildagi garmonik tebranishlarini yoki harakatlarini ta’minlaydigan silindrsimon garmonik kulachokli mexanizmning konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
silindrsimon garmonik kulachokli mexanizm turtkichning siljishi, tezligi va tezlanishini aniqlash imkonini beradigan analitik ifodalar kulachok tishlari soni hamda turtkich roligi tarkibidagi qayishqoq elementning deformatsiya qiymatini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan;
silindrsimon garmonik kulachokli mexanizmning maksimal bosim burchagini aniqlash imkonini beradigan ifodani ishlab chiqish orqali kulachok aylanasining radiusi hamda tish balandligi orasidagi munosabat bo‘lishi aniqlangan;
kulachok turtkichini uning profiliga o‘zaro ta’sir kuchini aniqlash imkonini beradigan tenglama kulachok tishlari soni hamda turtkich roligi tarkibidagi qayishqoq elementning bikirlik va dissipativ xususiyatlarini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan, hamda ta’sir kuchining o‘zgarish qonuniyatlari aniqlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Silindrsimon garmonik kulachokli mexanizm konstruksiyasini va hisoblash usulini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
silindrsimon garmonik kulachokli mexanizmni ishlab chiqarishni o‘zlashtirish uchun loyiha-konstruktorlik xujjatlari va hisobash usullari Namangan viloyatidagi “UMUR HAKIM” MChJ ga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi Vazirligining 2025-yil 8-iyuldagi 05/04-04-358-son ma’lumotnomasi). Natijada, sabzavotchilik seyalkasi ekish seksiyasidagi urug‘ yoyuvchi novning yuritmasi uchun silindrsimon garmonik kulachokli mexanizmning konstruksiyasini ishlab chiqish imkoniyati yaratilgan;
silindrsimon garmonik kulachokli mexanizm sabzavotchilik seyalkasi ekish seksiyasidagi urug‘ yoyuvchi novning yuritmasi qo‘llanilib, Namangan viloyatining Norin tumanidagi «Norinlik Asqarov Ahmadali» fermer xo‘jaligi va Chust tumanidagi «Xabibullo Abdullaev» fermer xo‘jaligida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi Vazirligining 2025-yil 8-iyuldagi 05/04-04-358-son ma’lumotnomasi). Natijada, tavsiya etilgan silindrsimon garmonik kulachokli mexanizmi bilan jihozlangan sabzavotchilik seyalkasi qo‘llanilganda, g‘altakli ekish apparatlarini har bir seksiyada 2 ta dan 1 ta ga kamayishiga erishilgan.