Akbarov Baxriddin Xusniddin o‘g‘lining
Falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Latent alomatlarning xilma-xilligini shakllantirish va ularni tahlil qilish usullari», 05.01.11– Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/FM1270.
Ilmiy rahbar: Ignatev Nikolay Aleksandrovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.FM.01.02 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Madraximov Shavkat Fayzullaevich, texnika fanlari doktori, professor; Ibragimov Farxodjon Muxamadjonovich, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: umumlashgan baholarni hisoblash usullari yordamida shakllanadigan latent alomatlar to‘plamlarining xilma-xilligini tahlil qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
latent alomatlar fazosini shakllantirishning umumlashgan baholarni hisoblashga asoslangan usullari tartibga solingan va tizimlashtirilgan;
tanlanma alomatlari uchun fundamental xususiyatlardan biri bo‘lgan turg‘unlik qiymatlarini doimiy kattalikka ehtimollik bo‘yicha yaqinlashishi haqidagi teorema isbotlangan;
tanlanmalarda lokal taqsimot zichligini hisoblash usuli sinflarning chegaraviy obektlaridan foydalangan holda ishlab chiqilgan;
taqsimot zichliklari orasidagi masofani o‘lchash usuli ishlab chiqilgan va turli latent alomatlar to‘plamlari uchun tadbiq etilgan;
informativ alomatlarni tanlashning ko‘p mezonli yondashuvlariga tayanib, xromosoma genomlaridagi mutatsiya jarayonlarida namoyon bo‘ladigan yashirin qonuniyatlarni aniqlash metodikasi ishlab chiqilib, ilmiy jihatdan asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Dissertatsiya ishida ishlab chiqilgan latent alomatlar fazosining xilma-xilligini shakllantirish uchun aglomerativ ierarxik guruhlashning “ochko‘z algoritmi”, tanlama obektlarining taqsimot zichliklari orasidagi masofani hisoblash usuli ko‘rinishdagi ilmiy natijalar asosida:
dissertatsiya mavzusi doirasida ishlab chiqilgan aglomerativ ierarxik guruhlashning “ochko‘z algoritmi” asosidagi qoidalardan AL-5221091402 sonli “Ichak yallig‘lanish kasalliklarining genetik markerlarini aniqlash asosida yo‘naltirilgan davolash uchun axborot modelini ishlab chiqish” mavzusidagi fundamental loyihada 7 ta simptom va sindromdan iborat nochiziqli kombinatsiyalarni aniqlashda va genetik markerlar muammosini hal qilishda foydalanilgan (Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy amaliy tibbiyot markazining 2025 yil 27-fevraldagi 01/121-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi genetik mutatsiyalarga ega bemorlarni 96,9% aniqlikda yarali kolit kasalligi bilan tasniflashga imkon bergan;
dissertatsiya tadqiqotida ishlab chiqilgan latent alomatlar to‘plamida tanlama obektlarining taqsimot zichliklari orasidagi masofani hisoblash usulidan FL-923051850 sonli “Rekurrent neyron tarmoqlaridan foydalangan holda asinxron mashinalarni diagnostika qilish usullarini ishlab chiqish” mavzusidagi fundamental loyihada asinxron mashinalarni diagnostika qilishni matematik modellarini yaratishda foydalanilgan. (Namangan muhandislik-texnologiya institutining 2025 – yil 8 – apreldagi №1218-024 – sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarni joriy etish latent alomatlar fazosining tuzilishini vizual ko‘rinishda aks ettirish va bu tuzilma asosida ma’lumotlarning tarqoq bo‘lish sabablarini izohlash imkonini bergan.